Informatika va axborot texnologiyalari fani O‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari




Download 32,29 Kb.
bet1/11
Sana26.03.2019
Hajmi32,29 Kb.
#4538
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Informatika va axborot texnologiyalari fani

O‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari


Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja

nomlanishi

O‘rta ta’lim

Informatika va axborot texnologiyalari fani chuqurlashtirilmagan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning umumiy darajasi

Informatika va axborot texnologiyalari fani chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari

B1+

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi


Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’limda informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.

O‘rta ta’limda informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:

o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;

kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajara olish;

algoritmik tuzilmalarni, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;

kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish orqali ularda umuminsoniy qadriyatlarga rioya etishni rivojlantirishga qaratilgan va ta’lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:

B1

Axborot resurslaridan maqsadli izlash va saralash vazifalarini bajara oladi;

axborotlarni arxivlash dasturlari imkoniyatlarini biladi, amaliyotda qo‘llay oladi;

axborotlashgan jamiyat haqida tasavvurga ega bo‘ladi;

multimedia tizimlari haqida bilimga ega bo‘ladi, amaliyotda qo‘llay oladi;

kompyuter grafikasi va uning turlari haqida bilimga ega bo‘ladi;

ma’lumotlar omborini yaratish va boshqarishda qo‘llaniladigan dasturlar haqida bilimga ega bo‘ladi;

kasbiy sohalarda qo‘llaniladigan amaliy dasturlar haqida bilimga ega bo‘ladi.



B1+

Axborotga oid modellar, texnik vositalar va axborot resurslari haqida misollar keltira oladi;

zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifini biladi;

o‘zining sohasiga yo‘naltirilgan amaliy dasturlar imkoniyatlari haqida bilimga ega bo‘ladi va ulardan foydalana oladi.

2. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:

B1

Kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;

turli mavzularda multimedia imkoniyatlari qo‘llab, taqdimotlarni mustaqil ravishda tayyorlay oladi;

rastrli grafik muharrir yordamida rasm va fotosuratlarni qayta ishlay oladi;

turli ko‘rinishdagi axborotlarni mos dasturiy ta’minot yordamida tasvirlash, saqlash, qayta ishlash vazifalarini mustaqil hal eta oladi;

ommaviy, ta’limiy axborot resurslaridan foydalana oladi, ularni kerakli ko‘rinishga keltirish uchun qayta ishlashga oid amallarni bajara oladi;

kompyuter viruslari va axborot xavfsizligi muammolarini hal eta oladi;

web-sayt ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlay oladi;

maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori va so‘rovlar hosil qila oladi va hisobotlar tayyorlay oladi;

turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi;

obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi.

B1+

Rastrli va vektorli grafik muharrir yordamida tasvirlarni qayta ishlay oladi;

maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori, so‘rovlar va shakllar hosil qila oladi, hisobotlar va sodda makroslar tayyorlay oladi;

amaliy dasturiy ta’minot va dasturlash tili imkoniyatlaridan foydalanib multimediali resurs tayyorlay oladi.

3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:

B1

Axborotni uzatishning eng samarali usullarini amalda qo‘llay oladi;

axborot uzatishda Internet va uning xizmatlaridan samarali foydalana oladi;

axborot xavfsizligini ta’minlaydigan usullardan foydalanib axborot uzata oladi;

matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni pochta orqali uzata oladi.

B1+

Axborot almashishning dasturiy ta’minotini sozlash asosida elektron tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalana oladi;

matn va jadval protsessorlari, taqdimot dasturlari yordamida hujjatlarni axborot resursi sifatida saytga joylashtira oladi.
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

FANI o‘quv DASTURI

(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
I Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT) – o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.

Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.

Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.

Fanning maqsadi o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat.

Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fani o‘rta umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida umumta’lim o‘quv fani sifatida uzviy davom etadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida aynan takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda informatikaga oid tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirilishi e’tiborga olingan.

Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni o‘qitishda rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilayotgan STEM (science, technology, engeenering and mathematics - fan, texnologiya, muxandislik va matematika) o‘qitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.

Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:

inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida informatika va axborot texnologiyalarining ahamiyatini anglash;

o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;

kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish;

algoritmik tuzilmalar, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;

kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qo’llay olishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish;

ta’lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli ravishda kasb tanlashga zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

8-9-sinflardagi amaliy mashg‘ulotlarda “Iqtisod va soliq saboqlari”, “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv kurslariga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.

O‘qituvchi amaliy mashq darsida nazorat ishi natijalariga ko‘ra o‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida xatolarni tushuntiradi, o‘quvchilar esa nazorat ishida berilgan topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlarni yechadi va hulosalar chiqaradi. Bunda o‘qituvchiga tabaqalashtirilgan ta’lim prinsipiga tayanishi tavsiya etiladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning elementlari (A1(A1+); A2(A2+)) bosqichma - bosqich shakllantiriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-7-sinflarning har birida Informatika va AT -17 soatdan, jami - 51 soat, 8-sinfda Informatika va AT - 34 soat, 9-10-11-sinfda - 68 soat o‘qitiladi. Darslar ikki guruhga bo‘lib o‘tiladi.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.




  1. TK-tayanch kompetensiya

  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5- Milliy va umummadaniy kompetensiya

  6. TK6- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi




  1. FK-fanga oid kompetensiyalar

  1. FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi

  2. FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

  3. FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi


11-SINF

(haftasiga 2 soatdan, jami ­ 68 soat; B2+:haftasiga 2 soatdan, jami-136soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiyasi:

B1


ijtimoiy vaziyatlarda eng avvalo ona tilida hamda birorta xorijiy tildagi fanga oid mavzularga tegishli atamalarni bayon etishda o‘zaro muloqotga kirisha olish.

axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llay bilish;

Muloqotda muomala madaniyatiga amal qila olish, hamkorlikda, jamoada samarali ishlay olish.

B1+

muloqotda muomala madaniyatiga amal qilib, fanga oid voqea va hodisalarni izlab topa oliash va to‘plash, tahrir qilish, tushuntirib bera olish;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash, mediamadaniyatga ega bo‘lish.



B1+

Axborot vositalarda axborot izlaydi, olingan axborotdan voqea va hodisalarni ajrata olish, qayta ishlay olish, tushuntirib berish.


O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, va intellektual rivojlantirish;



kreativ rivojlantirish

kamolotga intilish;

hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish;

kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash

o‘z hatti-harakatini baholay bilish.

B1+


bola huquqlari, voyaga yetmaganlik tushunchalarning mazmun-mohiyatini anglagan holda bayon qila bilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish;



unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.

B1+

kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni to‘g‘ri baholay olish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;

badiiy va san’at asarlarini tushunish;

orasta kiyinish; madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish

B1+

Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish.


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

B1

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish

B1+

hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik, shahsiy, oilaviy rejalarni algoritmini tuzish va amalda qo‘llay olish.


1-BOB. 1-bob. Kompyuter grafikasi (34 soat, B1+: 18 soat)

1-mavzu. Grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari. (1 soat, B1+: 1 soat).
2-mavzu. Kompyuter grafikasi tushunchasi. (1 soat, B1+: 1 soat).

3-mavzu. Kompyuter grafikasi turlari. (1 soat, B1+: 1 soat).

rastli grafika,

vektorli grafika

fraktal grafika.



4-mavzu. PhotoShop -rastrli grafik muxarririda ishlash asoslari. (1 soat, B1+: 1 soat).

Tasvirlarni tahrirlash asoslari

Rastrli tasvirlar va obyektlar
5-mavzu. Photoshop dasturining ichki muhiti. (1 soat, B1+: 1 soat).

