34
2-MAVZU: IONLASHUVCHI NURLANISHLAR VA ELEKTROMAGNIT
MAYDONLARITA’SIRIDAN MUHOFAZALANISH
13
Reja
׃
1. Elektromagnit maydonining tavsifi.
2. O'zgaruvchi elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta'siri.
3. Elektromagnit maydonining normalari. Muhofaza usullari.
4. Lazer nurlaridan saqlanish.
5. Radioaktiv nurlanishlardan saqlanish.
6. Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta'siri
7. Nurlanish normalari.
Tayanch iboralar
-
elektromagnit maydon, elektromagnit nurlanish, o‘zgaruvchan
elektromagnit maydon, lazer nurlari, radioaktiv nurlanish, energiya oqimi mustahkamliligi,
elektrik (E) va elektromagnit (H) maydonlari, radioaktiv moddalar.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida yuqori chastotalarga ega bo'lgan magnit
maydonlaridan
har xil texnika ishlarida, masalan, metallarni qizdirib toblash, eritish, yog'och
mahsulotlarini yelimlash va boshqa ishlarda keng foydalanilmoqda.
Bunday vositalar bilan
texnik operatsiyalarni bajarishning qulayligi ortiqcha issiqlikning ajralmasligi va ortiqcha
uskunalarga bo'lgan ehtiyojning kamayishi bu usulning keng ko'lamda qo'llanish imkoniyatlarini
yaratmoqda.
Bundan tashqari, bu usul ish sharoitini yaxshilash va ish joylarida havoning
tozaligini ta'minlanganligi sababli sanitariya-gigienaitomonidan birmuncha qulayliklar tug'diradi.
Hozirgi vaqtda radio va elektron qurilmalarining keng ko'lamda qo'llanilishi,
radiotelemetriya, radionavigatsiya va boshqa elektromagnit
tebranishlarga asoslangan
apparaturalarning keng ko'lamda qo'llanilishi, radio apparaturalar bilan ko'pchilik ishchilarning
muloqotda bo'lishiga olib kelmoqda.
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda elektromagnit tebranish to'lqinlaridan muhofazalanish
chora-tadbiriarini amalga oshirish taqozo qilinmoqda. Keyingi vaqtlarda elektromagnit to'lqinlari
inson organiz miga xatarli ta'sir ko'rsatishianiqlandi. Bu ta'sirning xatarli tomoni shundaki, insont
bu nurlar ta'siriga tushganligini sezmaydi.