|
BOB. Avtomatika datchiklari haqida umumiy tushuncha va ularning klassifikitsiyalari
|
bet | 10/82 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #272089 |
Bog'liq avtomatik rostlagich
Avtomatika datchiklari haqida umumiy tushuncha
Datchik deb – nazorat kilinayotgan, rostalanayotgan kattalikni ulchash organi uchun kulay shaklga keltiruvchi kurilmaga aytiladi. Datchikning harakteristikasi kupincha, chizikli bulishiga harakat kilinadi. Kupincha datchiklar noelektrik kattaliklarni elektrik kattaliklarga aylantirish uchun xizmat kiladi.
O’lchanayotgan parametrni elektr zanjiri kattaliklariga aylantiriuvchi datchiklar parametrik, EYUK ga aylantiriuvchi datchiklar generatorli datchiklar deb ataladi.
Datchiklarni asosiy tavsiflariga quyidagilar kiradi: statik tavsif, reostatli (potensiometrik), termoqarshilikli, tenzometrik (simli), induktiv, sig‘im, fotoelektrik (fotoqarshilik) li datchiklar.
Reostatli (potensiometrik) datchiklarda kirish mikdori; ya‘ni surgich siljishi chiziqli yoki burchak siljishi bo‘lishi mumkin, chiqish miqdori esa reostat
qarshiligi mikdoriga bog‘lik bo‘ladi (2.1.1-rasm). Potensiometr surgichi detal bilan bog‘langan bo‘lib uni siljishi elektr zanjiri qarshiligini o‘zgartiradigan bo‘ladi
2.1.1-rasm Reostatli (potensiometrik) datchik
Termoqarshilikli datchiklar (termorezistor, qarshilik termometrlari) da har oratni o‘zgarishi utkazgich va yarim utkazgichlar qarshiliklarini o‘zgarishiga olib keladi. Ular texnikada 2000S dan 7000S gacha bulgan har oratni ulchash uchun ishlatiladi. Bunday termometrlar metallar (asosan platina, mis) dan ham da yarim o‘tkazgichlardan (marganets, kobalt)dan ham tayyorlanadi. Ularni ishlashi metallar va yarimo‘tkazgichlar qarshiligini haroratga bog‘likligiga asoslangan. Ma‘lumki, harorat ko‘tarilganda metallar qarshiligi oshadi, yarimo‘tkazgichlarda esa aksincha.
|
| |