|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari
|
bet | 42/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
CPU sikli K/Ch sikli CPU sikli
K/Ch ni kutish
K/Ch ni kutish
K/Ch sikli CPU sikli
K/Ch sikli
2.16- rasm. CPU va K/Ch sikllari o‘zgaruvchan ketma-ketligi
Bir protsessorli tizimda bir vaqtning o‘zida faqat bitta jarayon bajarilishi mumkin. Boshqa jarayonlar esa protsessorni bo‘shashini kutishi kerak. Multidasturlashning vazifasi – protsessordan maksimal darajada foydalanishdir. Ushbu turdagi rejalashtirish opeatsion tizimning asosiy funksiyasidir. Deyarli barcha kompyuter resurslari foydalanishdan oldin rejalashtiriladi.
Protsessor, shubhasiz kompyuterning asosiy resurslaridan biridir. Shunday qilib, uni rejalashtirish operatsion tizimni loyihalashda muhim o‘rin tutadi.
Protsessorni rejalashtirishning muvaffaqiyati jarayonlarning kuzatiladigan xususiyatlariga bog‘liq: jarayonning bajarilishi protsessorni bajarish siklidan va K/Ch ni kutishdan iborat. Jarayonlar ushbu ikki holat orasida o‘zgarib turadi. 2.17- rasmda operatsion tizimlardagi jarayonlarning haqiqiy holatini tahlil qilish asosida, protsessor faoliyati davrlarining taxminiy gistogrammasi ko‘rsatilgan.
2.17- rasm. Protsessor faoliyati davrlarining taxminiy gistogrammasi Diagramma shuni ko‘rsatadiki, faoliyat davri qanchalik qisqa
bo‘lsa, bunday davrlarning chastotasi shunchalik yuqori va aksincha, faoliyat davrlarining chastotasi ularning davomiyligiga teskari proporsionaldir.
Protsessorni rejalashtiruvchi
Rejalashtiruvchi - xotiraga yuklangan va bajarishga tayyor bir nechta jarayonlardan birini tanlaydigan va ulardan biri uchun protsessorni ajratadigan OT komponenti hisoblanadi.
Rejalashtirish bo‘yicha yechimlar quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, agar jarayon:
Bajarilish holatidan kutish holatiga qayta ulanadi (masalan, jarayon kiritish/chiqarish qurilmasi ishini tugashini kutsa).
Bajarilish holatidan bajarishga tayyorlik holatiga o‘tishga qayta ulanadi (masalan, uzilish sodir bo‘lganda).
Kutish holatidan tayyorlik holatiga qayta ulanadi (masalan, kiritish/chiqarish hodisasi tugashi bilan).
Yakunlanadi.
va 4- turlardagi rejalashtirish jarayonni uzmasdan rejalashtirish (non-preemptive) atamasi bilan belgilanadi. 2- va 3- turlardagi rejalashtirish jarayonni uzish bilan rejalashtirish (preemptive) atamasi bilan belgilanadi.
Protsessor menejeri 2 quyi menejerdan tashkil topadi:
Vazifani rejalashtiruvchi;
Jarayonni rejalashtiruvchi.
Vazifani rejalashtiruvchi
Vazifani rejalashtiruvchi yuqori darajadagi rejalashtiruvchi hisoblanadi va uning funksiyalari quyidagicha:
Vazifalarni kirish navbatidan tanlab oladi;
Ularni xarakteristikasiga qarab jarayonlar navbatiga
kiritadi;
Maqsad: vazifalarni tizim resurslaridan maksimal
foydalanish tartibida joylashtirish;
Resurslarni doimiy band holatda saqlashni tashkillashtiradi.
Kiritish/chiqarish va hisoblash o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatni ta’minlaydi.
Jarayonni rejalashtiruvchi
Jarayonni rejalashtiruvchi past darajadagi rejalashtiruvchi hisoblanadi va uning funksiyalari quyidagicha:
Jarayonlarni bajarilishi uchun protsessorni taqsimlaydi;
Protsessor resurslarini qachon va qancha muddatga olishini belgilaydi;
Uzilishlarni qayta ishlashni hal qiladi;
Qachon jarayon to‘xtatilishini va qayta tiklanib prtosessordan foydalanishini tashkil qiladi.
|
| |