153
Maktab yoshidagi o‘quvchi–yoshlarning ijodiy faolligini oshirishda
qo‘yidagi holatlar doimo o‘qituvchi e’tiborida bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir:
- o‘quvchilarning ijodiy va musiqiy layoqatlarini doimo uzviy tarzda
rivojlanib borishligini hisobga olish;
-
musiqiy bilim, va ko‘nikmalar rivojlanishini ijodiy faollikni o‘sib,
shakllanib borishining asosi deb qarash;
- o‘quvchi – yoshlarni musiqiy–ijodiy faoliyatning turli – tuman
forma va vositalarini tizimlash orqali ularni musiqiy ijodga faol jalb qilish
natijasida ularda hissiyot olami va intellektual imkoniyatlarni o‘sib
borishini nazarda tutish talab etiladi.
Musiqiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining ilmiy nazariy, uslubiy
jixatdan pishiq va mukammal bo‘ishi muhimdir. Uning samarali,
muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlovchi asosiy
omil puxta ishlab chiqilgan
dars tizimidir. Darslarni tizimli tarzda olib borish, bosqichlararo uzviylikni
ta’minlashga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 1-sinfda o‘tilgan mavzular 2-
sinfda takrorlash orqali esga olinadi va yangi mavzularni o‘rgatishga
zamin yaratiladi. Avval o‘tilgan mavzularni qaytarmay, yangi mavzuni
o‘tish mumkin emas. Musiqa madaniyati darslarida musiqiy bilimlarning
o‘ylangan va asoslangan tizimda o‘zlashtirilishi o‘ta muhim ahamiyatga
ega. Beriladigan bilimlar soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilgan
bo‘mog‘i darkor. Ushbu tamoyilning buzilishi o‘quvchilarning o‘quv
materialini o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib qolmay, ularning
musiqa madaniyati darslariga bo‘gan qiziqishlarini ham so‘ndiradi.
Musiqiy bilimlarni tushuntirishda o‘qituvchi avval o‘tilgan
mavzularga
tayanmog‘i lozim. Musiqa bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida beriladigan
bilimlar avval o‘zlashtirilgan bilimlarga asoslangan bo‘ishi bilan birga,
asta-sekin kengaytirilib va chuqurlashtirilib boriladi.
Tizimlilikka asoslangan holda darslarni tashkil etish, musiqiy
bilimlarni o‘zlashtirish, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish jarayonida
o‘quvchilarda o‘zlariga bo‘gan ishonchni uyg‘otadi, ruhlari ko‘tariladi va
musiqa madaniyati darslariga bo‘gan qiziqishlari ortadi. Tizimlilik buzilsa,
o‘quvchilar
tez charchab qoladilar, darsga nisbatan diqqat va qiziqishlari
bo‘shashib boradi, dars materialini o‘zlashtirish pasayadi. Musiqiy ta’limda
izchillikka rioya qilib o‘qitish lozim, toki bugun o‘rganilgan bilimlar kecha
o‘rganilganlarini mustahkamlasin, ertaga o‘rganiladiganlariga zamin
yaratsin. Darslarni tizimlashtirilgan holda olib borish, bosqichlararo
uzviylikni ta’minlashga yordam beradi.
Fikrimizni muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, o‘quvchi –
yoshlarga
uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida chuqur bilim berish, musiqiy madaniyat
sirlarini yoshlik chog‘idan qalbiga singdirish, kuchli va kengaytirilgan
darajada musiqiy bilim, ko‘nikma,
malaka va tarbiya berish, bu yo‘da
154
ko‘zlangan maqsadga erishishda o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish
orqali ularning ijodini, nota savodxonligi, kasbga nisbatan ijodiy faolligi,
musiqiy madaniyat darslariga nisbatan ijobiy munosabati,
oxir oqibat
bilish, o‘rganish va o‘zlashtirishga nisbatan intilishi va musiqiy did hamda
musiqiy ehtiyojlarini shakllantirish orqali ma’naviy tarbiyalanib borishi
muhim omil bo‘ib hisoblanadi. Bu esa bo‘ajak musiqa o‘qituvchilarining
qanchalik musiqiy madaniyat darslarida ijodiy faolligiga bog‘liqdir.
O‘qituvchining ijodiy faolligi ta’limiy yo‘nalishda o‘quvchilarning
o‘qituvchiga nisbatan ijobiy qabul qilishiga bog‘liqdir.