Photoshop dasturining ish stoli

Uskunalar panelini boshqarish vositalari

Uskunalarni sozlash



6-mavzu. Palitralarni birlashtirish va tashkillashtirish (1 soat, B1+: 1 soat).

Tasvir o’lchamlari

Masshtablar uskunasi

7-mavzu. Nazorat oynasini yaratish (1 soat, B1+: 1 soat).

Oynani siljitish

Navigator palitrasi

8-mavzu. PhotoShop Interfeysni sozlash. Fayllarni qayta ishlash

(1 soat, B1+: 1 soat).

9-mavzu. Tasvirlarni boshqarish (1 soat, B1+: 1 soat).

O’lcham va uning ko’lami, Bosma uchun ko’lamni o’zgartirish

Maketlashtirish bosqichida ko’lam imkoniyatlarini o’zgartirish

Mukammal ko’lamni tanlsh

Ekrandagi tasvirlarni imkoniyatlar ko’lami

10-mavzu. Tasvirni ochish, nusxalash va saqlash (1 soat, B1+: 1 soat).

Yangi tasvirni hosil qilish

Mavjud tasvirni ochish

Fayllar brauzerini qo’llash

Tasvirni nusxalash

Tasvirni diskda saqlash



11-mavzu. Maxsus belgilash formatlari (1 soat, B1+: 1 soat).

Ilovalar orasida fayllar almashinuvi formatlari

Asosiy formatlar

Noodatiy formatlar



12-mavzu. Fayllar haqida qo’shimcha ma’lumotlar va belgilar (1 soat, B1+: 1 soat).

Fayllarga belgilar qo’shish

Matnli belgilarni qo’shish

Belgilarni boshqarish

Tasvir o’lchami va ko’lamini o’zgartirish. Kadrlashtirish

13-mavzu. Ranglarni tanlash va tahrirlash (1 soat, B1+: 1 soat).

Ranglarni tanlash

Color Picker muloqot oynasi


14-mavzu-mavzu

Turli ranglar holatlarida ishlash (1 soat, B1+: 1 soat).

RGB


HSB

SMYK


15-mavzu

Lab anatomiya tizimi (1 soat, B1+: 1 soat).

Indexed Color

Yarim tusli tasvirlar

Oq qora (rastrli) tasvirlar



16-mavzu

Nazorat ishi (1 soat, B1+: 1 soat).

17-mavzu

Chizish va tahrirlash (1 soat, B1+: 1 soat).

Chizish uskunalari

Tahrirlash uskunalari

Asosiy usullari

To’g’ri chiziqni chizish


18-mavzu

Tasvirni Sponge uskunasi yordamida tahrirlash (1 soat, B1+: 1 soat).

Zararlangan sohani qanday belgilanadi



19-mavzu

Mo’yqalam o’lchami va shakli (1 soat, B1+: 1 soat).

Mo’yqalam shaklini tanlash

Mo’yqalam shaklini tahrirlash


20-mavzu

Mo’yqalamning maxsus shaklllarini yaratish (1 soat, B1+: 1 soat).

O’zgaruvchi mo’yqalamlar

Dinamik mo’yqalamlar haqida umumiy ma’lumot


21-mavzu

Ajratilgan magnitli soha (1 soat, B1+: 1 soat).

Chegarani belgilashning o’zgartirish usullari

Chegarani tez o’zgartirish usuli


22-mavzu

Qo’lda o’chirish va qo’shish (1 soat, B1+: 1 soat).

“Shift” va “Alt” klavishasi bilan do’stlashing

Buyruqlar yordamida qo’shish va olib tashlash


23-mavzu

Yumshoq belgilash konturlari (1 soat, B1+: 1 soat).

Belgilangan sohani joylashtirish va nusxalash

Joylashtirish uskunasining o’rni


24-mavzu

Konturlarni hosil qilish va tahrirlash (1 soat, B1+: 1 soat).

