Tayyor margarinning sifati ГОСТ 240–91 “Margarin. Texnik sharoitlar” ga
muvofiq bo‘lishi kerak. Fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlarga ko‘ra margarin tarkibida
kamida 82% moy bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda yog‘-moy sanoati tarkibida moy
miqdori kam bo‘lgan margarin (50...70%) ishlab chiqarmoqda. Margarinlardagi
namlik va uchuvchi moddalar miqdori turli xil margarinlarda 16...17% ni tashkil qiladi,
margarindan ajratib olingan moyning erish harorati uning nima maqsadda ishlatilishiga
ko‘ra 27 dan 36 °C gachani tashkil qiladi.
Margarindan tashqari sanoat qandolatchilik va oshpazlik moylari, oziq-ovqat
konsentratlari uchun moylar, non-bulka mahsulotlari, hamda mayonezlar ishlab
chiqaradi. Oshpazlik va qandolatchilik moylari, oziq-ovqat konsentratlari va non-bulka
mahsulotlari uchun mo‘ljallangan moylarning tarkibida margarindan farqli o‘laroq suv
deyarli bo‘lmaydi.
Mayonez dezodratsiya qilingan o‘simlik yog‘ining yuqori dispersli emulsiyasi
bo‘lib, tashqi ko‘rinishi va konsistensiyasiga ko‘ra smetanani esga soladi. Oshpazlik
va qandolatchilik moylarining fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlari texnik sharoit
talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.