50
O‘quv faoliyati boshqa faoliyatlar kabi faqat turlicha bo‘lgandagina, qiziqarli bo‘ladi. Bir xil
usulda axborot berish va bir xil usuldagi harakatlar tez orada zerikishni vujudga keltiradi. Fanga
bo‘lgan qiziqishni shakllantirishda bu fanni va uning ayrim qismlarini o‘rganishning zarurligi,
muhimligi va maqsadga muvofiqligini o‘quvchilarga anglatish juda zarurdir. O‘tilayotgan material
oldingi material bilan qanchalik ko‘proq bog‘lab tushuntirilsa, u o‘quvchilarga shunchalik
qiziqarliroq tuyuladi.
O‘quv materialini o‘quvchilarni qiziqtiradigan narsalar bilan bog‘lab tushuntirish ham, ularni
darsga qiziqtirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘rtacha qiyinlikdagi o‘quv materiali ham o‘quvchilarda
qiziqish uyg‘otmaydi. O‘quv materiali bir qiyinroq, lekin o‘quvchilar kuchi yetadigan bo‘lishi
kerak. O‘quvchilar bajargan ishlarni tez-tez tekshirish ham ularni fanga bo‘lgan qiziqishini
uyg‘otadi. O‘quv materialining aniqligi, hissiyotga boyligi, o‘qituvchining zavqlanib gapirishi ham
o‘quvchiga, uni fanga bo‘lgan qiziqishini ortishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi ta’riflarda pedagogik boshqaruv mahoratining qaysi jihati yaqqol ko‘zga
tashlanadi? Pedagogik boshqaruv mahorati o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish metodlarini tanlashga
alohida e’tibor beradilar. O‘quvchilarning frontal, differensiyalashgan va yakka tartibdagi faoliyat-
larining umumiy jihatlari ko‘proq bo‘lsa-da, ularni tashkil etish o‘qituvchidan o‘ziga xos ijodiy
yondashishni talab qiladi. O‘quvchilik faoliyatining obyektini tarkibi va o‘ziga xosligi uning har bir
aniq vaziyatga ijodiy yondashishini taqozo qiladi. Agar butun sinf, guruh va alohida shaxsga
nisbatan bir xil metod bilan ta’sir ko‘rsatilar ekan, unda tarbiyasi ham, ijodiy yondashish ham
barbod bo‘ladi.
Ayrim hollarda o‘qishga qiziqtiruvchi metodlardan, boshqa hollarda esa burch va javobgar-
likni his etishni rag‘batlantiruvchi metodlarga ko‘proq e’tibor berish tavsiya etiladi. Tajribali
o‘qituvchilar o‘tilayotgan mavzuni xalq xo‘jaligi masalalarini hal etishdagi ahamiyatiga oid
qiziqarli misollar keltiradilar, didaktik o‘yinlardan, o‘quvchilar faolligini rag‘batlantiruvchi turli
usullardan foydalanadilar. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘quvchilarda paydo bo‘ladigan qiyinchi-
liklarni yengish uchun o‘ziga iroda va qat’iylikni ham tarkib topshirishi zarur. Ayrim pedagoglar
kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun avvalo ta’lim va tarbiya metodlarini takomillashtirishga
intiladilar.
Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o‘z o‘quvchilarini turli o‘quv
faoliyatiga jalb qiladi. Bu bilan o‘quvchilarda muayyan bilim, ko‘nikma, malakalar va xulqni
shakllantiradi. Lekin aynan bir xil metod bilan ishlagan turli o‘qituvchilarning erishgan natijalari
ham turlicha bo‘lishi aniqlangan. Buning ustiga, sinovdan o‘tkazilgan metodlardan foydalangan
bo‘lsalarda, ayrim o‘qituvchilar, hatto eng quyi darajadagi o‘zlashtirish natijalariga ham erisha
olmaganlar. Bunday o‘qituvchilar:
“Hamma narsani metodik tavsiya asosida bajardim, nima uchun bolalar, qaysarlikni va dars
tayyorlamaslikni yana davom ettirmoqdalar?” – deb hayron bo‘ladilar. Gap shundaki, o‘quvchilarni
bilim olishga qiziqtirishda o‘qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan
boshqa sabablar ham ta’sir ko‘rsatadi.