Pen uskunasi yordamida chizish

Konturlarni tahrirlash

Konturlarni bo’yash

Konturlarni belgilash


25-mavzu

Niqoblarni hosil qilish tushunchasi (1 soat, B1+: 1 soat).

Niqoblar yordamida ajratish

Niqoblash nima?

Ajratilgan sohalar ichini chizish va tahrirlash



26-mavzu

Filtrlar ta’siri darjasini pasaytirish (1 soat, B1+: 1 soat).

Keskinlik va ravshanlikni oshirish




26-mavzu

Yorqinlikni pasaytiruvchi standart filtrlar (1 soat, B1+: 1 soat).

Tasvirlarni silliqlash

Yo’naltirilgan xiralashtirish


28-mavzu

Ajratib turuvchi konturni yumshatish (1 soat, B1+: 1 soat).

Siqilgan tasvirlarni yorqinlik darsjasini oshirish

Skaner qilingan fotosuratlarni tozalsh


29-mavzu

Tasvirlarni bog’lash (1 soat, B1+: 1 soat).

Shaffofsizlik va bo’yash

Bog’lash holatlari

Niqobli guruhlarni bog’lash



30-mavzu

Matnni to’liq tahrirlash (1 soat, B1+: 1 soat).

Photoshop 7 da shriftning o’rni

Matn ustida 5 ta amal


31-mavzu

Type uskunasidan foydalanish (1 soat, B1+: 1 soat).

Vertikal matn hosil qilish

Ramka ichida matn hosil qilis


32-mavzu

Matnni ajratish va tahrirlash (1 soat, B1+: 1 soat).

Belgilarni formatlash

Orfografik tekshirish

Matnni o’zgartirish va qidirish

Matnni qiya holatga o’tkazish

Yozuvlarni figura kabi tahrirlash



33-mavzu

Takrorlash (1 soat, B1+: 1 soat).

34-mavzu

Nazorat (1 soat, B1+: 1 soat).

35-mavzu

Web-sahifa, Web-sayt va Web-dizayn tushunchalari. (1 soat, B1+: 1 soat).


36-mavzu

Web-dizayn va uning dasturiy ta’minoti (1 soat, B1+: 1 soat).

37-mavzu

Macromedia Flash texnologiyasi yordamida Web- sahifa yaratish va bezash. (1 soat, B1+: 1 soat).

38-mavzu

Amaliy mashg’ulot (1 soat, B1+: 1 soat).

39-mavzu

Nazorat ishi (1 soat, B1+: 1 soat).

40-mavzu

Web - sahifalarga rasmli, grafikli ma’lumotlarni joylashtirish va bezash (1 soat, B1+: 1 soat).

41-mavzu

Amaliy mashg’ulot (1 soat, B1+: 1 soat).

42-mavzu

Web- sahifalarda formalar yaratish va bezash (1 soat, B1+: 1 soat).

43-mavzu

Amaliy mashg’ulot (1 soat, B1+: 1 soat).

44-mavzu

Web -sahifalarda animastiyalar va ularni o’rnatish. (1 soat, B1+: 1 soat).

45-mavzu

Amaliy mashg’ulot (1 soat, B1+: 1 soat).

46-mavzu

Tovushli ma’lumotlar va ular bilan ishlash. (1 soat, B1+: 1 soat).

47-mavzu

Web- sahifalar orasida aloqalarni o’rnatish imkoniyatlari. (1 soat, B1+: 1 soat).

48-mavzu

Amaliy mashg’ulot (1 soat, B1+: 1 soat).

49-mavzu

Nazorat ishi (1 soat, B1+: 1 soat).




3-bob. Ахборот тизимлари

50-mavzu

Ахборот хавфсизлиги (АХ) тушунчаси. (1 soat, B1+: 1 soat).

Ахборот хавфсизлигининг жамиятдаги роли.



51-mavzu

Axbort xavfsizligining tarkibiy ko’rsatkichlari (1 soat, B1+: 1 soat).

52-mavzu

Axborot xavfsizligi muammolari. (1 soat, B1+: 1 soat).

Asosiy xavf-xatarlar.



53-mavzu

Axborotlarni himoya qilishning tashkiliy, huquqiy va texnik usullari haqida tushuncha. (1 soat, B1+: 1 soat).

54-mavzu

Ахборот узатиш мухити. (1 soat, B1+: 1 soat).

Локал компьютер тармоғи.



55-mavzu

Аmaliy mashg’ulot. (1 soat, B1+: 1 soat).

56-mavzu

Регионал компьютер тармоғи. (1 soat, B1+: 1 soat).

Глобал компьютер тармоғи



57-mavzu

Тармоқ хавфсизлиги чора-тадбирлари. (1 soat, B1+: 1 soat).

Локал компьютер тармоғидаги қурилмалар ва уларда сақланаетган ахборотлар хавсизлигини таъминлаш усул ва воситалари



58-mavzu

Интернет тармоғида сақланаетган ахборотлар ресурслари хавсизлигини таъминлаш усул ва воситалари (1 soat, B1+: 1 soat).

59-60-mavzu

Amaliy mashg’ulot (2 soat, B1+: 2 soat).

61-mavzu

Nazorat ishi (1 soat, B1+: 1 soat).

62-mavzu

Электрон почта (ЭП) хизмати структураси. · ЭП да ахборотларни химоялаш (1 soat, B1+: 1 soat).

63-mavzu

Компьютер вируслари. · Антивируслар. · Антивирусларни тўғри танлаш. · Антивируслар билан ишлаш (1 soat, B1+: 1 soat).

64-mavzu

Компьютер вируслари. · Антивируслар. (1 soat, B1+: 1 soat).

65-mavzu

Антивирусларни тўғри танлаш. · Антивируслар билан ишлаш. (1 soat, B1+: 1 soat).

66-67-mavzu

Amaliy mashg’ulot (2 soat, B1+: 2 soat).

68-mavzu

Nazorat ishi (1 soat, B1+: 1 soat).



O‘quvchilarda fanga oid shakllangan kompetensiyalar elementlari.


  1. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi:

B1

Ахборот ресурсларидан мақсадли излаш ва саралаш вазифаларини бажара олади;

ахборотларни архивлаш дастурлари имкониятларини билади, амалиётда қўллай олади;

ахборотлашган жамият, ахборот системалари ҳақида тасаввурга эга бўлди;

мультимедиа тизимлари ҳақида билимга эга бўлади, амалиётда қўллай олади;

график объектлар ва уларни компьютерда тасвирлаш усуллари, компьютер графикаси ва унинг турлари ҳақида билимга эга бўлди;

тасвирларни график ускуналар ёрдамида тўплашни билади, амалиётда қўллай олади;

маълумотлар омборини яратиш ва бошқаришда қўлланиладиган дастурлар ҳақида билимга эга бўлди;

касбий соҳаларда қўлланиладиган амалий дастурлар ҳақида билимга эга бўлади.

В1+


Ахборотга оид моделлар, техник воситалар ва ахборот ресурслари ҳақида мисоллар келтира олади;

замонавий дастурлаш тиллари ва уларнинг таснифини билади;

ўзининг соҳасига йўналтирилган амалий дастурлар имкониятлари ҳақида билимга эга бўлади ва улардан фойдалана олади.


