205
san’at tarixi nazariy materiallaridan samarali foydalanib o‘z o‘quv
materiallarini ifoda etishdan iboratdir.
Masalan: Tasviriy san’at darsida Leonardo Da Vinchining «Mona
Liza (Jakonda)» san’at asarini o‘rganishda, «San’at tarixi» kursidagi
«Italiyada uyg‘onish davri san’ati» mavzusi - materiallaridan foydalanib,
yuqoridagi san’at asardagi syujet va voqealar haqida ilmiy ma’lumotlar
beriladi va asar tahlili utkaziladi.
2. Tasviriy san’at darslarini san’at tarixi bilan integrasiyalash metodik
yo‘nalishi o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida indivudal va umumiy savol-
javob, uy vazifalarni tekshirish jarayonida amalga oshiriladi.
M: O‘qituvchi savol beradi: - Leonardo Da Vinchi kim?
O‘quvchi tasviriy san’at darsida san’at tarixi bilan integrasiyalash
olgan bilimlari va malakalar asosida javob beradilar.
- Leonardo Da Vinchi musavvir, muhandis va olim. Leonardo
tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Matematika, mexanika kabi fanlarga asos
soldi, boshqa fanlarning ko‘p sohalariga ma’lum darajada hissa qo‘shdi.
Qaysi ishga qo‘l ursa u birinchi bo‘lib yutib chiqardi. San’atda esa beqiyos
darajada omadli edi. Me’morchilik, haykaltaroshlik va rangtasvirda unga
hech kim raqobat qilib teng kela olmagan. Leonardo hayotligida biror soha
yo‘qki u yutuqlarga erishmagan bo‘lsa, matematika, plastik anatomiya,
qurilish sohasi, haykaltaroshlik, medisina va boshqalar. Fan o‘qituvchisi
o‘z faoliyatida tasviriy san’at darslarini san’at tarixi bilan integrasiyalash
uchun san’at tarixi fanlari dastur, o‘quv qullanma va darsliklarni o‘rganib
borishi, tasviriy san’at darslarida muntazzam foydalanishi lozim. Bu
o‘qituvchiga:
1. Darsini ilmiyligini, uning darsdagi tashabbusini va ijodiy ishlashini
ta’minlaydi.
2. O‘qituvchi mehnat unimdorligini oshiradi.
3. Fan o‘qituvchisini ish faoliyatini tizimga soladi.
4. O‘quvchilarga esa bir butun ilmiy jihatdan asoslangan bilim,
ko‘niklma, malaka va kompitensiyaga ega bo‘lishini va o‘quv predmetini
oson o‘zlashtirish imkonini beradi.