42
Masalan, mashinasozlik sanoatida radioaktiv moddalardan quyma detallardagi
kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallarning
sifatini aniqlashda keng
qo'llaniladi. Kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini
nazorat qilish va avtomatlashtirishda ham radioaktiv nurlar yaxshi natija beradi.
Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta'sir ko'rsatib , og'ir
kasalliklarning kelib
chiqishiga sababchi bo'lishi mumkin. Uning ta'sirida inson og'ir kasallik hisoblanadigan nur, oq
qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor bo'lishi mumkin. Shuningdek,
ionlashgan nurlar ta'sirida genetik ta'sirlanish, ya'ni keyingi avlodlarga ham ta'sir ko'rsatuvchi
nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Radioaktiv nurlarning eng xavfli joyi shundaki, inson organizmida bu kasallik yaqqol
namoyon bo'lguncha hech qanday belgiga ega bo'lmaydi. Aniqlangandan
keyingi holat esa
nihoyatda og'ir bo'lishi va ko'pincha o'lim bilan tugashi mumkin.
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda ishni to'g'ri tashkil qilish va muhofaza chora-
tadbirlarini qo'llash xavfsizlikni ta'minlaydi.
Radioaktiv nurlanishlar va ularning xossalari
Radioaktivlik - atom yadrolarining ion nurlanishlari chiqarishi natijasida boshqa bir atom
yadrolarining hosil qilishidir.
Radioaktiv nurlanishlar ionlovchi
nurlanishlar deb ataladi, chunki bu nurlar ta'sir etgan
moddalar atom va molekulalarida ionlar hosil bo'ladi. Bunday ionlovchi nurlanishlarga rentgen
nurlari, radio va gamma nurlari, alfa va beta nurlari, shuningdek, neyfron oqimlari kiradi. Alfa
nurlari katta ionlashtirish kususiyatiga ega bo'lgan, harakat doirasi katta bo'lmagan geliy atom
yadrosining musbat zaryadlangan zarrachalari hisoblanadi. Harakat doirasi katta bo'lmaganligi
sababli inson teri qavatigagina ta'sir qilib,
terini yorib kira olmaydi, shuning uchun ham uncha
zararli emas.
Beta nurlari radioaktiv moddalarning atom yadrolari tarqatadigan elektron yoki pozitron
oqimidir. Bu nurlarning harakat doirasi ancha keng va yorib kirish qobiliyatiga ega. Shu sababli
ham inson uchun xavflidir.
Gamma nurlari ionlash qobiliyati katta bo'lmasa-da, katta yorib kirish kuchiga ega bo'lib,
yadro reaksiyalari va radioaktiv parchalanish natijasida vujudga keladigan yuqori chastotadagi
elektromagnit nurlari hisoblanadi.
Rentgen nurlari moddalarnk elektron oqimlari bilan
bombardimon qilganda ajralib
chiqadigan elektromagnit nurlaridir.
Ularni har qanday elektrovakuum qurilmalarida hosil qilish mumkin. Bu nurlarning
ionlanish xususiyatlari oz bo'lsa-da, yorib kirish xususiyati nihoyatda katta. Radioaktiv
nurlanishlarning ma'lum muhitdagi ta'sirini aniq belgilash maqsadida «nurlanishlarning yutilgan
dozasi»-D
yu
tushunchasi kiritiladi.
bunda,
W
—nurlantirilgan modda tomonidan yutilgan
m
ion nurlarining eneigiyasi, J;
m
-
nurlantirilgan moddaning og'irligi, kg.
Yutilgan doza birligi sifatida rad qabul qilingan. 1 rad-1 kg og'irlikdagi moddaning 0,01 J
energiya yutishiga to'gri keladi.
Rentgen va gamma nurlanishlarining miqdoriy tavsifi ekspozitsion doza hisoblanadi.
bunda, Q - bir xil elektr zaryadlariga ega. bo'Igan, ionlarning yig'indisi, Kl; m - hayoning
og'iriigi, kg.
Rentgen va gamma nurlanishlarining ekspozitsion dozasi birligi sifatida kulon/kilogramm
(Kl/kg) qabul qilingan.
Rentgen va gamma nurlanishlarining ekspozitsion dozasi
kulonkilogramm shunday
birlikki, u nurlanish bilan tutashgan 1 kg quruq atmosfera havosida 1 Kl miqdordagi elektr
zaryadlarining musbat va manfiy belgilari bo'lgan ionlarni vujudga keltiradi. Rentgen va gamma
43
nurlanishlarining tizimdan tashqaridagi birligi rentgen hisoblanadi. Har xil radioaktiv nurlarning
tirik organizmga ta'siri ularning ionlovchi va kirib boruvchi xususiyatlariga bog'liq. Har xil
nurlar bir xil dozada, yutilganda biologik ta'siri bir-biridan farq qiladi Shuning uchun radiatsiya
xavfini aniqlash maqsadida doza ekvivalenti birligi ber kiritilgan (radaning biologik ekvivalenti).
1 ber—har qanday ion nurlanishlarining biologik hujayralarda
rentgen va gamma
nurlanishlarining 1 rad ga teng keladigan biologic ta'siridir.
bunda, K — sifat koeffitsiyenti. Bu keffitsiyent ishlatilayotgan nurlanuvchi modda
biologik ta'sirining birligi sifatida qabul qilingan rentgen nurlanishlari tafsirini nisbati
hisoblanadi.