|
O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
|
bet | 1/6 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 43,02 Kb. | | #100455 |
Bog'liq Kiberxavfsizlik
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
|
|
“ TASDIQLAYMAN” _______________
Rektor prof. K. Sharipov
202_ yil “___”___________
|
KIBERXAVFSIZLIK
FAN SILLABUSI
Bilim sohasi:
|
300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
|
Ta'lim sohasi:
|
310000 – Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar
|
Mutaxassisliklar:
|
70310102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
|
|
70310201 – Ekonometrika
|
|
70410801 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
|
Toshkent – 2023
FAN TO'G'RISIDA MA'LUMOT
Fan kodi: ADVMIC 7.5
Fan nomi: Mikroiktisodiyot-2
Semestr/yil: 1-semestr / 2023-2024 o‘quv yili
Kafedra: "Tarmoqlar iqtisodiyoti" kafedrasi
Soatlar/kreditlar miqdori: 7.5 ECTS
Ma’ruza
|
Amaliy mashg’ulot
|
Laboratoriya
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami
|
34
|
0
|
38
|
|
|
Fan bo'yicha mashg'ulotlarning joylashuvi:
Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Prerekvizitlar:
Fan uchun mas'ul kafedra: "Tarmoqlar iqtisodiyoti" kafedrasi
O'QITUVCHI TO'G'RISIDA MA'LUMOT
O'qituvchilar: Ma’ruza mashg’ulotlari i.f.d., prof. Salimov Baxtiyor Tadjievich, amaliy mashg’ulotlar - PhD, dots. Yusupov Muxiddin Soatovich
Kafedra joylashgan joyi: TDIU, 1-o'quv binosi, 240-xona
Telefon: 71-239-28-20 ish telefoni
E-mail: m.yusupov@tsue.uz
Talablarni qabul qilish vaqti: talabalar darsdan tashqari vaqtda o'qituvchi bilan uchrashish uchun o'qituvchi elektron pochtasiga xat bilan murojaat qilib uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin.
I. Fan tavsifi
Kiberxavfsizlik xavfsizlik fanlarning muhim yo'nalishlaridan biri sanalanadi va mazkur kursning maqsadi xavfsizlik nazariyaning asosiy mavzularini chuqurlashtirilgan darajada muhokama va tahlil qilishdir. Kurs matematika bo'yicha oraliq kurslarni tugatgan va informatikadan ma'lum bilimlarga ega bo'lgan talabalarga mo'ljallangan.
II. Fanning maqsadi
Kurs bakalavr darajasi uchun mо‘ljallangan axborotni himoyalashda zarur bо‘ladigan: axborot xavfsizligini baholash mezonlari, axborot xavfsizligiga bо‘ladigan tahdidlar, hujumlar darajasini aniqlash, axborotni xavfsizligini tashkil etuvchilari va ularning ahamiyati, axborotni himoyalashda kriptografiyaning о‘rni, identifikatsiya va autentifikatsiya tushunchasi, parollarga bо‘ladigan hujumlar, ma’lumotlarni butunligini ta’minlashda elektron raqamli imzoning ahamiyati, axborotga nisbatan foydalanish huquqlarini boqarish, kompyuter tarmoqlari asosi va unga bо‘ladigan hujumlar, tarmoqlararo ekran va himolangan virtual tarmoq texnologiyalari, zararkunanda dasturlardan himoyalanish, axborot xavfsizligi siyosati va uni boshqarish, axborotga bо‘ladigan risklarni boshqarish, kiberxavfsizlik kabi bо‘limlardan tashkil topgan.
III. Ta’lim berish natijalari
“Kiberxavfsizlik” bo‘yicha bakalavr talabalarining bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari va kelib chiqish tarixi tushunchalarni aytib bera oladi;
axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari va kelib chiqish tarixi tushunchalarni aytib bera oladi;
maxfiylik, butunlilik va foydalanuvchanlik tushunchalarini tushinganligini namoyon eta oladi ;
axborot xavfsizligiga bо‘ladigan asosiy tahdid turlarini hamda ularga qarshi kurash usullarni tushintirib bera oladi;
kriptografiyaning asosini, ruxsatlarni boshqarishni, tarmoq va kompyuter xavfsizligini tushinishini namoyon eta oladi
axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy, tashkiliy va texnik darajadagi aspektlarini muhokama qila oladi
axborot xavfsizligi prinsiplarini keltirib berish bilan bir qatorda tushintirib bera oladi.
oddiy “galstuk - babochka” tahlili va rad etish daraxti tahlilini bajara oladi
|
| |