• Dasturga qo‘yilgan talab Majburiy O‘qitish tili
  • O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
  • Mavzuning nomi Mavzuning qisqacha mazmuni Jami
  • I Bob.Elektr jihozlarni ta’mirlash ishlari asoslari 1.
  • II Bob.Elektr o‘lchov asboblarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish 2.
  • III Bob. Elektr montaj ishlari 3.
  • O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi




    Download 360,25 Kb.
    bet89/107
    Sana01.09.2024
    Hajmi360,25 Kb.
    #270129
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107
    Bog'liq
    50710402- Elektr stantsiyalari, tarmoqlari va tizimlari

    O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

    “Elektrotexnika va elektronika” dasturi

    O‘qitishni tashkiliy shakli

    N – Nazariy ta’lim;
    A – Amaliy ta’lim;
    NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
    MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.

    Dasturga qo‘yilgan talab

    Majburiy

    O‘qitish tili

    Guruhda belgilangan o‘qitish tili asosida

    Baholash tartibi

    Baholash bo‘yicha amaldagi tartib asosida

    O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

    Yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq



    2. O‘quv dasturi mazmuni



    Mavzuning nomi

    Mavzuning qisqacha mazmuni

    Jami

    O‘qitishni tashkiliy
    shakli

    Mustaqil
    ta’lim

    I Bob.Elektr jihozlarni ta’mirlash ishlari asoslari

    1.



    Elektr jihozlarning nosozligi va uning sabablari

    Elektr jihozlarni ta’mirlash turlari va tizimlari.Ta’mirlash ishlarini bajarish usullari va ularni rejalashtirish.Elektr ta’mir sexining tarkibiy tuzilishi va jihozlanishi

    6

    A

    3

    II Bob.Elektr o‘lchov asboblarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish

    2.

    Elektr o‘lchov asboblarining asosiy turlari

    O‘lchov asboblariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash

    6

    A

    3

    III Bob. Elektr montaj ishlari



    3.



    Yoritish elektr qurilmalarini montaj qilish

    Elektr montaj ustaxonasi bilan tanishuv. Elektr montaj ustaxonasida texnika xavfsizligi qoidalari. Amaliy ishlarni bajarish qoidalari. Montaj ishlarini olib borish tartibi
    Elektr montaj ishlarini bajarishda ishlatiladigan elektrotexnik buyumlar bilan tanishuv
    Har bir bajaradigan amaliy ish yuzasidan hisobotlar tayyorlash va uni rasmiylashtirish qoidalari bilan tanishtirish. O‘quvchilarni ishchi o‘rinlariga taqsimlash.
    Elektr simlar va kabellar. ularning markalari va tavsiflari. Po‘lat trubalarda yotqiziladigan simlarni tortish, ulash va ttarmoqlash uchun qutilar va fitinglar. Elektr o‘tkazgichlarni mahkamlash uchun buyumlar. Kavsharlar, kovsharlash moylari va flyuslar. Dyubellar.

    12

    A

    6

    4.



    Yoritish elektr qurilmalarining ochiq elektr o‘tkazgichlarini montaj qilish.
    Yashirin elektr o‘tkazgichlarni montaj qilishni o‘rgatish

    Izolyatsiyalovchi tayanchlarda ochiq elektr o‘tkazgichlarini montaj qilish. Konstruksiyalarda izolyatorlarni mahkamlash. Simlarni ochiq o‘tkazishda larni izolyatorlarga mahkamlash. trossli elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish. Trossli elektr o‘tkazgichlarning uchlarini mahkamlash konstruksiyalari va ularni o‘rnatish usullari. Trossli elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish uchun buyumlar va detallar
    Ochiq elektr o‘tkazgichlarni truba ichida montaj qilish. Truba tanovarlarini tayyorlash. Ochiq o‘rnatiladigan yupqa devorli po‘lat trubalarni biriktirish. Qurilish elementlari sirtiga po‘lat trubalarni mahkamlash. Po‘lat trubalarning o‘zaro va qutilar bilan ulash. O‘tkazgichlarni qisman bikir rezina naychalar ichida yashirin o‘tkazish. O‘tkazgichlarni plasmassa trubalarda yashirin o‘tkazish.

    12

    A

    6

    5.



    Tok o‘tkazuvchi aluminiy va mis simlar hamda kabellarning tomirlarini biriktirish, tarmoqlash va uchlariga ishlov berishni o‘rgatish.
    .

    Kesimi 10 mm2 gacha bo‘lgan 1 simli aluminiy simlar va kabellarni presslab biriktirish va tarmoqlash. Kesimi 2,5-10 mm2 li bir simli aluminiy simlar va kabellarni kavsharlab va payvandlab biriktirish.
    Kesimi 16 mm2 dan katta bo‘lgan ko‘p simli aluminiy simlar va kabellarni payvanlab biriktirish va tarmoqlash. Kesimlari 16-240 mm2 bo‘lgan ko‘p simli aluminiy tomirlarni kontakt qizdirish usuli bilan uchma-uch tutashtirish va uchlariga ishlov berish. Kesimlari 10 mm2 gacha bo‘lgan simlarninguchlariga ishlov berish, ulash va tarmoqlash. TPRF va ATPRF simlarni biriktirish va uchlariga ishlov berish.

    6

    A

    3

    6.

    Kabel liniyalarni montaj qilishni o‘rgatish va kabel tolalarini kavsharlab ulash.
    .

    Kabel uchlariga ishlov berish. Kabelga ishlov berishdan oldin kabelning kuchlanishi va kabel tomirlarining keis yuzasi orqali maxsus lineykalardan foydalanib (LK-1, LK-2) ishlov berish o‘lchamlarini aniqlash. Aniqlangan o‘lchovlar asosida: kabeldagi jut qoplamasi ustidan bandaj qo‘yish. Tashqi jut qoplamasini yechib olish. Zirx keskich bilan zirxini kesish. Zirxini olib tashlash. Kabel ipini olib tashlash. Qobiqni xalqasimon qilib kesish. Qobiqni bo‘ylamasiga kesish. Qo‘rg‘oshin qobiq tasmasini olib tashlash. Kabelning ishlov berilayotgan qismidan qobiqninng hammasini olib tashlash. Kabel tolalarini kavsharlab ulashdan oldin tolalarga pog‘onali ishlov berish. Tolalarini shimdirilgan tarkib qolidig‘idan benzinda xo‘llangan latta yordamida artib tozalash. Kavsharlash lampasi yordamida qizdirilib, po‘lat chyotka bilan oksid qatlamini olib tashlash va kavshar bilan qalaylash. Tolalarni qolibga joylash. Qolibchalarning ikki chetidan kabellarga azbest shnurini o‘rash va ximoyalovchi ekranlar o‘rnatish. Kavshar lampasi yordamida kavshar qalamchasini eritish va qolipchani shu eritma bilan to‘ldirish. Ulangan joyni egov yordamida silindr shakliga keltirish.

    12

    A

    6

    7.

    Kabel tomirlarini presslab ulash.

    Ulanadigan kabelning kesim yuzasining o‘lchamiga qarab gilza tanlash. Gilzaning ichki sirtini po‘lat chotka bilan metal yaltiraguncha tozalash. Tozalangan ichki sirki kvars vazelin pastasini surtish. Tutashtiriladigan tomirlarning yuzalarini po‘lat chotka bilan tozalash va benzinda xo‘llangan toza latta bilan artish. Gilzaning ichiga tomirlarni kiritish. Tutashmani puanson bilan presslovchi mexanizmning matritsasi orasiga qo‘yish va bosib ezish. Kabel tomirlarini presslab ulangandan keyin qoldiq qalinlikni o‘lchash.

    6

    A

    3

    8.

    Kabelning aluminiy tomirlarini termitli patronda payvandlashga tayyorlash.
    Aluminiy tomirlarni gaz bilan payvandlab ulash.
    Kabellarni qo‘rg‘oshin muftalarda tutashtirish

    Payvandlanayotgan tomirlarning kesimiga qarab termit patron tanlash. Tomirlarni tarkib shimdirilgan qorishma qoldiqlardan tozalash. Tomirlarga alyumin ftulka kiydirish va ularni patronga kiritish. Tomirlarning patronga kirish joyidan suyuq metal oqib ketmasligi uchun azbest shnur bilan zichlashtirish. Payvandlashga tayyorlangan tutashmani moslamaning qayd qilinadigan maydonchasiga o‘rnatish. Tomirlarga sovutuvchi ombirlar mahkamlash. Tomirlarni alangadan azbest qog‘oz bilan himoyalash. Termitli patronda VAMI flyusidan foydalanish. Kabelning aluminiy tomirlarini termitli patronda payvandlab ulash. Tutashtirilgan qism sovugandan keyin undan qolipcha, azbest shnur va ekranni olib tashlash unga silindr shaklini berish. Tutashtiriladigan tomirlarning uchlarini yaxlit sterjen holatiga keltirish uchun unga vertikal holatda qolipcha o‘rnatish va gorelka alangasida qzdirib suyultirish. Manolit holiga keltirilgan tomirlar ajraladigan po‘lat qolipchaga gorizontal holda joylashtirish. Qolipni sim banjalar bilan mahkamlash. Qolipga kavshar chivig‘ini suyultirib quyish. bunda tomirning izolyatsiyasini issiqdan himoyalash uchun ekran va sovutkichlar o‘rnatish. kabellarni yerga ulash.
    Tutashtirilayotgan kabelning kesim yuzasiga qarab mufta tanlash (SS-60 soedinitelnie i svinsovie) birikmalarni tarkib shimdirilgan qog‘oz lenta bilan izolyatsiyalash. Qo‘rg‘oshin muftaning ikkala uchiga yog‘och valik bilan ishlov berish va kabelning qobiqlariga tenglashtirish. Muftani kabelning qobiqlariga kavsharlab biriktirish. Mufiada kabel massasini quyish uchun teng tomonli (25-30 mm) uchburchak shaklida ikkita teshik ochish. Muftani alangada 40-500 S gacha qizdirish va voronka orqali teshikdan 170-1800 S acha qizdirilgan kabel massasini quyish.Kabellarni termokirishadigan muftalarda tutashtirish

    12


    A


    6


    9.

    Kabellarni termokirishadigan muftalarda tutashtirish
    Kabellarning uchlariga ishlov berish

    Kabellarning uchlariga termokirishadigan uchlik bilan ishlov berish.
    Kabellarning uchlariga po‘lat voronkalarda ishlov berish. Kabellarning uchlariga KVB voronkasini montaj qilish. Kabellarning uchlariga epoksid voronkalarida ishlov berish va montaj qilish.

    6

    A

    3





    Download 360,25 Kb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   107




    Download 360,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi

    Download 360,25 Kb.