|
O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 15/33 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #138802 |
Bog'liq Gidravlik bog`lovchi moddalarMavzu: Sement ishlab chiqarishni nazorat qilish, portlandsementning qotish nazariyasi.
Reja: 1. Sement ishlab chiqarishni nazorat qilish. 2. Portlandsementning qotish nazariyasi.
Tayanch so‘z va iboralar: portlandsement,klinker, portlandsement qotishi. Texnikaviy shartlari.
Ishlab chiqarish-texnika nazorati — sanoat korxonalarida mahsulot sifatini nazorat qilish yuzasidan bajariladigan xizmatlar majmui. Texnik nazorat i.ch.ning barcha qismlari (xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlar, texnologik jarayonlar, asboblar, dast-goxlar, uskunalar, tayyor mahsulotlar va b.)da amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan obʼyekt xususiyatiga koʻra, nazoratning kuzatib nazorat qilish, mexanik xususiyatlarni nazorat qilish, kimyoviy taxlil, metallografik tadqiqotlar oʻtkazish, sinab koʻrib nazorat qilish va b. usullari bor. Tashkiliy jihatdan uning texnologik ja-rayonlarni nazorat qilish; operatsion nazorat (mahsulot i.ch. bilan bogʻliq operatsiya bajarib boʻlingach, oʻtkaziladi); inspeksion (yoki tanlab) nazorat qilish; boshlangʻich nazorat (korxonaga yetkazib berilgan materiallar, xom ashyo, yarim fabrikatlar, butlovchi de-tallar nazorat qilinadi); faol nazorat (mahsulotni i.ch. jarayonida oʻlchov asboblari yordamida nazorat qilish);: tayyor mahsulotni qabul qilish jarayo-nidagi nazorat va b. turlari bor. I.ch.t. ning asosiy vazifasi korxonalardagi nazorat operatsiyalarning bajarili-shini, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning komplektligini tekshirish, brakni yoʻqotish hamda mahsulotni belgilangan standart va texnik shartlarga muvofiq qilib i.ch.ni taʼminlashdan iborat. I.ch.t.ni korxona boʻlimlarida xodimlar, sexlarda ishchilar, sozlovchilar, ustalar, brigadirlar va korxonalarning hamma muhim uchastkalarida texnika nazorati boʻlimi xodimlari amalga oshiradi. Texnika nazorati boʻlimining vazifasi nazorat usullarini ishlab chiqish, brakni hisobga olish va taxlil qilishidir. Hoz. vaqtda detallarni i.ch. jarayonida nazorat qilishning eng zamonaviy usullari (avtomatlashtirish, yoppasiga nazorat qilish)ni yaratishga keng eʼtibor qaratilgan.
|
| |