48
Shaxsiy muhofaza aslahalarining tuzilishi va ishlatish
xususiyatlarini hisobga olib
quyidagilaiga izolatsiyalovchi kostyumlar, nafas olish organlarini muhofazalash vositasi, maxsus
kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, qo'shimcha muhofaza vositalariga bo'lish mumkin.
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, muhofazalovchi kostyumlar ishchini radioaktiv
nurlanishlardan ishonchli himoya qilishi kerak. Bunday kostyumlar avariya holatlarida va remont
ishlarini bajarishda foydalaniladi. Ularga qo'yiladigan asosiy talab
ishlash davrida ishchiga
qo'shimcha og'irlik tushmasligini ta'minlashdir.
Uning tuzilishi tashqi muhit bilan izolatsiya qilingan holda, kostyum ichida ish sharoitini
yaxshilovchi mikroiqlim ta'minlanishi kerak. Mavjud zamonaviy izolatsiya kostyumlari
ishchilarni yaxshi muhofaza qiladi.
Nafas olish organlarini muhofaza qilishda respiratorlardan va shlangali protivogazlardan
foydalaniladi.
Maxsus kiyim-bosh va maxsus oyoq kiyimi. Radioaktiv moddalar bilan ishlayotgan
ishchilar xalatlardan, qalpoqlardan, rezina qo'lqoplardan, aktivligi 10 m dan ortiq bo'lgan ba'zi
bir izotoplar bilan
ishlaganda - kombinizonlar, maxsus ichki kiyimlar, xlorvinil fartuklari va
yenglari, plyonka xalatlar, botinkalardan foydalaniladilar.
Binolarni tozalayotgan ishchilarga qo'shimcha rezina qo'lqoplar,
fartuklar, yenglar,
kalishlar va rezina etiklar beriladi.
Qo'shimcha muhofaza vositalari. Qo'lni muhofaza qilish uchun neyron lentasidan
tayyorlangan va oson dezaktivatsiya qilinadigan uzun (600 mm) va qisqa (290 mm) qo'lqoplar
beriladi. Matodan va charmdan tayyorlangan qo'lqoplardan foydalaniladi, chunki ular
suyuqliklarni shimishi va chang yutishi mumkin. Katta tig'izlikka ega bo'lgan nurlanishlarda
qorg'oshinlashtirilgan rezinadan qilingan va egiluvchan yenglarga ega bo'lgan qo'lqoplardan
foydalaniladi.
Ko'zni va nurlaridan saqlash uchun oddiy shisha ko’zoynaklar kifoya qiladi. Ba'zi bir
kuchliroq - nurlariga qarshi silikat va pleksiglaz ishlatiladi.
Nurlariga qarshi ko'zoynaklarda qo'rg'oshinli oyna yoki volfram fosfati qo'shilgah oyna
qo’yiladi.
Agar havo muhitida radioaktiv changlar mavjud bo'lsa, unda ko'zoynaklar
rezina
maskalar bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
α
va
β
nurlari bilan ishlayotganlar yuz va ko'zlarini
organik shishadan yasalgan shit bilan berkitishlari kerak.