O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan




Download 0,51 Mb.
bet11/12
Sana16.09.2024
Hajmi0,51 Mb.
#271188
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu

ShK va uning atrof qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
Sanitar qoidalarga muvofiq shaxsiy kompyuterlar joylashgan xonada aralash yoritilganlik, ya'ni tabiiy va sun'iy bo'lishi kerak. Tabiiy yoritilganlik iloji boricha shimolga va shimoliy sharqqa yo'naltirilgan bo'lishi, imkoni bo'lmasa, jadal quyosh nuri janubiy va g’arbiy derazalardan yaltillashlar yuzaga keltirmasligi va ishlashga xalaqit qilmasligi uchun derazalarni pardalar, jalyuzilar yoki tashqi to'sqichlar bilan ta’minlash kerak. Ish joyi derazaga nisbatan yonlanmasiga joylashgan bo'lib, tabiiy yorug’lik chap tarafdan tushishi maqsadga muvofiq.Kompyuterlar shunday joylashishi kerakki, yoniq ekran boshqa operatorning ko'rish maydoniga tushmasligi, ekranda tabiiy va suniy yoritilganlikning aksidan yaltillashlar bo'lmasligi kerak.
Ko'rish sharoitini baxolash uchun yaltillaganlik tushunchasi kiritiladi. Yaltillaganlik-ko'rish funksiyasini buzilishiga olib keluvchi yaltillagan yuzlarning kuchaygan yorug’ligi bo'lib, obektni ko'rishni yomonlashtiradi. Yaltillamaslikning birligi-kg/m2. 30 ming kg/m2 ga teng yorug’lik ko'zni ko'r qiladi. Yaltillaganlik haddan tashqari asabiylashuvini yuzaga keltiradi. Shuning uchun sanitar qoidalar yorug’lik keltiradi. Shuning uchun sanitar qoidalar yorug’lik manbaidan to'g’ridan- to'g’ri paydo bo'ladigan yaltillaganlikni chegaralaydi. Deraza, yoritgichlaridan tushgan yorug’lik ko'rish maydonida 200 kg/m2 dan oshmasligi kerak. Ekran, stol, klaviatura kabi ish yuzasidan qaytgan nurlardan hosil bo'ladigan yaltillaganliklarni ham chegaralash kerak. Bu yoritgichlarni to'g’ri tanlab, ish o'rinlarini tabiiy va suniy yoritgichlarga nisbatan to'g’ri joylashtirish hisobiga amalga oshadi, bunda yaltillashlarning yorug’ligi displey ekranida 40 kg/m2 dan oshmasligi kerak.
Mutaxassislarning tavsiyasiga ko'ra devorlar, mebellar och sut rangda, shipdan nur qaytarish koeffitsiyenti 0.7- 0.8, devordan va poldan 0.6 va 0.3 bo'lishi kerak. Bunga shipni oq ranga, devorlarni och sariq va qizg’ish ranga bo'yash natijasida erishish mumkin. Umumiy yoritish uchun lyuminescent lampalar ishlatilishi natijasida ulardan yorug’lik oqimi kuchlanishining o'zgarishiga qattiq bog’liq bo'lganligi sababli yoritilganlikning tebranishi yuzaga keladi, bu o'z yo'lida ko'zni har safar adaptatsiya qilishiga, toliqishiga olib keladi. Shuning uchun mahalliy va umumiy yoritgichlar sifatida yuqori chastotali, yonishini nazorat qiluvchi uskunali gazorazryadli lampalar ishlatilishi kerak. To'g’ri tanlangan, yani eng kamida Shvetsiya o'lchovlar va sinovlar milliy komiteti tomonidan qabul qilingan MRK(II) talablariga javob beradigan va kerakli sertifikati bo'lgan Kompyuterlarda ishlaganda foydalanuvchi sog’lig’ini saqlash maqsadida quyidagi qiyin bo'lmagan qoidalarga rioya qilish kerak:

  • ish joyi qulay bo'lishi va tayanch-harakat apparatini hamda qon almashishini normal ishlashini taminlash kerak;

  • kun davomida videoterminalda umumiy ishlash davomyligi 4 soatdan oshmasligi, videoterminalda uzluksiz ishlash 1.5-2 soatdan ko'p bo'lmasligi, har bir soat ishdan so'ng kamida 10-15 minut tanaffuz qilish, shu paytda o'rindan turib, ko’z, bel, qo'l va oyoq uchun maxsus mashqlar qilish kerak.

  • normal ko'rish qobiliyatida ko'z ekrandan qo'l cho'zganchalik (ya’ni 60-70 sm dan kam bo'lmagan) masofada bo'lishi va yiliga kamida bir marotaba ko'z vrachiga tekshirtirib turish kerak;

  • bir soat mobaynida 10 mingdan ortiq klavishni bosish kerak emas;




  • monitor ekranida yaltillashlar paydo bo'lishiga yo'l qo'yilmasligi kerak;




  • homilador ayollarning kompyuterda ishlashiga ruxsat berilmaydi.


Download 0,51 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan

Download 0,51 Mb.