135
tish silindrlarning 1 va 4 porshenlarini kontroller bilan ishlashini kelishtirishga
zarur bo„lgan sinxronizatsiyalash impulsini yaratish uchun kesib olingan.
Datchikning o„zagi va belgilovchi diskning tishi orasidagi tirqish 1± 0,5 mm
chegaralarida bo„lishi kerak.
1 2 3 4 5
2.11.4-rasm. Tirsakli val holatining datchigi:
1 – qobiq; 2 – raz'yom; 3 – mahkamlash uchun teshik; 4 – mahkamlash flanetsi;
5 – magnitli o„tkazgich.
O„zgaruvchan analogli kuchlanishning eng sodda misoli etib sinusoida
(
2.11.5-rasm) hisoblanadi. Mazkur signal faqatgina ikkita parametr bilan
tavsiflanadi – amplituda va chastota. Sinusoidan o„zgaruvchan kuchlanishning
nolli chizig„i signalning aynan o„rtasida joylashadi.
2.11.5-rasm. Tirsakli val holati datchigining sinusoidal chiqish
signali