  1. Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:

B1

Компьютерларнинг арифметик ва мантиқий асосларига оид амалий масалаларни ҳал эта олади;

турли мавзуларда мультимедиа имкониятлари қўллаб, тақдимотларни мустақил равишда тайёрлай олади;

растрли график муҳаррир ёрдамида расм ва фотосуратларни қайта ишлай олади;

турли кўринишдаги ахборотларни мос дастурий таъминот ёрдамида тасвирлаш, сақлаш, қайта ишлаш вазифаларини мустақил ҳал эта олади;

оммавий, таълимий ахборот ресурсларидан фойдалана олади, уларни керакли кўринишга келтириш учун қайта ишлашга оид амалларни бажара олади;

компьютер вируслари ва ахборот хавфсизлиги муаммоларини ҳал эта олади;

web-сайт кўринишидаги ахборотларни қайта ишлай олади;

махсус амалий дастурлар ёрдамида маълумотлар омбори ва сўровлар ҳосил қила олади ва ҳисоботлар тайёрлай олади;

турли масалаларни ечишга оид алгоритмлар туза олади;

объектга йўналтирилган дастурлаш тилларидан бирида масалаларни ечишга доир дастурлар туза олади.

В1+


Растрли ва векторли график муҳаррир ёрдамида тасвирларни қайта ишлай олади;

махсус амалий дастурлар ёрдамида маълумотлар омбори, сўровлар ва шакллар ҳосил қила олади, ҳисоботлар ва содда макрослар тайёрлай олади;

амалий дастурий таъминот ва дастурлаш тили имкониятларидан фойдаланиб мультимедиали ресурс тайёрлай олади.


  1. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:

В1

В1

Ахборотни узатишнинг энг самарали усулларини амалда қўллай олади;



ахборот узатишда Интернет ва унинг хизматларидан самарали фойдалана олади;

ахборот хавфсизлигини таъминлайдиган усуллардан фойдаланиб ахборот узата олади;

матн ва жадвал процессорлари, тақдимот дастурлари ёрдамида ҳужжатларни почта орқали узата олади.

В1+


Ахборот алмашишнинг дастурий таъминотини созлаш асосида электрон тармоқлар имкониятларидан фойдалана олади;

матн ва жадвал процессорлари, тақдимот дастурлари ёрдамида ҳужжатларни ахборот ресурси сифатида сайтга жойлаштира олади.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 29 avgustdagi ”Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 29 avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 390-sonli qarori.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi to‘g‘risida” gi Farmoni.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 1 iyuldagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida” gi 6/2/4/1-sonli qo‘shma hay’at majlisi qarori.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomilashtirish to‘g‘risida” gi ПП-1875-sonli qarori.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-sonli qarori.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 187-son qarori.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.

10. М. Н. Бородин. Информатика, УМК для основной школы 5 – 6 классы, 7 – 9 классы. Методическое пособие для учителя. БИНОМ. Лаборатория знаний, 2013. http://www.Lbz.ru.



  1. “Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish” mavzusidagi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2016 yil 13 avgust.

  2. “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari respublika forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2016 yil 14 dekabr.

  3. “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammo va yechimlar” mavzusidagi ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining respublika forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2017 yil 26 aprel.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqarish bo‘yicha ijodiy guruh a’zolari




F.I.Sh.

Ish joyi

Imzo

1.

Mamarajabov Mirsalim

Elmirzaevich



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi,p.f.n., guruh rahbari




2

Pardaeva Mehriniso

Daniyorovna



Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari




3

Azlarov Turg‘un

Rahmatovich



Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabi informatika fani o‘qituvchisi, p.f.n, dotsent, O‘zbekiston Qahramoni




4

Zokirova Feruza Maxmudovna

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet dekani p.f.d., professor




5

Baxramov Anvar Axrarovich

A.Avloniy nomidagi pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti prorektori p.f.n.




6

Karimov Baxtiyor

Raufovich



Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 90-sonli umumta’lim maktabi Informatika fani o‘qituvchisi




7

Boltaev Bahodir

Jalalovich



Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i, f-m.f.n




8

Azamatov Axat

Raxmatovich



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-akademik litsey o‘qituvchisi, f-m.f.n





Download 32,29 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 32,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika va axborot texnologiyalari fani O‘rta ta’lim (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari

Download 32,29 Kb.