56
Poʻlat
varaqlar
(listlar)
(
qozon
t a y y o r l a n a -
d i gan p o ʻ l a t l a r , GOST 5520-79 va TU) bosim ostida ishlaydigan qozon
va idishlar uchun bugʻ qozonlari, kema oʻtxonalari, gaz trubinalarining yonish
kameralari va boshqa detallarni tayyorlashda ishlatiladi. Ular oʻzgaruvchan
bosimlarda va +450°S gacha boʻlgan haroratda ishlashi kerak. Bundan
tashqari, qozon tayyorlanadigan poʻlat yaxshi payvandlanishi zarur. Bunday
xossalar olish uchun uglerodli poʻlatga texnologik qoʻshimcha (titan)
kiritiladi va u alyuminiy bilan qoʻshimcha oksidsizlantiriladi. Uglerod
miqdori 0,08 dan 0,28% gacha boʻlgan 12K, 15K, 16K, 18K, 20K, 22K
markali uglerodli qozon tayyorlanadigan poʻlatlar ishlab chiqariladi. Bunday
poʻlatlar
qalinligi 200
mm gacha
boʻlgan
varaqlar
va
normallashtirilgan hamda boʻshatilgan holatdagi pokovkalar koʻrinishida
yetkazib beriladi.