TJABT ning matematik ta’minoti




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/99
Sana18.05.2024
Hajmi3,59 Mb.
#242311
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99
Bog'liq
darslik avtomatika asoslari

13.4. TJABT ning matematik ta’minoti
TJABTni joriy etish boshqarish - hisoblash mashinalarini ishlatishni 
nazarda tutib, ularning konkret tiplariga qarab mashina algorimtlari, programmalar 
va ularning ifodalari yaratiladi. TJABT ni loyihalashning muhim etaplaridan biri 
texnologik jarayonlarni algoritmlash, ya‘ni tizimning matematik ifodasini bir necha 
bosqichda yaratishdir. Bu quyidagilardan iborat: 1) texnologik jarayon va uning 
borishini ta‘minlovchi faktorlarni o`rganish; 2) texnologik jarayonni
avtomatlashtirilgan boshqarish masalasini qo`yish; 3) texnologik jarayonning 
matematik modeli, boshqarish algoritmini va ma‘lum BXM ga tatbiqan 
programmani yaratish. 
TJABT ning matematik ta‘minotini ifodalovchi quyidagi o`zaro bog‘langan 
texnikaviy xujjatlarning komplektini olish lozim: 1) boshqaruv ob‘ektining 
matematik modeli; 2) boshqaruv algoritmining blok-sxemasi; 3) masalaning 
yechimiga qaratilgan matematik va mantiqiy amallar ketma-ketligini ifodalovchi 
algoritmning umumiy ko`rinishi; 4) konkret BXM ning xususiyatlarini etiborga 
oluvchi mashinaning algoritmi; 5) algoritm tilida, AvtoKADda yoki shartli 
adresdagi programmalar; 6) real adresli mashina kodida ishchi programmalar va 
programmalarning bayoni. 
TJABT larni matematik ta‘minotini ishlab chiqish iqtisodiy ma‘lumotni 
qayta ishlovchi programmalar to`plamini ham o`z ichiga oladi. Kelajakda 
programmalar kompleksining universal turlarini yaratish ko`zda tutilgan. Masalaga 
bunday yondoshish programmalash harajatlarini kamaytiradi, TJABT ni ishlab 
chiqish va joriy etishni tezlatish hamda matematik ta‘minotdan foydalanish 
samarasini oshiradi. 
TJABT ning matematik ta‘minotini ikki guruhga bo`lish mumkin: tashqi 
matematik (funksional programmali) va ichki matematik (standart programmali) 
ta‘minot. 
Ichki matematik ta‘minot standart hisobli algoritmik va programmalar 
to`plamidan iborat bo`lib, boshqaruv – hisoblash kompleksining faoliyatini 
ta‘minlaydi. Ular har bir mashinalar sinfi uchun markazlashgan tarzda yaratiladi va 
konkret hisoblash mashinasininng ajralmas qismi hisoblanib, ma‘lum TJABT 
larning xususiyatlariga bog‘liq emas. 
Tizimning tashqi matematik ta‘minoti o`zaro bog‘langan algoritm va 


