383
Ma’lumki, eramizdan avvalgi 3-minginchi yillarda odamlar mis, qalay,
qo‘rg‘oshin
va ruxni eritib, undan bronza olishgan. Bronzadan yasalgan
narsalar juda chiroyli qilib bezatilgan. Bu davrda ishlangan buyumlardagi
rasmlar odamlar rasm chizish bilan jiddiy shug‘ullanliklarini ko‘rsatib
beradi.
Qadimgi Misrda grafika va rasmkashlik san’atning bir turi sifatida
shakllanib, juda erta taraqqiyot yo‘liga chiqib oldi. Haqiqiy rasmkashlik
maktablari eng avval Misrda, so‘ngra Hindistonda va Xitoyda tashkil
etildi. Qadimgi Misrda belgi-yozuvlar (iyerogliflar)ni
yaratilishi tasviriy
san’atni, ya’ni rasm chizishni yanada tez rivojlanishiga imkon beradi.
Shunga ko‘ra Qadimgi Misr maktablarida rasm chizish har bir kishini
doimiy mashg‘uloti bo‘lib qolgan. Qadimgi Yunonistonda rasm maktablari
juda erta tashkil topdi. Yunon maktablarida asosiy e’tibor tabiatni chiroyli
qilib tasvirlashga qaratilar edi. Rasm chizishda simmetriya, matematik
hisobot, nisbatlar nazariyasi asosiy e’tiborda bo‘lardi. Bu maktablarda
Pamfil, Melantiy, Pavziy, Appelass kabi
mashhur rassomlar yetishib
chiqdilar. Keyinchalik bu rassomlar ham o‘z maktablarini tashkil etdilar.
Qadimgi Yunonlarning Buyuk allomasi bo‘lmish Arastu, - «Rasm fani
bo‘yicha umumta’lim fanlarini birinchi bosqichida turadi va barcha
fanlarni o‘rganishda asosiy vosita bo‘ladi» - deb ko‘rsatgan edi. Qadimgi
Rimda tasviriy san’atga e’tibor juda yuksak darajaga ko‘tariladi. Qadimgi
Rimda rasm chizish bilan barcha oristakratiya oilalari muntazam
shug‘ullanar edilar. Yuqori tabaqa kishilarining ham asosiy mashg‘uloti
rasm chizish bo‘lib qoladi. Chunki, rasm chizishni bilmaydigan shaxs va
oila madaniyatsiz, o‘quvsiz, e’tiqodsiz
hisoblanib, ularni kamsitilar edi.
Hatto rasm chizishni bilmaydigan, uni o‘rgana olmaydigan shaxslar
«qandaydir psixologik kamchilikka ega» - degan meditsina xulosasi ham
berilar edi. Shu boisdan Sezar zamonida rasm chizishni bilmaydigan
shaxslarni etuk darajada «rivojlanmagan», degan xulosa bilan mas’uliyatli
davlat ishlariga olinmas edi. Hatto yuqori tabaqa oilalari uchun rasm
chizish bilmaydigan shaxslarni kelinlikka yoki kuyovlikka olinmaydigan
ham bo‘linadi. Shu boisdan barcha aristokratiya oilalari va ularni o‘g‘il-
qizlari eng avvalo rasm chizishga o‘rgatilar edi. Sezarni o‘zi
ham etuk
rangtasvirchi rassom, Aktavin Avgust esa me’mor-rassom bo‘lganligi xam
bejiz emas edi. Eramizning XV-XVI asrlarda Italiyada «uyg‘onish davri»
hukmronlik qiladi. XV asrga kelib Italiyada taraqqiyotning hamma sohalari
bo‘yicha rivojlanish tezlashib ketadi. Bu davrda fan, san’at, madaniyat va
ishlab chiqarishda g‘oyat kuchli ko‘tarilish sodir bo‘ladi. San’at va
384
adabiyotda realistik oqimlar vujudga keldi. Kitob bosish, yangi-yangi ijod
ahli shakllandi. XV-XVI asrdagi Italiya bu o‘rinda birinchi bo‘lib, o‘zining
barcha sohalari bilan oldinda boradi. San’at va madaniyat beqiyos rivoj
topdi. Bu davrni Italiyalik san’atshunos rassom Jorj Vazarining, - «Italiyada
san’at uzoq vaqtdan so‘ng yana uyg‘ondi» - iborasi bilan san’at tarixida
«uyg‘onish davri» kategoriyasi vujudga keldi. Bu davrda Italiyada
Leonarda
Do Vinchi, Rafael, Mikelanjello kabi san’atni titan ijodkorlari
etishib chiqdi. Ularning har biri o‘zlarini o‘ziga xos san’at maktablarini
yaratdilar. Ularni ko‘pchiligi rasm chizishni turli sohalari bo‘yicha nazariy
asoslarini ham yaratdilar. Leonarda Do Vinchi «plastik anatomiyani»,
«havoning chiziqli perespektivasini», Alberti «Perespektivani» nazariy
jihatdan asoslab beradilar. Ammo butun san’at tarixi bo‘yicha rasm chizish
uslubiyati bo‘yicha barcha nazariyotchilar cheklanib keldilar. Rasmni
maktabda o‘qitish bo‘yicha biron bir uslubiy xulosa bera olmadilar.
Tasviriy san’atni maktabda o‘qitilishi bo‘yicha faqat XVI-XVII
asrlarda bir qator pedagog olimlar shug‘ullana boshladilar.
Buyuk Chex
pedagogi YA.O.Komenskiydan (1592-1670) boshlab, Jon Lokk (1632-1404),
Russo (1712-1778), Didro (1713-1784), Pestalotssi (1746-1827) K.D.Ushinskiy
kabi pedagoglar maktabda tasviriy san’atni o‘qitish bo‘yicha o‘zlarini
dastlabki qarashlarini berdilar. Ular rasm o‘quv predmetini maktab
umumta’lim fanlari qatoriga kiritib, bolani garmonik tarbiyasidagi roliga
katta baho berdilar. Pestalotsiyning shogirdi Petr Shmit I bo‘lib, «Rasm
mexanik mashqdan iborat», - degan nazariyaga zarba beradi. U, - «Rasm
o‘quvchi tafakkurini va tasavvurini o‘stiruvchi asosiy omil yoki u aql
gimnastikasidir»,- degan ilmiy xulosani beradi.
Yana u rasmni o‘kitishda
ko‘chirish metodini tanqid qiladi. 1835 yilda Parijda aka-uka Dyupyular
(Aleksandr va Ferdenantlar) bepul rasm maktabini tashkil etdilar.
1870 yili Rus Badiiy Akademiyasi qoshida rasm o‘qituvchisi
tayyorlaydigan kurs tashkil etiladi. Bu komisiya sostavida N.Ge,
I.Kramskoy, P.Chistyakov kabi yetuk rassomlar ish olib boradilar.
XX asr
boshlaridan AQSH, Italiya, Germaniyada ham o‘rta umumta’lim
maktablarida rasm fanini o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi. Tasviriy san’atni
o‘qitilishi bo‘yicha 1955 yilda Lunda (Shvetsiya), 1958 yilda Bazella
(Shvetsiya) 1960 yilda Maniles (Philippin), 1966 yilda (Chexoslovakiya),
1972 yilda Germaniyada, 1982 yilda Chexoslovakiya kabi mamlakatlarda
xalqaro simpoziumlar o‘tkazilib kelindi.