158
Svetodiod lampalar chug‘lanma lampalarga nisbatan yorug‘lik
samaradorligi 4–5 barobar yuqoridir. Agar
yoritish uskunalarining
energiya samaradorligi ko‘rsatkichi chug‘lanma lampalarda 1 vatt
elektr quvvatiga 13 lumen/vattdan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil
etsa, luminessent lampalarda 65 lyumen/vattni, svetodiod lampalarda
110 lyumen/vattni tashkil etadi.
Bu svetodiod lampalarning ingliz tilida nomlanish LED bo‘lib,
LED lampalar va LED lentalar ko‘rinishda ishlab chiqariladi.
LED lampalarining eng muhim afzalliklari:
– uzoq muddat foydalanilishi 100 ming soatgacha;
– energiya sarfini sezilarli darajada
kamligi boshqa lampalarga
qaraganda o‘rtacha 5 baravar kam;
– yorug‘lik oqimining quvvati 50–110 lyumen/Vt.
– atrof–muhitga zararsizligi zaharli tarkibiy qismlar va
chug‘lanish elementlarining yo‘qligi;
– pishiqlik – pishiq korpusga ega, chunki tuzilmaning eng nozik
elementi plastikdan tayyorlanadi.
– tabiiy yorug‘lik ranglarni uzatish ko‘rsatkichi 80–85 birlikni
tashkil qiladi, tabiiy quyosh nuri esa 100 birlikni tashkil qiladi.
Ushbu yoritish lampalari va yoritqichlarini
konchilik korxonala-
rining og‘ir kon sharoitlariga mo‘ljallangan (gazdan, suvdan, changdan
himoyalangan) turlari respublakamiz va xorijiy ishlab chiqaruvchilar
tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi kunda kon lahimlari uchun svetodiod lentalari barcha
mavjud bo‘lgan yorug‘lik manbalaridan eng samaradori hisoblanadi.
Bir xil energiya sarflaganda svetodiod metall–galogenli
tizimga
nisbatan 3 marta, chug‘lanma lampaga nisbatan 5 marta ko‘p yorug‘lik
chiqaradi.