142
Ko‘pik tayyorlaydigan ko‘chma uskunalar.Bugungi kunda o‘t o‘chirish amaliyotida keng
qo‘llaniladigan PS-1, PS-2, PS-3, PS-4 va PS-5 rusumli ko‘chma ko‘pik tayyorlash moslamalar
mavjud. Ularning tuzilishi va ish uslubi bir xil, ammo bir-biridan ko‘pik ishlab chiqarish quvvati
bilan farq qiladi.
O‘t o‘chirish texnik vositalari va ularning vazifalari
Zamonaviy o‘t o‘chirish mexanizmlarining aksariyati motorlashgan bo‘lib,
tez yordam
ko‘rsata oladigan, harakatchan texnik vositalar darajasida mukammallashgandir. Bular jumlasiga
avtomobillar, vertalyotlar va motorli pompalar kiradi.
Respublikamiz hududida eng ko‘p qo‘llaniladigan texnik vositalardan biri o‘t o‘chiruvchi
avtomobillar hisoblanadi (5.15-5.16-5.17-rasmlar). Bu texnik vositalar, o‘zlarining vazifalari,
jihozlanish uskunalari va ish uslublariga qarab, uch toifaga, ya’ni asosiy, maxsus va yordamchi
toifalarga bo‘linadi.
5.15-rasm.
Avtokran
5.16-rasm. Avtosisterna
143
5.17-rasm. Avtonarvon AL-50
Asosiy o‘t o‘chirish mashinlari o‘z navbatida umumiy va maqsadli qo‘llanishga
mo‘jallangan turlarga bo‘linadi:
-umumiy qo‘llaniladigan-vositalarga
avtokran, avtosisterna, avtonasos va motopompalar
kiradi;
-maqsadli vositalarga-avtonarvon, havoli ko‘pik, inert gaz, suv va kukunli o‘t o‘chirgich
moddalar bilan jihozlangan avtomobillar va boshqalar misol bo‘la oladi.
Yordamchi texnik vositalar turkumiga yoqilo‘i bilan ta’minlovchi va texnik uskunalarni
to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladigan ta’mirlash
ustaxonalari joylashtirilgan
avtomobillarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.