• Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi va ularni boshqarish
  • Ko‘pmasalali muhitda jarayon holatlari grafi
  • O’rnatilgan tizimlar mustaqil ish mavzu: O’rnatilgan tizimlar uchun operatsion tizimlar




    Download 342.72 Kb.
    bet1/3
    Sana25.04.2024
    Hajmi342.72 Kb.
    #207227
      1   2   3
    Bog'liq
    AZIZAAAA
    O\'ZBEK KINO MUSIQASI, HAYKALTAROSHLIK, toksik.2.2022, Amaliyot ochiq dars jadvali, 05.02.01 Savollar rus (2)

    O’RNATILGAN TIZIMLAR MUSTAQIL ISH MAVZU: O’rnatilgan tizimlar uchun operatsion tizimlar


    Bajardi: Soliyeva Azizaxon

    REJA:

    • 1.Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi va ularni boshqarish.
    • 2.O‘rnatilgan operatsion tizimlar .
    • 3.O’rnatilgan operatsion tizimlarda semaforlar.
    • 4.Xulosa.
    • 5.Foydalanilgan adabiyotlar.

    Operatsion tizimlarda jarayon tushunchasi va ularni boshqarish

    • Hisoblash mashinasining ishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan operatsion tizimning (OT) muhim qismi jarayonlarni boshqarish tarkibiy tizimi hisoblanadi. Jarayon (boshqacha aytganda vazifa yoki masala) bajarilayotgan dasturni tavsiflovchi abstraktsiyadir. OT uchun jarayon uning ish birligi yoki tizim zahiralariga talab uchun so‘rov hisoblanadi.Jarayonlarni boshqarish qismiy tizimi jarayonlar bajarilishini rejalashtiradi, ya’ni tizimda bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lgan jarayonlar o‘rtasida protsessor vaqtini taqsimlaydi. Bundan tashqari, jarayonlarni yaratish va yo‘qotishga mas’ul hisoblanadi, jarayonlarni tizim zahiralari bilan ta’minlaydi, jarayonlar orasida o‘zaro mutanosiblikni qo’llab-quvvatlaydi.
    • Ko‘pvazifali tizimda jarayon uch asosiy holatlardan birida bo‘lishi mumkin:
    • Bajarilish – jarayonnning faol holati bo‘lib, bu holatda jarayon barcha zaruriy zahiralarga ega bo‘ladi va protsessor tomonidan bajariladi.
    • Kutish – jarayonning passiv holati bo‘lib, jarayon bloklangan holatda bo‘ladi. Bu holatda jarayon ichki sabablar tufayli bajarila olmaydi, u biror hodisaning amalga oshishini kutadi, masalan, kiritish-chiqarish amalining tugallanishi, boshqa jarayonda xabar qabul qilish yoki unga kerakli biror zahiraning bo‘shashini kutish va h.k.

    Ko‘pmasalali muhitda jarayon holatlari grafi

    O‘rnatilgan operatsion tizimlar

    • O‘rnatilgan operatsion tizimlar o‘rnatilgan operatsion kompyuter tizimlari uchun mo‘ljallangan operatsion tizimlardir. Bunday OTlar ixcham, zahiralardan foydalanish nuqtai nazaridan samarali, ishonchli bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, o‘rnatilmagan kompyuter operatsion tizimlarining ko‘plab foydalanilmaydigan funksiyalari maxsus ilovalargi moslashtirilgan holda maxsuslashtiriladi va tashlab yuboriladi. Ko‘p hollarda o‘rnatilgan operatsion tizim deganda real vaqt operatsion tizimlari tushuniladi, va aksincha real vaqt operatsion tizimi deganda o‘rnatilgan operatsion tizim tushuniladi.
    • Odatda, o‘rnatilgan operatsion tizim ishlayotgan apparat ta’minot zahiralari imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi, masalan tezkor xotira qurilmasi (TXQ, RAM-Random Access Memory) va doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ROM – Read Only Memory). Shuning uchun ham o‘rnatilgan apparat ta’minoti uchun yaratiladigan tizimlar nihoyatda maxsuslashtirilgan bo‘ladi, bu esa cheklangan zahiralar tufayli (low if compared to non-embedded systems) bunday tizimlar maxsus masalalar yoki sohani qamrab oladi. Asosiy (yoki bitta) markaziy protsessorning qayta ishlash qudratidan maksimal darajada foydalanish uchun o‘rnatilgan tizim yaratuvchilari bunday tizimlarni yozishda ko‘p hollarda Assembler tilidan foydalanadilar. Bu samarali mashina tili tezlik va determinizm nuqtai nazaridan qurilmalardan maksimal foydalanish imkonini beradi, bu esa o‘rnatilgan operatsion tizimning javob berish qobiliyatini maksimallashtiradi.

    Download 342.72 Kb.
      1   2   3




    Download 342.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizimlar mustaqil ish mavzu: O’rnatilgan tizimlar uchun operatsion tizimlar

    Download 342.72 Kb.