Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan
jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida
qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu holatda
interfeys tizimida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o’zaro
bog’liqligining funksional tavsifi asosida amalga oshiriladi.
Avval qayd etganimizdek - AT ning asosiy vazifasi bu resurslar taqsimoti va
boshqarishdan iborat. AT foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozod qilib
kompyutemi uch xil holatda ishlashini ta ’minlashi mumkin: bir dasturli; ko’p
dasturli; ko’p masalali.