• Windows 95
  • Windows 2000
  • OS/2 operatsion tizimlari (Operating Systems/2)




    Download 39,06 Kb.
    bet3/12
    Sana15.05.2024
    Hajmi39,06 Kb.
    #235778
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    RUSTAMOV J

    OS/2 operatsion tizimlari (Operating Systems/2) – 1987 yilda IBM
    kompaniyasi tomonidan PS/2 komp’yuterlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan tizim
    bo’lib, ko’p dasturlar bilan bir vaqtning o’zida ishonchli tarzda ishlashi mumkin. Qulay
    grafik interfeysga ega. MS DOS ning ko’pgina ilova-dasturlaridan ham foydalanish
    imkonini beradi. Ko’pincha lokal komp’yuter tarmoqlarida hamda loyihalashkonstruktorlik tashkilotlarida qo’llaniladi. Asosiy kamchiliga – uning boshqaruvida
    ishlaydigan dasturiy vositalarning kamligidir.
    Keyingi yillarda bu operatsion tizimning quyidagi samarali turlari ishlab
    chiqarilgan:
    OS/2 Warp 3.0 – xotiradan foydalanishi takomillashtirilgan va grafik interfeysi
    yanada qulaylashtirilgan;
    OS/2 Warp Connect – komp’yuter tarmoqlari bilan ishlash imkoniyatiga ega; OS/2
    Warp Server – serverlarni boshqarish imkoniyatiga ega. Windows 95 – Microsoft kompaniyasining eng universal va eng ko’p tarqalgan
    operatsion tizimidir. Ofislarda, korxona va tashkilotlarda, shaxsiy maqsadlar uchun
    uylardagi komp’yuterlarda muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin.
    Ko’plab ilova-dasturlariga ega. Dasturlarning xavfsizligini ta’minlovchi usullarga
    mavjud.
    Asosiy kamchiliklari - talab qilingan darajada ishonchli emasligi va Internet
    bilan ishlashga mo’ljallanmaganligidir.
    Windows 98 - Windows 95 ning takomillashgan ko’rinishi bo’lib, o’zining
    ishonchliligi, dasturlarni himoya qilish vositalarining ko’pligi hamda grafik
    ma’lumotlar bilan katta tezlikda ishlay olish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Birorta
    ham qo’shimcha qurilmaviy yoki dasturiy vositalarsiz Iinternet dan keng foydalana
    olish xususiyatiga ega. SHuning uchun ham hozirda eng ko’p tarqalgan operatsion
    tizimdir.
    Windows NT – kichik va katta komp’yuter to’rlarini boshqarish maqsadida
    ishlab chiqilgan. Ishonchli tarzda ishlashini ta’minlovchi va komp’yuter qurilmalarini
    hamda dasturlarni muhofaza qila oluvchi samarali vositalarga ega. 1999 yilda ishlab
    chiqarilgan.
    Asosiy kamchiligi – shaxsiy maqsadlarda har kuni foydalanadigan dasturlar
    bilan ishlashda ayrim noqulayliklarni keltirib chiqaradi (masalan, ishlash sur’ati
    kamayadi). SHuning uchun ham yakka komp’yuterlarda kamdan-kam hollardagina
    qo’llaniladi.
    Windows 2000 - Windows 98 va Windows NT operatsion tizimlarining barcha
    imkoniyatlarini o’zida mujassamlashtirgan tizimdir. Ayniqsa, bu tizimning qulayligi
    mul’timedia ma’lumotlari bilan, komp’yuter to’rlari va Internet bilan ishlaganda
    yaqqol seziladi.

    Download 39,06 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 39,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OS/2 operatsion tizimlari (Operating Systems/2)

    Download 39,06 Kb.