12. Bosh mutaxassis imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning
qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.
13. Bosh mutaxassis mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa
qonun hujjatlariga asosan
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy
javobgardir.
Sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat koʻrsatishni muvofiqlashtirish
shoʻbasi yetakchi mutaxassisning lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat
koʻrsatishni muvofiqlashtirish shoʻbasi yetakchi mutaxassis
(bundan buyon matnda –yetakchi
mutaxassis)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Yetakchi mutaxassis Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi
oʻrinlarda Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan
ozod etiladi.
Yetakchi mutaxassis bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz
faoliyatini boshqarma
rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Yetakchi mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda
boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi) amal qilgan holda
faoliyatini olib boradi.