• Adabiyotlar
  • O‘RTA ASRLAR G‘ARB ADABIYOTI
  • Fransua Viyon ijodi.
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet41/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Mavzu bo‘yicha nazorat savollari


    1. Qadimgi Rim davri adabiyotining asosiy taraqqiyot bosq- ichlari.

    2. Liviy Andronikning Rim adabiyoti rivojidagi o‘rni.

    3. Sitseronning notiqlik faoliyati.

    4. Oktavian Avgust davri adabiyotining o‘ziga xosliklari.

    5. Stoiklar falsafasi va Seneka ijodi.

    6. Rim adabiyotining jahon adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni.



    Adabiyotlar


    1. A History of Ancient Rome. Mary Beard.2015. Liveright. P.608

    2. Алимуҳамедов А. Антик адабиёти тарихи. – Т.: Ўқитувчи, 1980.

    3. Тронский И.М. История античной литературы. – M.:Высшая школа, 1988

    4. Qosimov A. Xo‘jayev S. Jahon adabiyoti: Antik davrdan XVII asrgacha. – Farg‘ona, 2016.

    5. Болтабоев Х., Махмудов M. Адабий-эстетик тафаккур тарихи. 1-жилд: Қадимги давр. – Т.: Мумтоз сўз, 2012.

    6. Антик адабиётдан хрестоматия. Рим адабиёти / Ойбек MAT, XV том. – T.: Фан, 1980.

    7. Сенека. “Нома I”, “НомаII”, “Нома VII”, // Jahon adabiyo- ti, 2005. №11.

    8. Сенека. “Нома XXXXI” // “Jahon adabiyoti”, 2006. №7.

    9. Кай Валерий Катулл. “Лесбияга”, “Чумчуқнинг ўлимига”

    // Jahon adabiyoti, 2013. №1.


    O‘RTA ASRLAR G‘ARB ADABIYOTI




    REJA
    1. O‘rta asrlar adabiyotining asosiy hususiyatlari.


    2. G‘arbiy Ovrupa qahramonlik eposi.
    3. XII-XIII asrlarda ritsarlik-kurtuaz adabiyoti.


    4. Shahar adabiyoti.
    5. Fransua Viyon ijodi.




    Tayanch so‘z va iboralar: Lotin tili, qahramonlik eposi,kelt eposi, saga, Beovulf dostoni, Sid haqida qo‘shiq, Roland haqida qo‘shiq, diniy mavzudagi dramalar, ritsar-kurtuaz adabiyoti, rit- sarlik romanlari, shahar adabiyoti, fablio, “Tulki haqida roman”, Fransua Viyon.

    Ovrupa o‘rta asrlar davri deyarli ming yillikni qamrab olgan bo‘lib, V – XIV asrlarni o‘z ichiga oladi. Rim imperiyasining qulashidan Uyg‘onish davrigacha davom etadigan o‘rta asrlar ad- abiyoti ilk (V – X asrlar) va so‘nggi (XI – XIV asrlar) bosqichlarga ajratiladi.


    Rim imperiyasi parchalanib ketgandan keyin, Ovrupa , Osiyo va Shimoliy Afrikaning unga qarashli bo‘lgan hududlarida xalqlarning buyuk ko‘chishi boshlandi. Bu jarayon urushlar, kurash, yangi dav- latlarning shakllanishi bilan birga sodir bo‘ldi.
    Rimliklardan qabul qilingan lotin tili Ovrupa ning turli mint- aqalarida yashovchi turli millat vakillarini birlashtiruvchi omil bo‘ldi. Ushbu tilda o‘rta asr olimlari va faylasuflari o‘z asarlarini yozdilar. Lotin tili ilm-fanning rasmiy tiliga aylandi. Ma’naviyat va ma’rifatning markazi cherkov hamda XII-XIII asrlarda paydo bo‘lgan universitetlar bo‘lib qoldi. Ularda bo‘lajak olimlar, mutafak- kirlar, kashfiyotchilar, ilmiy risola va tarixiy xronikalar mualliflari tahsil oldilar.
    Ovrupa o‘rta asrlar adabiyotining shakllanishida 3 ta omil muhim rol o‘ynagan: 1) xalq ijodi; 2) antik davr adabiyoti; 3) xristianlik.
    O‘rta asrlarda Ovrupa mamlakatlarida milliy adabiyotlar shak- llandi, bu davrda ayniqsa, ritsarlik she’riyati va romanlari, shahar adabiyoti rivojlandi. Xalq-qahramonlik eposlari o‘rta asrlar adabiyo- tining noyob namunalari sanaladi. “Beovulf” dostoni ilk o‘rta asrlar- da anglosaksonlar tomonidan yaratilgan bo‘lsa, feodal munosabat- lari shakllangan davrda Fransiyada “Roland haqida qo‘shiq”, Ger- maniyada “Nibeluenglar haqida qo‘shiq”, Ispaniyada “Sid haqida qo‘shiq”lar yaratildi. Bu asarlarda davr muhiti o‘z ifodasini topgan bo‘lib, sodir bo‘lib o‘tgan voqealar poetik shaklda, badiiylashtirilib berilgan. Odatda, qahramonlik eposi namunalarida real voqealar ba- diiy to‘qima bilan uyg‘unlashib ketadi.
    Ovrupa va jahon adabiyotini rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shgan adabiyotlardan biri sanaluvchi fransuz adabiyoti negizida o‘rta asr- larda keng tarqalgan ko‘plab asosiy janrlar va yo‘nalishlar shakllandi (milliy qahramonlik eposi, trubadurlar she’riyati, ritsarlik romanlari, shahar adabiyoti janrlaridan – fablio, misteriya va b.).
    O‘rta asrlarda qahramonlik va qahramon shaxsi haqidagi tasav- vurlar antik davrga nisbatan birmuncha o‘zgardi. Agar qadimgi yu- nonlar qahramonlik haqidagi tasavvurlarini ma’budlar va ularning farzandlari bilan bog‘lagan bo‘lsalar, o‘rta asr qahramonlik dos- tonlarida asar qahramoni qilib, o‘z Vatani va qiroliga sodiq bo‘lgan jasur kishi tanlanadi. Qadimgi yunon qahramoni Gerakl – Zevs- ning o‘g‘li, Axill – ma’buda Fetidaning farzandi. “Roland haqida qo‘shiq” dostonining qahramoni – “aziz Fransiya” va imperator Karl uchun jasorat ko‘rsatgan mard va fidokor ritsar. Qahramonlik haqidagi tushuncha ham o‘zgardi: endi bu shaxsning yuksak, oliy maqsad yo‘lidagi xatti-harakatlarini badiiy ifoda qilish edi.
    O‘rta asrlar qahramonlik eposi asarlarining mualliflari haqi- dagi masala xali-hanuz bahsli-munozarali bo‘lib qolmoqda. Ular jamoaviy-individual ijodning natijasi bo‘lib, mualliflarning nomlari bizgacha yetib kelmagan. O‘rta asr qahramonlik dostonlarining aso-
    sida afsonaviy-tarixiy qahramonlar va ularning faoliyati haqidagi xalq afsonalari yotadi.



    Download 0,5 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.