|
Buxgalteriya balansini passiv moddalarining tahlili
|
bet | 164/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49
Mol-mulkni tashkil topish manbayining tarkibi
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
O‘zgarishi (+,-)
|
Summa, ming so‘m
|
Sal- mog‘i
%
|
Summa, ming so‘m
|
Sal- mog‘i
%
|
Summa- dagi, ming so‘m
|
Salmoq dagi, %
|
Yil boshiga nisba- tan o‘sishi,
%
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6=4-2
|
7=5-3
|
8=6\2*1
00
|
1. O‘z mablag‘la-
rining manbalari
|
460499
|
64,09
|
729410
|
81,72
|
+268911
|
+17,63
|
+58,39
|
2. Majburiyatlar
Shu jumladan:
|
258047
|
35,91
|
163147
|
18,28
|
-94900
|
-17,63
|
-36,98
|
a) uzoq muddatli
majburiyatlar
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
b) joriy majburi-
yatlar
|
258047
|
35,91
|
163147
|
18,28
|
-94900
|
-17,63
|
-36,98
|
Balans passivining
JAMI:
|
718546
|
100,0
|
892557
|
100,0
|
+174011
|
-
|
+24,22
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida joriy yilning boshiga nisbatan yil oxirida jami passivlari summasi 174011 ming so‘mga yoki 24,22 % ga ortgan. Korxonada mol- mulkni tashkil etuvchi manbalarning bunday tartibda ko‘payishini ijobiy
holat sifatida baholamoq lozim, ammo, ushbu manbalar qaysi manbalar hisobiga ko‘payganligiga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Manbalarning ko‘payishi o‘z mablag‘lari manbalari hisobigami yoki qarz manbalari hisobiga ekanligini aniqlash lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonada joriy yil oxirida o‘z mablag‘lari manbalari yil boshiga nisbatan 268911 ming so‘mga yoki 58,39 % ga o‘sgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy deb baholamoq lozim, chunki, o‘z mablag‘larining manbalarini ko‘payishi korxonaning moliyaviy mustaqilligini ortishiga, to‘lov qobiliyatining yaxshilanishiga hamda korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, korxonada joriy yil oxiriga majburiyatlar summasi 94900 ming so‘mga yoki 36,98 % ga pasaygan. Bu esa majburiyatlarning umumiy passivlarda tutgan salmog‘ini 17,63 % ga kamaytirgan. Bundan ko‘rinadiki korxonaning to‘lov likvidligi ancha ko‘tarilgan. Balans passividagi moddalarga e’tibor qiladigan bo‘lsak, asosiy salmoqni, ya’ni 81,72 foizni o‘z mab- lag‘lari manbalari tashkil etmoqda. Bu korxonaning mustahkam moliyaviy barqaror ekanligidan dalolat beradi. Mazkur korxonada hisobot davrida joriy majburiyatlari, ya’ni kreditorlik qarzlari bir qadar kamayganligini ijobiy holat sifatida baholamoq lozim.
Xususiy kapital (o‘z mablag‘lar manbayi) hisobi o‘z ichiga bir qancha ko‘rsatkichlarni olib, ular quyidagi tartibda tashkil etiladi:
ustav kapitali;
qo‘shilgan kapital;
rezerv kapitali;
taqsimlanmagan foyda;
xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Korxonaning ustav kapitali o‘z mablag‘lar manbayining asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo‘yilgan pay to‘lovlarini, aksiyalarining nominal qiymatini o‘zida saqlaydi. Uning hisobi esa hukumat qarorlari va ta’sischilaryig‘inida qabul qilingan qarorlar asosida yuritilib boriladi.
Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat budjeti tomonidan ajratilgan mulkni ko‘rsatadi. Mulkning kelishi vaqtiga esa bu summa ustav kapitalida ko‘rsatiladi.
Korxonalar amalda qo‘llanilayotgan qonunlarga ko‘ra har yili erishgan foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda ko‘rsatilgan tartibda mablag‘ chegirilib boriladi.
|
| |