18
mo‘ljallanmagan shaxslarning tanishishi maqbul emas.
Ma‟lumotlar oqimini taxlili mukammalroq hisoblanadi. Faraz qilaylik,
biz axborot yoki boshqa uzatiluvchi ma‘lumotlar
mazmunini shunday
maskirovka qilaylikki, buzg‘unchi axborotni o‘z ixtiyoriga kiritganida ham
undagi axborotni chiqarib ololmasin. Ko‘pincha axborot mazmunini maskirovka
qilishda shifrlash qo‘llaniladi. Ammo, axborot
mazmuni shifrlash yordamida
ishonchli tarzda berkitilgan bo‘lsada, buzg‘unchida uzatiluvchi ma‘lumotlarning
o‘ziga hos alomatlarini kuzatish imkoniyati qoladi. Masalan, uzatuvchini va
axborotlarni uzatishga ishlatiluvchi uzellarni, axborotlar
uzunligini va ularning
almashinuv chastotasini aniqlash mumkin.
Himoyaning passiv buzilishlarini aniqlash juda qiyin, chunki ularda
ma‘lumotlarga qandaydir o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilmaydi. Ammo,
bunday xil buzilishlarni oldini olishni amalga oshirsa bo‘ladi. Shu sababli passiv
buzilishlar e‘tiborni
ularni aniqlashga emas, balki ularni oldini olishga qaratish
lozim.