kuchaytirish koeffisenti kamayadi. Lekin kuchaytirgichning chastota va faza buzilishlari kamayadi.
R
E qarshiligi teskari bog‘lanish zanjiri bo‘lib chiqish zanjiridagi kuchlanishni qisman kirish zanjiriga uzatadi. Shuning hisobiga boshlang‘ich ish nuqtasining parametrlari stabillashadi.
Quyi chastotali kuchaytirgich. Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan kuchaytirgichlarda kuchaytiruvchi element sifatida ikki qutbli yoki bir qutbli tranzistorlar ishlatiladi. Kuchaytirish quyidagicha amalga oshiriladi. Boshqariladigan element (tranzistor) ning kirish zanjiriga kirish signalining kuchlanishi (u
KIR) beriladi. Bu kuchlanish ta`sirida kirish zanjirida kirish toki hosil bo‘ladi. Bu kichik kirish toki chiqish zanjirdagi tokda o‘zgaruvchan tashkil etuvchini, hamda boshqariladigan elementning chiqish zanjirida kirish zanjiridagi kuchlanishdan ancha katta bo‘lgan o‘zgaruvchan kuchlanishni hosil qiladi. Boshqariladigan elementning kirish zanjiridagi tokning chiqish zanjiridagi tokka ta`siri qancha katta bo‘lsa, kuchaytirish xususiyati shuncha kuchlirok bo‘ladi. Bundan tashqari, chiqish tokining chiqish kuchlanishiga ta`siri qancha katta bo‘lsa (ya`ni R
I katta), kuchaytirish shuncha kuchliroq bo‘ladi.
3.1.4-rasmda umumiy emitterli (UE) kuchaytirish
kaskadining sxemasi, hamda kirish va chiqish harakteristikalari ko‘rsatilgan. Kuchaytirish kaskadlari UE, UB, UK sxemalar bo‘yicha yig‘iladi. Umumiy kollektorli (UK) sxema tok va quvvat bo‘yicha kuchaytirish imkoniyatiga ega, bunda R
u<1.
Sxema asosli, kaskadning yuqori chiqish qarshiligini kichik qarshilikli iste`molchi bilan moslash uchun ishlatiladi va emitterli takrorlagich deb ataladi. Umumiy bazali (UB) sxema bo‘yicha yig‘ilgan kaskadning kirish qarshiligi kichik bo‘lib, kuchlanish va quvvat bo‘yicha kuchaytirish imkoniyatiga ega. Bunda K
i<1. Chiqishdagi kuchlanishning qiymati katta bo‘lishi talab etilganda, mazkur kaskaddan foydalaniladi.