Iqtisodiy aniqlik deganda mexanik ishlov berishni minimal tannarxi boʻyicha
normal ishlab chiqarish sharoitida, texnologik soz dastgoh va kesuvchi asboblar
xamda moslamalardan foydalanib normal vaqt sarfi asosida, ish turiga qarab normal
malakali ishchi kuchidan foydalanib olinadigan detallar aniqligi tushuniladi. Olib
boʻlishi mumkin boʻlgan aniqlik deganda aloxida yaratilgan ishlab chiqarish
sharoitida, yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanib, vaqt sarfini hisobga olmay,
mexanik ishlov berish tannarxini ortib ketishiga qaramay olinadigan detal aniqligi
tushuniladi.
Detalning tayyorlash aniqligiga quyidagi asosiy omillar taosir koʻrsatadi:
1. Dastgohning noaniqligi.
200
2. Kesuvchi va yordamchi asboblarning tayyorlash aniqligi.
3. Dastgohni talab etilgan oʻlchamga sozlash va kesuvchi asbobning oʻrnatish
xatoligi.
4. Detalning oʻrnatish va bazalash xatoligi.
5. Kesish kuchi taʼsirida texnologik ishlov berish tizimining (TIBT)
deformatsiyasi.
6. Kesish jarayonida TIBT ning issiqlik taosirida deformatsiyalanishi.
7. Ishlov berishdan soʻng detalning tekshirish jarayonida uning oʻlchamlarini
oʻzgarib qolishi holatlari.
8. Oʻlchashdagi xatoliklar.
9. Ish bajaruvchining xatolari.
Ishlov berish aniqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish uchun ishlov
aniqligi koeffitsenti deb nomlangan koeffitsent kiritiladi.
Bunda, A oʻrt – oʻrtacha aniqlik kvaliteti, boʻlib quyidagi formula bilan
aniqlanadi:
Bu yerda, 1-19 – aniqlik kvalitetlari nomerlari; n1i, n2i, n3i… n19, ni – 1…19
aniqlik kvalitetlaridagi yuzalar soni. Meʼyorlarga koʻra Kia = 0,3 deb yuritiladi.
Detalga konstruktor tomonidan belgilab berilgan aniqlik darajasi uning ish
qobiliyatining shakllanishi uchun zaruriy omillardan biri.
Tayyorlash texnologik jarayonida kelib chiquvchi geometrik koʻrsatkichlar
xatoligini umuman bartaraf qilish mumkin emas, va shu sababdan detallarga ishlov
berishda doimo maʼlum miqdorda hosil boʻluvchi xatolik kuzatiladi.
Shuning uchun detalning tayyorlanish aniqligi deganda uning oʻlcham, shakli,
yuzalarining oʻzaro joylashishida boʻladigan xatoliklarning konstruktor tomonidan
bu koʻrsatilgan parametrlar uchun belgilab bergan miqdoriga moslik darajasi
tushuniladi. Detalga ishlov berilganda har bir oʻlcham boʻyicha ishlov berish unga
berilgan qoʻyim asosida amalga oshirilishi kerak. Yaʼni ishlov berish texnologik
usuli, bazalash, ishlov berish tartibi, bularning barchasi detal aniqligiga qoʻyilgan
talab asosida belgilanishi kerak.
Detalga ishlov berish aniqligi stanokning sozlanish aniqligiga, ishlov berish
asbobining turi, aniqlik darajasi, oʻrnatilish sifati, stanokning harakatlanish turi,
koʻchirish (qator) qurilmalarining holati va boshqa shu singari qator koʻrsatkichlar
taʼsirida shakllanadi.
Yuza gʻadir-budirliklarning koʻrsatkichlari aniqligi ishlov berish turi va
aniqligiga bogʻliq ravishda shakllanadi. Shu sababdan baʼzi paytlarda oxirgi toza
ishlov berish operatsiyasi detalning funksional xususiyatlaridan kelib chiqqan holda,
uning ish yuza gʻadir-budirligiga boʻlgan talabni hisobga olib belgilanadi.
|