O‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari Ona tili fani




Download 28,66 Kb.
Sana31.12.2019
Hajmi28,66 Kb.
#7180

O‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari

Ona tili fani

O‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja

nomlanishi

O‘rta ta’lim

Ona tili fani chuqurlashtirilmagan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

В1

Ona tili fanini o‘rganishning darajasi

Ona tili fani chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

В1+

Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan darajasi


Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’limda Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.

O‘rta ta’limda Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:

o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;

o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;

ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Ona tili fani bo‘yicha o‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari

1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

В1

Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglaydi, barqaror atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi.

So‘zlash: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, leksik, grammatik va uslubiy me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi.

O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali va ta’sirchan o‘qiy oladi, gapning ifoda maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qiydi.

Yozish: Ijodiy matnlar yarata oladi. Imlo, tinish belgilari va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Fikr ifodasida mantiqan izchillikka rioya qiladi, unda kirish va kiritmalar, ko‘chirma gaplar, tilning ifoda vositalaridan foydalanadi. Rasmiy va shaxsiy xatlarni farqlaydi, izohlay oladi.

30 — 35 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi.



В1+

Tinglab tushunish: ilmiy manbalardagi o‘rtacha murakkablikdagi ma’lumotlarni tinglab tushunadi. Nutq uslubiyotiga xos xususiyatlarni tinglab tushunadi.

So‘zlash: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, leksik, grammatik va uslubiy me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi.

O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali hamda ta’sirchan o‘qiy oladi, ulardagi uslubiy vositalarning ahamiyatini his qiladi

Yozish: Ixtisoslikka oid matn tuza oladi, bunda til birliklaridan o‘rinli foydalanadi.

35 — 40 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi.

2. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid):

В1

Leksika: so‘zlarning ko‘chma ma’nosi, uslubiy xususiyatlari va atamalarni farqlay oladi, ulardan nutqda to‘g‘ri foydalana oladi. O‘zbek tili leksikasining rivojlanishi, boyishi manbalarini izohlay oladi.

Uslubiyat: so‘z turkumlari, ularning otlashishi hamda uslubiy xususiyatlarini tushuna oladi va izohlay oladi. So‘z birikmasi gap va uning grammatik belgilari, dialogik nutq belgilari, gap bo‘lagining tiplari, sodda va qo‘shma gaplar ma’nodoshligini, sintaktik qurilmalarni, ko‘chirma gap, matnning o‘ziga xos xususiyatlarini farqlay oladi va muloqotda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli foydalana oladi.

В1+

Leksika: leksik vositalarni nutqiy uslublarda o‘rinli qo‘llay oladi.



Uslubiyat: so‘z turkumlari, gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlarini tushunib, izohlay oladi. Nutqda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli foydalana oladi.

ONA TILI FANIDAN

O‘QUV DASTURI

(10-11-sinf)
Uqtirish xati

Ona tili ta’limining asosiy maqsadi – o‘quvchilarning o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri hamda ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.

Ona tili fanini o‘qitishning vazifasi esa o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; ona tilining imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrni to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;

yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til meyorlariga rioya etish, uslubiy rang-baranglikdan foydalana olish hamda fanning mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Ona tili fanining 10-11-sinf o‘quv dasturi davlat ta’lim standartining B1 darajasi talabi asosida tuzilgan. Davlat ta’lim standartining B1 darajasi 10-11-sinf ta’limi bosqichi uchun meyor hisoblanadi. Mazkur ta’lim bosqichi bitiruvchilari davlat ta’lim standartining ushbu darajasi uchun qo‘yilgan talablarga javob berishlari shart. Shundan kelib chiqib, har bir ta’lim bosqichi uchun ta’lim mazmuni uzviylik va uzluksizlik asosida taqsimlangan.

10-11-sinfda ona tili ta’limi o‘rta ta’lim bosqichida olingan bilimlarni chuqurlashtiradi va rivojlantiradi. Bu esa o‘rta ta’lim bosqichi ona tili ta’limida o‘rganilgan o‘quv materialining maxsus takrorlanishini inkor etmaydi.

Dasturda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan leksik-grammatik bilimlar majmui o‘zaro bog‘liq va uzviy tarzda talqin etilgan bo‘lib, o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashi ko‘lamiga, ijtimoiy hayot va davlat siyosatidan kelib chiqadigan ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarga asoslangan.

Ona tili o‘quv rejasida 10-11-sinflar uchun jami 68 soat hajmida belgilangan. Shundan 10-sinf 34 soat, 11-sinf uchun 34 soatga mo‘ljallangan.

o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, Ona tili fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

B1 — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

В1+

mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalarni (audio-video yozuv) va boshq.)dan o‘quv maqsadlari doirasida izlab topa olish, saralash, qayta ishlash va foydalana olish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llash; media-madaniyatga rioya qilish;


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

B1— doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

В1+

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish;

o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

B1— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

В1+

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish;

tadbirlarda (turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etish, atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘lish;

mavzu doirasida berilgan badiiy asar namunalarida aks etgan ma’naviy fazilatlar, shuningdek, yuksak badiiyat namunalarini anglash, his etish va boshqalarga yetkazishga intilish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya

B1

— vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.



В1+

mavzu doirasida berilgan badiiy asar namunalarida aks etgan ma’naviy fazilatlar, shuningdek, yuksak badiiyat namunalarini anglash, his etish va boshqalarga yetkazishga intilish.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

B1— aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish

В1+

inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda ulardan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.

Meyoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

I. TK-tayanch kompetensiya

TK1-kommunikativ kompetensiya

TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

TK5-milliy va umummadaniy kompetensiya

TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK-fanga oid kompetensiyalar

FK1- nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)

FK2- lingvistik kompetensiya (uslubiyatga oid):

11-SINF

ONA TILI (34 soat, B1+:34 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlash.



В1+

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.



B1+

doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.



B1+

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish.



B1+

vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.



Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.



B1+

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar fan orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.

1-mavzu. O‘zbek tili va uning taraqqiyoti (1 soat, B1+:1soat)

O‘zbek tilining bugungi taraqqiyoti. Tilning ilm-fan, texnika va boshqa sohalardagi o‘rni.

2-mavzu. Nutq madaniyati (1 soat, B1+:1soat)

Nutq odobi. Ulug‘ allomalarimizning nutq odobi haqidagi fikrlari. Nutqiy muloqot va nutq madaniyati. Nutqiy madaniyat – jamiyat madaniyatining ko‘zgusi

3-mavzu. Madaniy nutq va uni shakllantiradigan asosiy sifatlar (1 soat, B1+:1soat)

Madaniy nutq haqida tushuncha. Uni yuzaga keltiradigan asosiy sifatlar: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo‘yalilik va boshqalar.

4- 5-mavzular. Nutqning to‘g‘riligi (2 soat, B1+:2soat)

Nutqning to‘g‘riligi – uning adabiy til meyorlariga to‘liq muvofiqligi. Adabiy meyorlarning shakllanishida nutqiy amaliyotning o‘rni. Leksik meyorlar. To‘g‘ri talaffuz meyorlari. So‘z yasalish meyorlari. Grammatik meyorlar. Uslubiy meyorlar. Yozma nutqning to‘g‘riligida imlo va tinish belgilari meyorlari. Nutqning to‘g‘riligiga putur yetkazuvchi holatlar.

Mustahkamlash darsi (1 soat, B1+:1soat)

6-7-mavzular. Nutqning aniqligi (2 soat, B1+:2soat)

Nutq aniqligining til birliklari ifodalagan mazmunning voqelikdagi tushunchalarga to‘liq mos kelishi asosida ta’minlanishi. . Nutqning aniqligi va ko‘p ma’noli, ma’nodosh, shakldosh va paronim so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish. Nutqning aniqligi va badiiy nutq. Ifoda aniqligi va tasvir tiniqligi. Nutqning aniqligiga putur yetkazuvchi holatlar.

8-11-mavzular. Nutqning mantiqiyligi (4 soat, B1+:4soat)

Nutqda til birliklari o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishlarning fikr mantiqiy mohiyatiga mosligi – mantiqiylik sifatining aosi. Fikr tarkibi va mantiqiylik. Nutqning mantiqiyligiga erishishda sintaktik vositalardan o‘rinli va unumli foydalanish. Mantiqiy nutq tuzishning bog‘li nutq, ijodiy matn yaratishdagi o‘rni. Nutqning mantiqiyligiga putur yetkazuvchi holatlar. Nutq mantiqiyligi va matnning kompozitsion tuzilishi.

12-13-mavzular. Nutqning sofligi (2 soat B1+:2soat)

Nutqning sofligi uning adabiy til meyorlariga mosligi bilan bir qatorda ma’naviy-axloqiy odatlarga yot bo‘lgan unsurlardan xoliligi asosida belgilanishi. Nutq va jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy meyorlar. Nutqning sofligiga putur yetkazuvchi holatlar. Varvarizmlar va vulgarizmlarning qo‘llanilish meyorlari. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubiga xos qoliplashgan so‘z, birikma va gaplarning nutq sofligiga salbiy ta’siri.

Mustahkamlash (1 soat, B1+:1soat)

14-15-mavzular. Nutqning boyligi (2 soat, B1+:2soat)

Nutqning boyligini yoki kambag‘alligi. Nutq boyligi undagi tarkibning rang-barangligi bilan belgilanishi. O‘zbek tili lug‘at tarkibi nutq boyligini ta’minlashning asosi. Nutqning boyligini ta’minlashda ma’nodosh so‘zlar, sodda va qo‘shma gaplarning o‘rni. Nutqning boyligiga putur yetkazuvchi holatlar. Leksik va grammatik takrorlarning nutq sifatiga salbiy ta’siri. Nutqning boyligi va nutq uslublari.

16-17-mavzular. Nutqning jo‘yaliligi (2 soat, B1+:2soat)

Til vositalaridan muloqot sharoiti va maqsadiga mos tarzda foydalanish – nutq jo‘yaliligining bosh omili. Nutq uslublari va jo‘yali nutqning yuzaga kelishi. Jo‘yalilik sifatining og‘zaki va yozma shakllarda namoyon bo‘lishi. Nutqning jo‘yaliligi va so‘z tanlash malakasi. Nutqning jo‘yaliligiga putur yetkazuvchi holatlar.

Mustahkamlash. ( 1 soat B1+:1soat).

18-21-mavzular. Nutqning ifodaliligi (4 soat, B1+4 soat)

Nutqning ta’sirchanligi va ifodaliligi. Ifodalilik va nutqiy uslublar. Nutqning ifodaliligini ta’minlovchi vositalar. Badiiy nutq va ko‘chimlarning ifodalilikni yuzaga chiqarishdagi o‘rni. Epitet. Metafora. O‘xshatishlar. Metonimiya. Mubolag‘a va kichraytirish. Kinoya. Nutqning ifodaliligiga putur yetkazuvchi holatlar.

Mustahkamlash. ( 1 soat, B1+:1soat).

22-23-mavzular. Nutq madaniyati va nutq texnikasi (2 soat, B1+:2soat)

Nutq texnikasi nutqiy madaniyatning muhim belgisi. Ovozning sifati, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish. Urg‘u. Talaffuz texnikasi, diksiya va boshqa fonetik ko‘nikmalar.

24-25-mavzular. Ish qog‘ozlari ustida ishlash. (2 soat, B1+:2soat).

Annotatsiya.Taqriz.

Takrorlash (1 soat, B1+:1soat)

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish):

B1

Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglaydi, barqaror atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi.

Gapirish: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda etadi, leksik, grammatik va stilistik meyorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi.

O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali va ta’sirchan o‘qiydi, gapning ifoda maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qiydi.

Yozish: fikr ifodasi mantiqan izchil, tinish belgilari, nutqda kirish va kiritmalar, ko‘chirma gaplar, tilning ifoda vositalari, fikr ifodasida qo‘shma gapning oddiy va murakkab turlaridan foydalanadi.

Ijodiy matnlar yaratadi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Rasmiy va shaxsiy xatlarni farqlaydi.

30 — 35 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi.

B1+

Ijodiy matnlar yarata oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Rasmiy va shaxsiy xatlarni farqlaydi.

