O‘qitish materiallar




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/183
Sana24.09.2024
Hajmi4,74 Mb.
#272179
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   183
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Amirova Zubayda Shodmanovna

4-ILOVA 
 
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuniga 
muvofiq, elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat 
axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo. 
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan 
foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum 
bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan 
belgilar ketma-ketligi. 
Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan 
foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos 
keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va 
elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun 
mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. 
Mazkur Qonunga ko‘ra elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat 
tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u 
maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi. Aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, 
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ERIni 


ro‘yxatga oluvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Mazkur vazifa Qo‘mita 
tizimidagi «UNICON.UZ» – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat 
unitar korxonasi qoshidagi Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish 
markazi tomonidan amalga oshiriladi. Elektron raqamli imzolar kalitlarini 
ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari va shifrlash 
sertifikatlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishni ta’minlash uchun 
mo‘ljallangan:
- uzatiladigan elektron hujjatlar va ommaviy axborot resurslarining butunligini, 
shuningdek ularning ishonchli autentifikatsiya qilinishini nazorat qilish; 
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining yuridik jihatdan ahamiyatli elektron 
identifikatsiyalash tizimini yaratish; 
- tizim sub’ektlarining axborot o‘zaro ishlashida xavfsizlik va foydalana olishning 
ajratilishini ta’minlash; 
- axborot o‘zaro hamkorligi sub’ektlarining elektron raqamli imzo kalitlarini 
boshqarish tizimini yaratish. 
Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi Qonun 
talablariga muvofiq vazifa va funksiyalarni bajaradi. 
Kalitlarni ro‘yxatga olish markazi tomonidan tayyorlanadigan elektron raqamli 
imzo kalitining sertifikati ITU-T X.509, RFC3279, RFC3280 xalqaro tavsiyalarida 
belgilangan formatdan foydalanadi. 
Dasturiy ta’minot o‘z ichiga Sertifikatlashtirish markazi va ma’muriy boshqaruvni 
oladi. Sertifikatlashtirish markazining serveri ERI kalitlarini ro‘yxatga olish 
markazi funksiyalarining kompleksini ta’minlaydi va ERI ochiq kalitlari 
sertifikatlarining muhofazalangan saqlash joyidan iborat. Ma’muriy boshqaruvning 
dasturiy ta’minoti o‘z funksiyalarini bajarishlari uchun Kalitlarni ro‘yxatga olish 
markazini uzoqdan turib boshqarilishini ta’minlaydi. 



Download 4,74 Mb.
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   183




Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish