|
O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. OmonovBog'liq TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
Zamonaviy datchiklar
O„lchamlarni o„ta kichiklashtirish (miniatyurizatsiya) intellektual, simsiz
hamda aralashtirish datchiklarining rivojlanishiga imkon berdi. Intellektual datchik
mikroprotsessorni yanada foydali signalni olish uchun datchigi bilan
integratsiyalash orqali olingan. Masalan, teshikdagi bosimning o„zgarishini
o„lchash uchun bosim o„zgarishlari datchigidan foydalanilganda, signal bosim
o„zgarishi bilan chiziqli ravishda o„zgarib boradi, biroq teshikdan o„tadigan oqim
7
Srivastava A. K., Goering C. E., Rohrbach R.P., Buckmaster D. R. Engineering principles of
agricultural machines. ASABE, 2006 - р.124-125
130
tezligining
kvadrat
ildizidan
kelib
chiqib.
Datchikga
integrallashgan
mikroprotsessor oqimning tezligiga ko„ra chiziqli ravishda o„zgaruvchi signalni
berishi mumkin. Qo„shilgan datchiklar bittaga birlashtrilgan datchik va
mikroprotsessordan tashqari o„zida yanada ko„pini olishi mumkin. Masalan, urug„
namligi datchigini sarf qilish datchigi bilan qo„shishni quruq urug„ning og„irligini
va sarf qilinishini hisob qiluvchi datchik asosida amalga oshirish mumkin. Simsiz
datchik radiouzatuvchi qurilmani o„z ichiga olib, simsiz uzatilishi lozim bo„lgan
datchiklarni ma'lumotlarini uzatish uchun qo„llaniladi. Ushbu datchik aylanuvchi
tirsakli valda yoki simli ulanishlardan foydalanish noqulay bo„lgan boshqa
birikmalarda o„rnatilganda juda ham foydali hisoblanadi.
Ko„pincha datchiklar milli tester yoki raqamli multimetr yordamida
tekshirilishi mumkin. Mazkur priborlar datchiklarning elektr zanjirlari rezestivligi,
kontaktli ulanmaning mavjudligi yoki yo„qligi, passiv datchigiga uzatiladigan
elektr kuchlanish kabi parametrlarini aniqlab olishga imkon beradi. Ushbu
parametrlarning barchasi datchik boshqaruv tizimidan uchirilganda, ya'ni statik
holatida bo„lganida aniqlanishi mumkin. Bu kabi tekshiruvlar datchiklarning
barcha nosozliklari haqida haqiqiy ma'lumotlarni olish imkonini bermaydi, chunki
ushbu holatda u real zarar keltiruvchi omillarning ta'sirisiz tekshiriladi. Otsillograf
va boshqa tashqi nazorat-o„lchov priborlari (multimetr, statsionarli motor-testerlar
va h.k.) yordamida diagnostik tekshiruvlarni o„tkazish uchun diagnostik postlar
o„tuvchi kabellar va razyomlar (uzgichlar) to„plami bilan jamlanilishi lozim.
2.11.1 - rasmda MSUD datchiklarning ayrim turlari uchun chiqish signallari
shablonlari - ossillogrammalari (namunaviy shakllari) tasvirlari keltirilgan.
Tester yordamida tekshirishdan farqli o„laroq ossillograf ishlovchi
dvigatelda datchiklarning parametrlarini nazorat qilishni ta'minlaydi. Bu esa
nafaqat barqaror nosozliklarni, balkim datchiklarning yuzaga keladigan
nomuntazam bo„ladigan xatoliklarni aniqlash imkonini beradi.
131
2.11.1-rasm. Datchiklarning ayrim turlari chiqish signallari tipik na'munaviy
shakllari (ossillogrammalari): a – meandr shakldagi signalning ossillogrammasi;
b – dvigatel harorati datchigi signalining ossillogrammasi; v – drosselli zaslonka
holati datchigi elektr signalining ossillogrammasi; g – kislorod konsentratsiyasi
datchigi elektr signalining ossillogrammasi; d – detonatsiyalar datchigi
signallarining ossillogrammasi; ye – ichki yonish dvigateli aylanishlari chastotasi
induktivli datchiklari signallarining ossillogrammasi; j – dvigatel tirsakli val
holatini qayd etuvchi induktivli datchik signallarining ossillogrammasi; z – Xoll
effektidan foydalanilgan holda bajarilgan ichki yonish dvigateli tirsakli valining
burchakli holati va aylanishlari chastotasi datchigi signallarining
ossillogrammasi; i – absolyut bosim datchigining signallari ossillogrammasi
|
| |