99
yoʻnalishiga bogʻliq. Yogʻoch xossalarini solishtirish uchun 15% ga teng standart
namlik belgilangan.
Eng koʻp tarqalgan yogʻoch turlari tolalari boʻylab
statik egilganda
quyidagicha mustahkamlik chegaralariga (MPa) ega boʻladi: zarang - 105, tilogʻoch-
98, qayin-96, qoraqayin-95, qaragʻay -76, archa -72.
YOGʻOCH MATERIALLARNI TAYYORLASH.
Yogʻoch materiallarga quyiladigan talablar tegishli GOST bilan belgilanadi.
GOSTda ѐgʻoch materiallarning oʻlchamlariga, ruxsat etiladigan nuqsonlarga,
ishlov berish sifatiga, oʻlchash usuliga, sortlarga ajratish, markalash va hisoblashga
nisbatan quyiladigan talablar kursatiladi. Xalq xoʻjaligining turli sohalarida asosiy
ѐgʻoch materiallari-turli xodalar, taxta materiallari, bruslar, fanerlar (randalangan,
tilingan, yoʻnilgan, yelimlangan fanerlar va hokazolar), duradgorlik plitalari, ѐgʻoch
payraxali plitalar keng ishlatiladi. Bunday ѐgʻoch materiallarining baʼzilari sanoat
miqѐsida qanday ishlab chiqarilishi va ishlatilishi hamda baʼzi
xususiyatlari bilan
qisqacha tanishtirishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Xoda—shox-shabbalari kesilgan, poʻstlogʻi tozalangan daraxt tanasining bir
qismidir. Xodalar 3 gruppaga boʻlinadi, yaʼni ingichka xodalar (kichik diametrli)—
diametri 8—13 sm gacha; oʻrtacha xodalar (oʻrta diametrli)—diametri 14—24 sm
gacha; yoʻgʻon xodalar (katta diametrli)—diametri 25 sm va undan yoʻgʻonroq
boʻladi. Xodalarning asosiy uzunligi 6,5 m boʻlib, qurilishlarda ishlatiladigan
xodalar koʻpincha 4—7 m uzunlikda tayѐrlanadi.