|
O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan
|
bet | 10/12 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #271188 |
Bog'liq 1-mavzuIsh joyini tashkil etish.
REJA:
ShK haqida ma’lumot.
ShK va uning atrof qurilmalari bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
Ish joyini tashkil etish.
Shaxsiy komyuter haqida ma’lumot
Hozirda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko'rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o'xshashlik borligini ko'ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo'shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi
.
Kompyuterni xonada to'g’ri joylashtirish va to'g’ri loyihalanib, o'rnatilgan yoritgichlar foydalanuvchini ko'rishini yaxshi ta’minlaydi, asab tizimiga qo'shimcha zo'riqish bermaydi, operatorni normallashi faoliyatini ta’minlaydi, ish jarayonidagi xatolarni keskin kamaytiradi. Kompyuterlarni alohida xonalarga 5-6 displeydan ortiq bo'lmagan xolda joylashtirish tavsiya qilinadi. Bu eng avvalo mikroiqlimni yo'l qo'yilgan qiymatlari parametrlarini ta’minlashga imkon beradi. Sanitar normalarga muvofiq bitta foydalanuvchi uchun 5 m2 maydon, hajmi 20 m3 dan kam bo'lmasligi kerak.Gigenik nuqtai nazardan kompyuterni shunday joylashtirish kerakki, ekrandan ko'zni ko'targanda, xonadagi eng uzoqda
joylashgan narsa ham ko'rinsin. Operatorning ish joyini kirish eshigiga yuzi qaragan holda joylashtirish eng samarali hisoblanadi. Eng uzoq masofaga nigohni o'tkazish imkoni kompyuterda ishlagandagi ko'rish tizimining og’irligini kamaytirishni eng samarali usuli hisoblanadi. Ish joylarini kompyuterdan devorgacha bo'lgan masofa 1 m dan kam bo'lmagan holda xonaning burchaklariga yoki devorga qaratib joylashtirish, derazadan tushgan yorug’lik ko'z uchun ortiqcha zo'riqish bo'lmasligiga yordam beradi. Shuning uchun ham kompyuterni derazaga qaratib joylashtirmaslik darkor. Agar bir xonada bir necha kompyuterlar joylashgan bo'lsa, elektromagnit nurlarning ta’sirini kamaytirish uchun bir manitor ekranidan ikkinchisining orqa devorigacha masofa 2 m dan kam bo'lmasligi kerak.
|
| |