35 — 40 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi.

Nazorat ishlari (4 soat B1+:4soat) .



Lingvistik kompetensiya:

B1

O‘zbek tilining bugungi taraqqiyotini izohlaydi. Nutqiy muloqot va nutq madaniyati. Madaniy nutq va uni shakllantiradigan asosiy sifatlar. Nutqning to‘g‘riligi Nutqning aniqligi Nutqning mantiqiyligi Nutqning sofligi. Nutqning boyligi. Nutqning jo‘yaliligi . Nutqning ifodaliligini farqlaydi va yozma nutq ifodasida o‘rinli foydalanadi. Ish qog‘ozlarini yozadi.



Lingvistik kompetensiya:

B1+

O‘zbek tilining bugungi taraqqiyotini izohlaydi. Nutqiy muloqot va nutq madaniyati. Madaniy nutq va uni shakllantiradigan asosiy sifatlar. Nutqning to‘g‘riligi Nutqning aniqligi Nutqning mantiqiyligi Nutqning sofligi. Nutqning boyligi. Nutqning jo‘yaliligi . Nutqning ifodaliligini farqlaydi va yozma nutq ifodasida o‘rinli foydalanadi. Ish qog‘ozlarini yozadi.


O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiya elementlari:

Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi:

B1

mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), kompyuter, elektron pochta va boshq.)dan o‘quv maqsadlari doirasida foydalana oladi va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirib, xulosa chiqaradi, ibrat oladi va o‘z faoliyatida qo‘llay oladi.



В1+

media vositalardan tilga oid zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa oladi, saralaydi, qayta ishlaydi, uzatadi, saqlaydi, xavfsizligini ta’minlaydi va foydalanishda media-madaniyatga rioya qila oladi.



O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi:

B1

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantira oladi;



В1+

o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha oladi, o‘zini nazorat qila biladi, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera biladi.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi:

B1

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi;

tadbirlarda (turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etadi, atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘la oladi;

В1+

badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy fazilatlar, shuningdek, yuksak badiiyat namunalarini anglaydi, his etadi va boshqalarga yetkazishga intiladi.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish.



B1+

vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi:

B1

shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yurita oladi;

kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy oladi va foydalana oladi.

В1+

inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘la oladi hamda ulardan foydalana oladi.


Mavzularni o‘rganish uchun – (25 soat, B1+:25soat)

Mustahkamlash uchun –(4 soat, B1+:4soat)

Takrorlash uchun - (1 soat, B1+:1soat )

Nazorat ishi uchun –( 4 soat, B1+:4soat)

Jami: (34 soat, B1+:68soat)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi “o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
390-sonli qarori.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi PF-3431.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirli va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 1 iyuldagi “o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida” gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-son qarori.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.

10.Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. ­­– T.: O‘zbekiston, 2009.

11. O`zbek tili stilistikasi. A Shomaxsudov, I. Rasulov, R. Qo`ng`urov, H. Rustamov . O`qituvchi nashriyoti. 1983

12. O`qituvchi nutqi madaniyati. N. Mahmudov. Milliy kutubxona, 2009

13. Qo‘ng‘urov R. va b. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari. – T.: 1992.

14. Rafiev A. va b Ona tili va adabiyot. ­– T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot nashriyoti, 2014.



15. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. – T.: O‘qituvchi, 1997.
o‘rta ta’limining Ona tili fanidan 10-11-sinf o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ijodiy guruhi


T/r

Ismi va familiyasi

Ish joyi va lavozimi

1

N. Mahmudov

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, fil, f. doktori, professor

2

A. Sobirov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti professori, fil. f. doktori

3.

G.Ziyodullayeva

Respublika Ta’lim markazi bosh metodisti

4

Y. Odilov

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti xodimi, fil.f.doktori

5.

B. Lutfullayeva

Jizzax v, Jizzax sh Pedagogika kolleji o’qituvchisi

6

D. Hoshimova

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 1- umum ta’lim maktabi o’qituvchisi

7

Q. Sultonova

RTM bosh metodisti


Download 28,66 Kb.




Download 28,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari Ona tili fani

Download 28,66 Kb.