163
Bosim bo`yicha suv ko`tarish avtomatik tartibi quyidagicha bajariladi:
suvning
statik bosimi belgilangan chegaradan pasayib ketsa BD bosim datchigi kontaktlari
qo`shiladi. Ma'lum vaqt o`tgandan so‘ng BBYa yacheykasi elektronasosni ishga
tushishrish uchun signal beradi, so‘ngra ―Chiqish qismi‖ga berilib K1
relesi va
elektro nasos ishga tushadi. Belgilangan vaqt davomida bakning hajmi va nasos
unumdorligiga ko`ra BD datchigining qolatidan qat'iy nazar elektronasos ham
to`xtaydi.
12.26- rasm. «Kaskad» komplekt uskunasining funksional sxemasi.
Agar bosim ruxsat etilgandan past bo`lsa kontakti qo`shiladi
va jarayon
qaytariladi. Bu tartibda elektronasosni ish sikli 90 min oralig‘ida tanlanadi. Suv
ko`tarish tartibini avtomatik boshqarishda sath bo`yicha nazorat qilinuvchi sathga
nisbatan amalga oshiriladi.
Agar rezervuardagi suv sathi pastki suv sathi kontaktidan pastda bo`lsa,
YuSD va PSD kontaktlari ochiq holatda bo`ladi va SBYa elektronasosni ishga
tushirish uchun signal beradi. Signal ―Chiqish qismi‖
ga uzatiladi va rezistor
yordamida rostlanuvchi ma'lum vaqt o`tgandan so`ng (qYa yacheykasida
o`rnatilgan) K1 relesi qo`shiladi va suv rezervuarga beriladi. Bu qolda vaqt 2 s…
30 s gacha rostlanadi. Suv PSD kontaktiga etganda SBYa yacheykasi
164
elektronasosni ishdan to`xtatish uchun signal yuboradi. Signal to`xtaydi va
elektronasos ham ishdan to`xtaydi. Agar suv sathi
belgilangan qiymatidan
kamaysa, elektronasos qayta ishlashi mumkin.