|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/9 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 143,5 Kb. | | #152865 |
Bog'liq 005. M.Ismoilov 2-mavzu
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER
INJINIRINGI FAKULTETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo’nalishi
“Informatika o‘qitish metodikasi va lingvistika” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: SMM platformalari bilan tanishish. Facebook tarmog’i mavzusini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Bajardi: 5-bosqich 508-guruh talabasi
M.Ismoilov
Raxbar: N.O’rinov
MUNDARIJA:
1
|
Kirish ………………………………………………………………...
|
3
|
|
Asosiy qism
|
|
2
|
Smm platformalari bilan tanishish………………………………….
|
5
|
3
|
Facebook tarmog‘i haqida umumiy tushuncha…………………….
|
7
|
4
|
Smm’ni internet tizimida harakatlantirish………………………….
|
10
|
5
|
Smm asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish……………………..
|
11
|
6
|
Xulosa………………………………………………………………...
|
13
|
7
|
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………
|
17
|
Kirish
1993-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida»gi Qonuni kuchga kirdi. Dastlab 2005-yilgacha lotin alifbosiga to’liq o’tish bo’yicha choralar ko’rish ko’zda tutilgan edi.
90-yillarning boshlarida lotin grafikasiga o’tish O’zbekiston tarixida yangi davrning boshlanganidan dalolat beruvchi jarayon sifatida ramziy tus oldi; bu o‘ziga xoslikni, identifikatsiyani shakllantirish yo‘lidagi asosiy siyosiy o’zgarishlardan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, mazkur vaziyatga o’zbekcha talaffuzni yozuvda ifodalashda krill alifbosi bilan bog’liq bo‘lgan noaniqliklarni tuzatish imkoniyati deb qaraldi. Shu bilan birga, ushbu o’tish lotin alifbosidan foydalangan holda chet tillarni tezroq o’rganishga yordam beradi deb ham hisoblandi.
“O’zbek o’ziga xosligi” birikmasi nisbatan yangi atama, tushuncha bo‘lgani sababli hozirgi o’zbek adabiy tilining ildizlari aksariyat o‘zbek olimlari tomonidan eski o‘zbek tili deb ataladigan chig‘atoy tiliga borib taqalishini anglash lozim. Bu tilda XIV asrdan XX asrning 20-yillari oxirigacha arab yozuvida yozilgan. Keyinchalik 1926-yildagi Boku Turkologik kongressi lotinlashtirish masalasini ko‘tardi va 1928-yilga kelib ushbu jarayonning birinchi bosqichlari kuchga kirdi. Gazeta va jurnal maqolalari yangi lotin alifbosidan foydalanishni boshladi; o’sha yili o’rta maktablarda ushbu alifbodan foydalangan holda darslar o’tkazila boshladi. XX asrning 20-yillari oxiriga qadar hukumat tomonidan lotin alifbosidan foydalanishga katta ishtiyoq ham, xalq tomonidan katta talab ham bo’lmagan. 30-yillarning oxiriga kelib o’zbek tilini lotinlashtirish jarayoni sustlashib kirillitsani joriy qilish bo‘yicha harakatlar boshlandi va bu jarayon 1940-yilda tugallandi. 1993-yildan yana lotin alifbosi joriy etila boshladi va bu jarayon 2005-yilga qadar tugatilishi rejalashtirilgan edi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida keyingi yildan boshlab o‘zbek tilining lotin alifbosi asosida o‘qitilishi ko‘zda tutildi. 1995-yilda qonunning ikkita moddasiga ba’zi harflarning imlosi va alifbodagi harflar soniga oid o’zgartirishlar kiritildi. Biroq muddat 2005-yildan keyin ham yana bir necha bor uzaytirildi va 2021-yilga kelib hali ham yozuvni lotinlashtirish ishlari to’liq amalga oshirilmadi.
Dastlab bir necha yil davomida lotin alifbosiga o’tish bo‘yicha to’g’ri siyosat olib borildi: yosh avlod uni ta’lim muassasalarida o‘rgandi, kattalar ish joylarida tashkil etilgan bepul maxsus kurslarda o‘qitildilar. Biroq 2004-yilda qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi, bunga ko’ra yangi o’zbek lotin alifbosi va imlosiga to’liq o’tish 2010-yilga qoldirildi.
Yangi yozuvni joriy etish va unda savodxonlikni oshirish yillar davomida amalga oshiraladigan hodisalardir. Yangi yozuvni o’rganish uchun jamiyat juda mashaqqatli jarayonni boshidan kechirishi va bu sohadagi bilimlarni egallashdan tashqari, vizual xotira va amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. 2004-yilda to‘liq lotinlashtirish muddati kechiktirilganidan so’ng, o‘rta va katta yoshdagi fuqarolarda ikkilanish paydo bo‘ldi va ular ish joyida lotin yozuvini o’rganishni to’xtatdilar. Bu masalaning ijtimoiy tomoni bo‘lsa, uning siyosiy va iqtisodiy jihatlari ham mavjud, masalan, yangi alifboni to’liq tatbiq etish uchun katta harajatlar qilinishi kerakligini hamma tushunar edi. Natijada, taxminan 2006-2007-yillardan boshlab katta yoshdagi aholining lotin yozuviga bo‘lgan munosabati yana sovuqlashdi, ayni vaqtda ta’lim dargohlarida o’quv jarayoni lotin yozuvida davom ettirilaverdi.
|
| |