Shumerlar adabiyoti
Taxminan 5–6 ming yil muqaddam shumerliklar dunyo miqyo- sidagi toshqin to‘g‘risida yozishgan. Mixxatlar bular haqida, yana ilk kemani kim qurganligi haqida, toshqin haqida batafsil ma’lumot beradi. Shumerlar eposlar, dostonlar, qo‘shiqlar bitishgan. Ulardan namunalar saqlanib qolgan. Masalan, “Bilgamish” dostoni. Bu asar- larda olam va odamni Tangri yaratganligi haqida kuylanadi. Qizig‘i shundaki, “Injil”dagi hikoyalar “Bilgamish”dagi hikoyalar bilan ju- dayam o‘xshash. Olimlarning fikricha, “Injil”dagi ayrim hikoyalar shumer hikoyalari ta’sirida bitilgan. Bu ish mixxatlarni ko‘chirib oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilinadi. “Injil”da nomlari zikr etilgan Nuh, Muso, Yoqub haqidagi rivoyatlarning ilk namunalari aynan shumerlar adabiyotidan, o‘sha mixxatlarga bitilgan rivoyatlardan topilgani bugungi o‘quvchini lol qoldiradi. Yana aytish joizki, asarga qiyosiy tipologik mezonlar bi- lan yondashilganda, dunyo xalqlarining ko‘pgina eposlarining ildi- zlarini ham aynan “Bilgamish” dostonidan topish mumkin bo‘ladi. Chunonchi, Homerning “Iliada”, “Odissey”, hindlarning “Maxobx- orat”, “Ramayana”, o‘zbek xalqining “Alpomish” va boshqa shun- ing kabi ko‘plab dostonlar ildizlari aynan “Bilgamish”ning tupro- qlaridan suv ichadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
“Bilgamish” dostoni
Shumerlar sivilizatsiyasi topilganda, ular yashagan joylarda arx- eologik qazishmalar olib borishar ekan, olimlar bu qadar katta xa- zinaga duch kelishini hatto tasavvur ham qilmagan edilar. Turli-tu- man ro‘zg‘or buyumlari, ish va harbiy qurollar, g‘ishtlar kabilardan tashqari, ko‘pdan ko‘p osori atiqalar, o‘sha davr kishilarining na- faqat turmush tarzidan, balki ulkan ma’naviy hayotidan ham xabar berib turar edi. Topilgan yozma yodgorliklarning aksariyati hozirda dunyoning ko‘plab muzeylariga tarqab ketgan. Ularning umumiy
soni taxminan 1 mln.dan ortiq deyiladi manbalarda. Yozma yodgor- liklar (asosan, mixxatlar) ning taxminan 90–95 foizi xo‘jalik yuritish bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan qismi shumer adabiyotiga tegishlidir. S.Kramerning fikricha, badiiy asar bitilgan taxtachalar 5000 tadan ziyoddir. Shumerlar adabiyoti haqida o‘zbek olimi Zoyir Ziyotov shunday yozadi: “Shumer adabiyoti o‘zlari zamonida yozilgan “sof shumer” asarlariga va shumerlarning merosi sifatida, albatta, ularni ulug‘lab yozilgan keyingi toifa asarlarga bo‘linadi”. Xo‘sh, Ninevi- yada ilk topilgan “Bilgamish” dostoni qaysi toifa asarlarga kiradi? Z.Ziyotov keyingi toifaga deydi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, doston shumerlar madaniyati negizida paydo bo‘lganiga ko‘ra, uni shum- er adabiyoti sirasida ko‘rish va qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki doston yoshini m.o. 2600–2700-yil deb belgilanishiga qara- may, uning dastlabki sof shumerlar variantini olimlar 3700-yil deb bilishadi. Bundan tashari, dostonning dastlabki og‘zaki variantin- ing yoshi 4500-yildan 6000-yilga qadar tarix bag‘riga qirib keti- shi haqida qarashlar mavjud. Zero, Bilgamish tarixiy shaxs bo‘lib, 4500–6000-yillar muqaddam Mesopotamiyadagi Uruk (Erex) shahrining birinchi sulolasi tarkibidagi hukmdorlardan biri o‘laroq yashab o‘tgan. Bilgamish Shumerda shu darajada mashhur shaxs bo‘lganki, tiriklik chog‘laridayoq u haqda afsonalar to‘qilgan. Dos- tonning bir qancha syujet chizig‘i mavjud. Biz hozir shulardan bit- tasiga – 11 chi bitikka qisqacha to‘xtalamiz. Shuning o‘ziyoq bu Sharq dostonining nechog‘li ahamiyatli ekanini, tarixiy, adabiy va estetik qiymatini, o‘rnini yaqqol ko‘rsatishga kifoya qiladi. “Bil- gamish” dostonining Shumer va Bobil variantlari bor bo‘lib, ular bir-birlaridan syujet chiziqlari borasida farq qiladi.
|