182 
programmalar to`plamidan iborat bo`lib, TJABT ning konkret vazifasi va 
masalalarini hal etadi. Tizimning ba‘zi bir vazifalarini maxsus qurilmalar 
yordamida apparatli hal etish mumkin, bu holda ularni hisoblash mashinasidagi 
programmaga kiritishning extiyoji yo`qoladi. 
Tizimning matematik ta‘minoti ma‘lum rivojlanish tavsifiga ega bo`lib, o`z 
tarkibiga quyidagilarni kiritadi: ma‘lum darajada universal bo`lgan programmalar; 
BXM kutubxonasiga kiruvchi standart programmalar, shuningdek, konkret TJABT 
uchun programmalar. Shu bilan birga universal programmalar va ularga 
quyiladigan talablarga binoan tizimning matematik ta‘minoti oldida masalalar 
sinfini aniqlash muammosi turadi. Muammolarning boshqa bir sinfi standart 
programmalar ta‘minotiga kiruvchi algoritmik tillar to`plamini aniqlashdir. 
Konkret TJABT ning tashqi matematik ta‘minoti yaratilguncha tizim hal 
qiluvchi masalalarning matematik ta‘rifi aniqlangan, texnologik jarayonlarning 
matematik bayoni tuzilgan va uning mosligi baholangan bo`lishi, shuningdek, 
kirish ma‘lumotlarining aniqlanish baholari olingan bo`lishi lozim. Texnologik 
jarayonlarni algoritmlash dastlabki va oxirgi bo`ladi. 
Dastlabki algoritmlash masalalari quyidagilar: jarayonning algoritmik 
tarkibini o`rganish; boshlang‘ich matematik model va optimallash algoritmini 
yaratish; ishlab chiqarish sharoitida algoritmlarni sinovdan o`tkazish; kutilgan 
iqtisodiy samarani baholash, boshqarishning hisobli texnikaviy vositalarini 
dastlabki tanlash. Bu masalalarni hal qilishda texnologik jarayonlarning 
avtomatlashtirilgan tizimni ishlatishga tayyorligi aniqlanadi, mavjud nazorat qilish 
va rostlash tizimlarini takomillashtirish yo`llari belgilanadi. TJABT ni yaratish 
uchun ishlar tartibi o`rnatiladi. 
Oxirgi algoritmlash masalalari quyidagicha bajariladi: texnologik 
jarayonlarini chuqur o`rganish, dastlabki matematik model va optimallash 
algoritmini to`g‘rilash; texnikaviy vositalarni uzil - kesil tanlash. Yaratilgan 
tizimning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. 
Dastlabki va oxirgi algoritmlash bosqichlarida qo`shimcha ma‘lumotlarni 
olish natijasida modellarning tarkibi va murakkabligida o`zgarishlar bo`lishi 
mumkin. Ob‘ektning dastlabki matematik bayoni yaratilishida jarayonning statik 
va dinamik tavsifnomalari tadqiq etiladi, optimal rejimlar aniqlanadi, turg‘unlik 
vazifalari o`rganiladi. Dastlabki modelni soddalashtirishning turli variantlari ko`rib 
chiqiladi. 


183 
Suv xo`jaligi ishlab chiqarishida TJABT larni yaratish deganda tizim
kattaliklarning matematik bayonini yaratish, ma‘lumot oqimining tahlili va 
boshqarish masalalarini yechish usullarini ishlab chiqish tushuniladi. TJABT larni 
tatbiq etishga oid masalalarni hal etishda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishidagi 
texnologik jarayonlar xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirgan matematik 
apparatlar zarurdir. Ierarxiya bosqichidagi quyi yordamchi tizimlar uchun qishloq 
xo`jaligi ishlab chiqarishning ayrim texnologik jarayonlarini tadqiq etish – 
matematik modellar algoritmlarining hisoblarini ishlab chiqish va optimal 
boshqarish kattaliklarini ajratish, shuningdek, turli tuzilishdagi apparatlar 
samaradorligini baholaydigan standart programmalar kutubxonasini yaratish 
demakdir.
Yuqori bosqichdagi yordamchi tizimlar uchun texnologik tizimni to`la 
o`rganish va tadqiq etish lozim; ayrim jarayonlarning tavsifnomalarini aniqlash esa 
murakkab texnologik tizimlarni boshqarishning umumiy vazifasidan kelib chiqishi 
kerak. Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida tizim sifatida hisoblash 
va boshqarishning ilmiy asoslangan usullari yaratilmagan. Ayrim apparatlarning 
tavsifnomalarini aniqlashda ularning o`zaro bog‘lanishi va o`zaro ta‘siri hisobga 
olinmaydi. Natijada loyihalangan tizimlar optimal rejimda ancha uzoq ishlaydi. 
Masalaga umumiy maqsad va texnologik chizma ayrim elementlarining o`zaro 
bog‘lanishlarini hisobga olib yondashish maqsadga muvofiq. Butun tizimning 
samarali ishlashi texnologik tizimning tarkibiy tahlilini faqat ayrim apparatlarning 
matematik modellari asosida bajarib bo`lmaydi. Jarayon kattaliklarining tashqi va 
ichki funksional aloqasini texnologik apparatlar kompleksini bir butun deb 
qaralgandagina ochish mumkin. 

Download 3,59 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99




Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish