|
Oquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
|
bet | 2/4 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 155 Kb. | | #239338 |
Bog'liq fan dasturiOquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartiga ko`ra o`qitiladigan “Baliqlar embriologiyasi va sun’iy urug’lantirish” fani keng tarmoqli kompleks fan bo`lib, bir qancha mustaqil fanlarni o`z ichiga oladi. Sistematik turlarning xilma-xilligi, ularning o`zaro o`xshashligi yoki bir-biridan farqli asossida turli sistematik guruhlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganadi. Ushbu dastur baliqlarning tashqi tuzilishi va hayotining asosiy xususiyatlari, tog’ayli va suyakli baliqlarning tasnifi, ularning tuzilishi va o`rganish metodlari, fanning tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli, xamda respublikamizdagi ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar natijalari va xududiy muammolarning ixtiologiya xamda baliqchilik soxalari istiqboliga ta`siri masalalarini qamraydi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Ushbu dastur baliqlarning tashqi tuzilishi va hayotining asosiy xususiyatlari, tog’ayli va suyakli baliqlarning tasnifi, ularning tuzilishi va o`rganish metodlari, fanning tarixi va rivojining tendentsiyasi, istiqboli, xamda respublikamizdagi ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar natijalari va xududiy muammolarning ixtiologiya xamda baliqchilik soxalari istiqboliga ta`siri masalalarini qamraydi.
Baliqlar embriologiyasi va sun’iy urug’lantirish fani tabiiy fanlar majmuasiga taalluqli bo`lib, talabalar uni kurs 3- semestrda o`rganishadi.
Fan bo`yicha bilim, ko`nikma va malakaga qo`yiladigan talablar
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma, va malakalariga quydagi talabalar qo`yiladi. Talaba:
- baliqlarning xilma-xilligini, dunyo okeani va ichki suv xavzalaridagi baliqchilikning iqtisodiy ahamiyatini va baliq turlari bilan tanishish.
- baliqlarning alohida guruhlari va muxim turlarini hayot tarzi bilan tanishish, baliqlarning sistemasini o`zlashtirish, evolyutsion jarayonlar va filogenetik bog’liqliklar, ularning tarqalishi, hamda baliqlarning sanoat ob`ektidagi ahamiyatini bilish;
- ovlanadigan asosiy baliq turlarining ekologiyasini;
- baliqlarning inson xayotidagi ahamiyatini;
-dala va laboratoriya sharoitida baliqlarga ishlov berishni;
-aniqlagich adabiyotlardan foydalangan xolda baliq turlarini aniqlashni;
-turli ekologik sharoitlarning baliq morfologiyasiga ta`siri xaqida tassavurga ega bo`lishi;
-baliqlarni tadqiqot qilishda turli asbob-uskunalardan foydalanishni;
- iqlimlashtirilgan baliqlar va biologik xilma-xillikni saqlashni bilishi va ularni foydalana olishi;
-baliqlar morfologyasi fani bo`yicha talaba tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining tur tarkibini bilish,
-baliqlarning ekologik klassifiqatsiyasi, ular o`sishining o`zgaruvchanligi, o`sish modelini,
- populyatsiyalardagi jinslar nisbati, baliqlar to`dasi soni, dinamikasinini,
-baliqlar urchishi bo`yicha umumiy ko`rsatmalarni, meristik va plastik belgilarning ahamiyatini, urchish muddatlari va davomiyligini, baliqlar hayot tsikli va uning bosqichlari, baliqlar yoshi va o`sish tezligini,
- baliqlarning umumiy biologik analizi, morfometriya, hajmi, jinsi, etilish bosqichi, oziqlanishi, vazni, yoshi va uzunligini aniqlash,
-ixtiologik tadqiqotlarda variatsion statistik usullaridan foydalanish,
baliq tanasini o`lchashni biometrik usulini qo`llash, baliqlarni sifat va miqdoriy belgilarini, baliq jinsini aniqlash malakalariga ega bo`lishi kerak
|
| |