|
Amaliy ishni bajarish tartibi
|
bet | 34/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Amaliy ishni bajarish tartibi:
1. Komyuterni ishga tushirish uchun o’qituvchidan ruxsat oling.
2. Kompyuterni ishga tushiring va windows operatsion tizimini yuklang.
3. Paint dasturini ishga tushiring “Uy.BMP” faylini yuklang.
4.Oldingi devorni bezaymiz: - kvadrat chizib, undan nusxa olamiz, so’ngra har ikki oynalar sathini tekislaymiz.
5. Natijada ikkita oyna hosil bo’ladi - oynalarda chiziqlar bilan raqamlarni yasaymiz;
6. -to’g’ri to’rtbuchak chizib, uni tekislab eshik yasaymiz.
7. Eshikning tutqichini mo’yqalam yordamida hosil qilamiz;
8.[Zoom In] buyrug’i yordamida eshik tutqichini ta’mirlaymiz;
9. Uyni ekran burchagida joylashtiramiz.
10.Alohida g’ishtlar va cherepitsalarni chizamiz, tomni va mo’risini [Copy] buyrug’i yordamida bo’yaymiz.
11.Tasvirni oldingi nom bilan saqlab quyaqmiz.
12. Dastur ishini tugallang, kompyuterni o’chiring.
Nazorat savollari.
1.Paint qanday dastur?
2.Paint dasturi qanday ishga tushiriladi?
3.Dastur oynasi necha qismdan iborat?
4.Uskunalar panelining vazifasinimadan iborat?
5.Uskunalar panelini ekranga qo’yish va olib tashlash?
6.Paint ning ranglar kamalagi haqida ma’lumot bering?
7.Paint dasturida ishni yakunlash usullari?
13-amaliy ish. MS Word dasturida ishlash
Ishning maqsadi: MS-WORD dasturi imkoniyatlarini amalda qo’llashga o’rgatish
Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari
Nazariy qism: Kompyuterdai fovdalanuvchi o’z ish jarayonida biror hujjatni tez va yuqori sifatda kiritish yoki lotin alifbosida zudlikda tayyorlash va chop qilish zaruratiga ko’pincha duch keladi. Bunday vaziyatda u microsoft firmasi tomonidan yaratilgan Word dasturida ishlashni bilishi lozim.
MS WORD - bu matnli hujjatlarni tuzish, ko’zdan kechirish, tahrir qilish va chop etish uchun xizmat qiluvchi va Windows offisse dasturlari guruhiga kiruvchi matn muharriridir.
MS WORD - matnli va grafikli ma’lumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajaruvchi va matnli protsessorlar sinfiga kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi.
MS WORD yordamida ixtiyoriy ko’rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori sifatda tayyorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta hujjatlar bilan, ya’ni ularni qo’shish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko’chirish, matn yoniga tasvir tushirish, harflarni istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin, MS WORD -ayrim «kamchiliklar» dan ham holi emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal muqovalari) materiallarini tayyorlashda noqulaylik yuzaga keladi.
Shunday qilib, MS WORD matn muharriri ko’magida rus va ingliz tilida har xil hujjatlar, xat, hisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir turkum matnli ma’lumotlarni zudlikda tayyorlash va chop qilish mumkin. Bu matn muharriri yordamida o’zbek shriftida (kirill alifbosiga q, g’, h, o’ harflarni qo’shish nazarda tutilmoqda) va lotin alifbosi asosida, o’zbek tilida har xil malumotlarni ham osonlik bilan tayyorlash mumkin.
MS WORD matn muharriri imkoniyatlari:
- matnni kiritish, tahrir qilish va ko’zdan kechirish;
- qator oraliqlari abzatsini o’rnatish;
- avtomatik tarzda matnni sahifalarga bo’lish;
- matn qismini ajratish va uni kerakli joyga nusxalash;
- hujjat mundarijasini tuzish;
- matematik, kimyoviy formulalarni yozish;
- har xil shriftlarda - oddiy, quyuq, og’ma, tagiga chizib yozish;
- bir vaqtda bir nechta oynada bir nechta hujjat tayyorlash; tahrir qilish, biridan ikkinchisiga ko’chirib o’tish;
- matnda har xil shakl, grafik va rasmlardan foydalanish;
- turli malumotli jadvallar tuzish, ular ustida arifmetik operatsiyalar bajarish;
- avtofiguralar chizish, titul varaqlarini jihozlash va shu kabi yana bir turkum ishlarni bajarishi mumkin.
WORDda birinchi marta ish boshlayotganlar muharrirning asosiy tushunchalari, uning vositalari paneli, menyusi haqidagi ma'lumotni aynan shu bo’limdan olishlari mumkin.
WORDdan foydalanuvchilar ishchi kitobidan tashkil topgan .doc kengaytmali fayllar .txt kengaytmali shablonlar bilan ish yuritadilar. Ishchi kitobi ishchi, diagramma modullari Sahifalaridan tashkil topishi mumkin bo’lib, ular WORD dasturini xotiraga yuklashdan so’nggina hosil qilinadi.
|
| |