|
RIM ADABIYOTI
REJA:
Rim adabiyotining taraqqiyot bosqichlari
|
bet | 32/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul
REJA:
Rim adabiyotining taraqqiyot bosqichlari.
Birinchi Rim shoirlari.
Plavt ijodi.
Ichki urushlar davri adabiyoti.
Sitseron.
Rim adabiyotining “oltin davri”. Goratsiy ijodi.
Vergiliy – Rimning ulug‘ shoiri.
Goratsiy ijodi.
Ovidiy ijodi.
Imperia davri. Rim adabiyoti.
Tayanch so‘z va iboralar: lotin tili, Liviy Andronik, Plavt, Sitseron,notiqlik, Avgust davri, Goratsiy, “Qasidalar”, Vergiliy, “Eneida” dostoni, Ovidiy, “Metamorfozalar” dostoni
Rim adabiyotining taraqqiyot bosqichlari
Miloddan oldingi IV asrning oxiri – III asrning boshlarida Rim davlati Italiya yerlarining asosiy qismini egallab, qulchilik asosi- ga qurilgan demokratik polis tuzumini joriy etdi va bir necha asr davomida jahongirlik siyosatini olib bordi. Birin-ketin Sitsiliya, Karfagen, Makedoniya (m.o. 148 y.), Yunoniston (m.o. 146 y.), Is- paniyaning bir qismini o‘zlariga tobe qildilar va Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘oqlarida mustahkam o‘rnashib oldilar. Shunday qilib, II asr o‘rtalarida Rim dunyoning eng qudratli davlatiga aylandi.
Yunon xalqi inqirozga yuz tutgan bir davrda, O‘rta yer dengizining g‘arbiy qirg‘og‘ida antik dunyo adabiyotining ikkinchi tarmog‘i – Rim adabiyoti paydo bo‘la boshladi. Mazkur adabiyot lotin tilida yaratildi. Rim adabiyoti yunon adabiyoti erishgan barcha yutuqlar-
dan, va shu bilan birga, ellinizm davri adabiyotining bu xazinaga qo‘shgan qator yangiliklardan to‘la-to‘kis foydalanib, ham shaklan, ham mazmunan yana bir daraja yuqori bosqichga ko‘tariladi va, key- inchalik, yangi dunyo Ovrupa adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan qudratli bir adabiyotga aylandi. Uyg‘onish davrining ijodkorlari, XVII asr yozuvchilari o‘z faoliyatlarida asosan Rim ad- abiyoti namunalariga taqlid etadilar. G‘arbiy Ovrupada XVIII asrga qadar antiklik Rim davri bilan bog‘liq holda talqin etildi.
Yunonlarning odat-taomillari, asbob-anjomlari, kiyim-kechaklari rimliklarning turmushiga juda tez kira boshladi. Rimning madaniy hayotida yunonlarning xizmati singmagan deyarli hech qanday soha bo‘lmagan deyish mumkin. Hattoki birinchi Rim shoiri Liviy An- dronik (m.av.284–204 y) ham yunonistonlik bo‘lgan. Yunon makta- blarida izohli o‘qishda asosan Homer dostonlaridan foydalanilgan. Shu bois Liviy Andronik “Odisseya” dostonini lotin tiliga tarjima qilgan. Mazkur tarjima Rim adabiyotining birinchi yozma yodgorli- gi bo‘lishi bilan birga, qariyb ikki asr davomida maktablarda asosiy o‘quv kitobi bo‘lib xizmat qilgan.
XVII asr klassitsizm tragediyalariga xos bo‘lgan “libos” Esxil, Sofoklga qaraganda ko‘proq Rim dramaturgi Seneka ijodi ta’sirida shakllangan bo‘lgan bo‘lsa, mazkur davr Ovrupa eposi Homer dos- tonlari ta’sirida emas, Vergiliyning “Eneida”si asosida yaratildi.
Rim she’riyatining oltin asri m.o. I asrning o‘rtalaridan melodiy I asrning boshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr- da Rim tarixining muhim voqealari sodir bo‘ldi. Fuqarolar urushi davomida m.o. 31-yili Aksium yaqinidagi jangda siyosiy arbob va sarkarda Mark Antoniyning qo‘shini, keyinchalik Avgust faxriy un- vonini olgan Oktavian askarlari tomonidan tor-mor etildi. Oktavian Avgust Rim imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi.
Rim adabiyotining bu davrida publitsistika gullab-yashnadi, buyuk Rim shoirlari – Goratsiy, Vergiliy, Ovidiylarining she’riy asarlari yozildi. Goratsiy lirikasi, Vergiliy va Ovidiyning epik dos- tonlari Rim she’riyatining oltin merosi bo‘lib qoldi.
Rim adabiyotini lotin tili taraqqiyoti davrlariga mos ravishda
quyidagi asosiy davrlarga ajratish mumkin:
Qadimgi davr – Rimda yunonlar namunasi asosidagi adabi- yot paydo bo‘lguniga qadar (m.av.240 yilga qadar)
Arxaik davr – Sitseron adabiy faoliyatiga qadar (m.av.240– 81-yillar)
Rim adabiyotining oltin davri:
Sitseron davri – Rim nasrining gullab yashnashi (m.av. 81– 43-y)
Avgust davri – Rim she’riyatining gullab yashnashi (m.av. 43–14-y)
Rim adabiyotining kumush davri – imperator Trayan vafoti- ga qadar (14–117-y.)
Imperatorlikning so‘nggi davri (117–476-y.)
Rim adabiyotining ilk vakili sifatida IV asr oxiri va III asr bosh- laridagi taniqli davlat arbobi Appiy Kladviy nomi tilga olinadi. U rimda birinchi bo‘lib adabiyotning mafkura vositasi sifatidagi roliga yuksak baho bergan va yozuvchi sifatida ham tanilgan. Uning Rim tarixida mashxur bo‘lgan tinchlik sulhi tuzishga qarshi qirol Pirrga qarata so‘zlagan nutqi (279 yil) siyosiy risola sifatida nashr etilgan. Bundan tashqari, Appiy Kladviy ibratli fikr, aforizmlardan iborat to‘plam chop ettirgan bo‘lib, ulardan bizgacha uchta aforizm yetib kelgan. Ulardan biri hozirda Ovrupa xalqlari maqoliga aylangan “Har kim o‘z baxtining me’mori” iborasidir.
|
| |