IV BOB. KOM PYUTERNING DASTURIY TA ’M INOTI
Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart- dasturlaming mavjudligidir.
Dastur ta’minoti 2 ta guruhdan iborat:
-
Tizimning ishlashi hilan bog 'liq tizim dasturlari;
-
amaliy dasturlar.
Tizim dasturlari kompyuteming ishlashi uchun zarur dasturlar b o ’lib, u
kompyuteming ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni
tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi tizim dasturlari-
ning yadrosi amaliyot (operatsion) tizimlardir. Amaliyot tizim foydalanuvchi
va kompyuter orasida bevosita muloqot o ’rnatishni, kompyuterni boshqarishni,
foydalanuvchi
uchun qulaylik yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foy-
dalanish va hokazolami ta’minlovchi dasturlardir.
Hozirgi paytda turli amaliyot tizimlar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS,
PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOW S, MACINTOSH va boshqalar.
Bundan tashqari, xizmat qiluvchi dasturlar mavjud. Ular
dastur utilitlari deb
atalib, yordamchi amallami bajarib, kompyuter ishlashini qulaylovchi dastur
lardir.
Amaliy dasturlar predmet sohadan olingan alohida
masalalar va ulaming
to’plamini yechish uchun qaratilgan b o ’lib, amaliy masalalami yechish uchun
mo’ljallangan. Bunday dasturlar majmui
amaliy dasturlar paketi (APP) qisqa-
cha amaliy dasturlar deb ataladi. Xozirda ko’plab amaliy dasturlar mavjud
bo’lib, ulaming ba’zilariga keyingi boblarda to ’xtaymiz.
Dasturlar odatda magnit yuritgichlarda joylashgan bo’ladi.
Ammo amaliyot
tizimlar va u bilan bog’liq dasturlar ancha katta hajmga ega bo’lgani tufayli
keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda.
Ba’zi bir tizimli dasturlar, masalan, kiritish-chiqarishning asosiy tizim
dasturlari (ular BIOS-Basa Input O utput System) deb ataladi va to’g ’ridan-
to’g’ri kompyuteming doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan
bo’ladi. Tizim dasturlar yadrosini amaliyot tizimlar tashkil qiladi.
Amaliyot (o p cratsio n ) tizimi
Shaxsiy kom pyuterlarning am aliyot tizim lari yaratilish tarixi. Sakkiz
razryadli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi amaliyot tizim SR/M-
80 (Control
Programm for Microcomputers, rnikrokompyuterlar uchun
boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research
kompaniyasining prezidenti Geri Kildell b o ’lgan.
16 razryadli yangi kompyuterlar yaratish g ’oyasini dasturlar yaratuvchi
Microsoft (Maykrosoft) kompaniyasining asoschisi va prezidenti, multimilliarder
Bill Geyts ilgari surgan. IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo’ladi.
43
Bill Geyts va Pol Allen BASIC dasturlash tili uchun
tarjimon dastur yozish-
di va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan
so ’ng 16 razryadli kompyuterlar uchun amaliyot tizimlar yaratish jadallashdi va
1981 yilda shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CR/M amaliyot tizi-
mining ko’p g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan MS DOS (Microsoft Disk
Operation System - Maykrosoft diskli amaliyot tizimi) amaliyot tizimi 1981 yil
paydo bo’ldi.
MS DOS 64 К bayt xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarga mo’ljallangan
b o ’lib, o’zi 8 К bayt xotirani egallar edi. O’sha paytda yetarli deb hisoblangan
bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir «o’yinchoqqa» aylandi. Chunki
hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi
bir necha Gegabaytlarga
tenglashdi.
Mualliflar MS DOS ni rivojlantirishni davom ettirib, uning MS DOS 1.1, MS
DOS 1.25, MS DOS 2.0, MS DOS 2-11 lahjalarini taklif etishdi va nihoyat,
1984 yilda MS DOS 3.0 IBM PC AT shaxsiy kompyuteriga 80286
mikro-
protsessorga asoslangan, 5.25 duymli diskovodda ishlashga, mo’ljallangan
amaliyot tizim yaratildi. 1986 yilda Compaq Computer firmasi 80386 mikro-
protsessorga asoslangan IBM kompyuterini chiqardi.
IBM firmasi esa 80386 mikroprotsessorga -asoslangan PC/2 (Personal
system - shaxsiy tizim) kompyuterini yaratdi. Hu mikroprotsessor asosida yara
tilgan kompyuter nazariy bir necha Gegabayt xotiraga ega bo’lishi mumkin edi.
Ammo MS DOS esa 640K bayt xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarga moslash-
gan edi. Shuning uchun MS DOS tizimini kengaytirish ishlari davom etardi va
1987 yil MS DOS 3.3 yaratilib, u 3.5 duymli, ya’ni 1,44 Mbaytli disklar bilan
ishlash imkoniyatini berdi. 1987 yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bit
vaqtda bir nechta masalaiar yechishga qodir bo’lgan OS/2
amaliyot tizimi ishlab
chiqildi. Ammo u keng tarqalmadi. Chunki o’sha paytda MS DOS 3.3 ning
imkoniyatlari ko’pchilikni qoniqtirar edi. Hozirda biz keng tarqalgan Windows,
Unix, Linux amaliyot tizimlaridan keng foydalangan bo’lsak-da MS DOS o’z
kuchini yo’qotdi deyolmaymiz.
MS DOS va uning qobiq dasturi hisoblangan Norton C om m ander tizimlari
turli klavishlar kombinatsiyasidan iborat buyruqlar bilan ishlashga mo’ljallangan
bo’lishiga qaramay, foydalanuvchilar uchun qulay hisoblanadi.