Teleboshqaruv (TB) va telesignallash (TS) tizimi tarkibi




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

 
14.1. Teleboshqaruv (TB) va telesignallash (TS) tizimi tarkibi
Barcha TB-TS tizimlari ma‘lum funksional bloklardan tashkil topgan bo`lib, 
ular boshqaruv ob‘ektlaridan olinadigan xabarlarni uzatish va shakllantirish 
jarayonini belgilaydi. Umumiylashtirilgan tarkibiy sxemada TB-TS tizimining 
funksional tarkibi keltirilgan (6.2 - rasm). Bu yerda 1-blok induvidial buyruq 
beruvchi elementlardan tashkil topgan bo`lib, ular kirish signali ta‘siri ostida 
boshqaruv punkti (BP) va nazorat punktiga (NP) boshqaruv signalini uzatadi. Bu 
elementlar turli ishga tushirish apparatlari bo`lib (tugmalar, kalitdar, turli datchiklar 
va avtomatik qurilmalarining kontaktlari va h.k), buyruqlarni uzatish zanjirini 
qo`shadi. 2-blokda buyruqlar aloqa kanalidagi nazorat punktiga uzatish uchun zarur 
bo`lgan ko`rinishdagi elektrik signalga aylantiriladi. Siganllarni bunday holatga 
keltirish shakllantirish deb yuritiladi. NP ning 3-tanlov blokida signal qayta 


186 
ishlanadi, so`ngra 4-blokdagi buyruqni bajaruvchi induvidial element ishga tushadi 
va boshqaruv ob‘ektidagi 5-ijrochi elementiga ta‘sir ko`rsatadi (ishga tushirish
to`xtatish, holatini o`zgartirish va h.k), bu jarayon signalni qabul qilish va qayta 
ishlash deb yuritiladi. Ob‘ektni holatini o`zgarishi NP da oxirgi o`chirgichlar, rele 
kontaktlari va boshqa elementlar bilan belgilanadi. 6-signallash datchiklari 
yordamida 7-induvidial elementlarini signallash bloki ishga tushiriladi. 8-blokda 
xabar beruvchi signal shakllantirilib, NP va BP ga uzatiladi va bu yerda 9-qurilma 
yordamida qayta ishlanadi. So`ngra ushbu xabarga ko`ra 10-signallash 
uskunasining ijro elementi ishga tushadi va 11-induvidial signal lampasi yonadi.
Ko`rib chiqilgan sxema tarkibi analizi shuni ko`rsadatiki, TB-TS tizimlarida 
o`xshash funksiyalar amalga oshiriladi. Bu yerda BPdan NP ga va NP dan BP ga 
uzatiluvchi aloqa kanallariga beriladigan buyruq va xabarlarga mos keluvchi 
signallar shakllantiriladi. Qabul qiluvchi punktlarda ijro organlari yoki signallash 
indikatorlarini ishga tushirish maqsadida signallar qayta ishlanadi. 
14.1- rasm. TB - TS teleboshqaruv va telesignallash tizimining umumlashgan 
tarkibiy sxemasi 
 

Download 3,59 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Teleboshqaruv (TB) va telesignallash (TS) tizimi tarkibi

Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish