"Tarmoq viruslari"
- bunday turdagi viruslar umumiy tarmoqqa ulangan
kompyuterlarning bir-biri bilan muloqot qilishi orqali tarqalib, hozirgi
informatsion jamiyatda juda ham xavfli va kattadan-katta miqyoslarda zarar
keltirishi mumkin. Internet tarmog’i orqali xilma-xil mamlakatlardagi informatsion
sistemalarni zararlashi, jinoyatlarga olib kelishi va boshqaruv tizimlarining barbod
bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bunday viruslarning faoliyati tufayli xalqaro
mojarolar kelib chiqishi, xarbiy xarakatlar boshlanishi, xalqaro terrorchilik
xarakatlari amalga oshirilishi mumkin. "Chuvalchanglar" deb ataladigan
programmalar esa sistemaviy programma hisoblash resurslarining hozirgi paytda
bo’sh turgan qismlarida yashirinib olib, shu bo’sh turgan dasturlarni yoki
qurilmalar dasturiy ta’minotini o’zboshimchalik bilan egallab oladilar. Bunda ular
dispetcher programmasini ogohlantirmay, bu qurilmalarning qimmatli vaqtini
befoyda ishlar qilishga sarf qilishga olib keladilar. Masalan, bir rulon qog’ozga
umuman keraksiz bo’lgan ma’lumotlarni chop qilish, programmalarning ba’zi bir
xil bo’laklarni cheksiz bajarishga olib kelish va xokazolar. "Troyan otlari" turidagi
viruslarning ishini yuqorida keltirilgan Lehigh virusi misolida ko’rib chiqqanimiz
yodingizda bo’lsa kerak. Har qanday turdagi virus programmasi qandaydir yo’l
bilan kompyuter xotirasiga kirib olgandan so’ng o’zini qanday tutishini ko’rib
chiqishga xarakat qilamiz. Virus boot sektorga, operatsion sistemaga yoki
bajariladigan programmaga o’tib olishi mumkin. Boot sektor - bu diskning
boshlang’ich yo’laklari bo’lib, unda istalgan programmani bajarishdan oldin
albatta bajarilishi shart bo’lgan programma joylashgan. Bu programma operatsion
sistemani ishga tayyorlash va kompyuterdan foydalanuvchiga boshqa programma
vositalari bilan ishlash imkoniyatini beradi. Boot virusi ko’pincha diskning birinchi
yo’lakchasiga joylashib olib, o’zining bu erga sig’magan qismini haqiqiy boot
sektor bilan birga diskning boshqa sektoriga joylaydi va ushbu qismni yaroqsiz
sektor deb belgilab qo’yadi. Mashinaning ishlash jarayonida virus uni o’zicha
boshqarib turadi. Kompyuterga tushib olgan virus unga kiritilgan har bir boshqa
diskning boshlang’ich sektoriga ham o’z nusxasini yozib qo’yadi. Viruslar
operatsion sistemaning ichidagi programmalarga ham zarar etkazishi va turli xil
muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Viruslar fayllarga zarar etkazishi,
kompyuter ishini sekinlashtirishi yoki ekrandagi ma’lumotlarni o’zgartirib
yuborishi mumkin. Ba’zi bir insonlar virus yaratish va uni tarqatishni o’zlariga
kasb qilib olganlar va bu orqali tirikchilik ham qiladilar. Bunday turdagi
mutaxassislarni "Xakerlar" deb ataladi. Ularni topish va qilgan ishlari bo’yicha
javobgarlikka tortish juda ham mushkul masaladir. Hozirgi paytda keng miqyosda
tarqalgan viruslar amaliy programmalarga, matn muharrirlariga, katta o’lchamli
jadvallarga, utilitlarga va o’yin programmalariga zarar etkazishi mumkin.
Ko’pgina viruslar yangi kompyuterga o’tishdan oldin undagi programmalar virus
bilan zararlangan yoki yo’qligini tekshirib ko’radi va u ilgari zararlangan bo’lsa,
unga qayta zarar etkazmaydi. Aks xolda zararlangan programma xajmi kattalashib,
virus o’zini oshkor qilib qo’yishi mumkin. Virus yuqqan diskni ishlatish bu
virusning tarqalishiga olib keladi, shuning uchun ham ishlatilayotgan diskning va
undagi programmalarning virusdan zararlangani yoki zararlanmaganligini bilib,
so’ngra ishlatgan ma’qul. Virus asosan 4 fazaga ega: • Uxlash fazasi • Kupayish
fazasi • Ishga kirishish fazasi • Vayron kilish fazasi 3. Kompyuter viruslaridan
ximoyalanish usullari Virusdan ximoyalanish vositalari klassifikatsiyasi Ushbu
vositalarni quyidagi ko’rinishda klassifikatsiyalash (guruxlashtirish) mumkin:
Arxivlashtirish - FAT jadvalining nusxasini olib qo’yish, o’zgartirilgan fayllarning
kundalik arxivini yuritish. Bular eng muhim va asosiy usullar hisoblanadi. Boshqa
usullar viruslardan himoyalanishning umumiy darajasini oshirgani bilan kundalik
arxivlashtirishning o’rnini bosa olmaydi. Boshlang’ich nazorat - ishlatilayotgan
programmani detektorlar yordamida tekshirish, programmalarning uzunligi va
kontrol yig’indisini uning maxsus sertifikatida ko’rsatilgan uzunlik va kontrol
yig’indiga mosligini tekshirish. Boot viruslarini yo’qotish uchun mashinani ishga
tushirishga mo’ljallangan disklardan tashqari boshqa disklarning boshlang’ich
sektoridagi birinchi uchta baytni muntazam ravishda nollar bilan to’ldirish.
Profilaktika ishlarini olib borish - ma’lumot yozish disketlarga ma’lumot yozish
mumkin bo’lgan vaqtni iloji boricha qisqartirish, ya’ni olingan programmalarni
ilgari ishlatib kelinayotganlardan alohida saqlash, programmalarni vinchesterda
arxivlashtirilgan xolda saqlash. Taftish qilish - Yangi olingan programmalarni
maxsus vositalar yordamida tahlil qilish, programmalarning butunligini ularning
kontrol yig’indisini hisoblab borish yo’li bilan tekshirish, disketlarning
boshlang’ich sektorini undagi axborotni ishlatishdan oldin tekshirish, operatsion
sistemaning fayllarini, avvalo COMMAND.COM faylini tekshirish. Karantin
davrini o’rnatish - Kontrol yig’indisi bo’lmagan, yangi sotib olingan har bir
programma mutaxassislar tomonidan kompyuter viruslari bor-yo’qligi nuqtai-
nazaridan chuqur tekshirilishi va ma’lum vaqt mobaynida bu programma ustidan
nazorat o’rnatilishini tashkil qilish. Segmentlash - (ADM- Advanced Disk
Manager) Programmasi yordamida diskni "cho’kmaydigan bo’lim", ya’ni read
only atributli zonalarga bo’lish, juda qimmatli ma’lumotlarni asrash uchun S va D
dan boshqa, hamda PATH buyrug’ida ko’rsatilmaydigan bo’lakni ishlatish.
Bajariluvchi programmalarni va ma’lumotlar bazasini alohida saqlash. Filtrlash –
ko’zda tutilmagan ishlarni bajarishga bo’ladigan urinishlarni o’z vaqtida
aniqlashga xizmat qiluvchi "qorovul" programmalarni qo’llash. Vaktsina kiritish -
viruslarni chalg’itish maqsadida fayllar, disklar, kataloglarga maxsus ishlov berish.
Vaktsina-programma ishlashi natijasida shunday sharoit yaratiladiki, virus disk,
katalog va programmalarning zararlanganmi yoki yo’qligini tekshirayotganida
ularni zararlangan deb qabul qiladi hamda ularga boshqa zarar etkazmaydi.
Programma butunligini avtomatik ravishda nazorat qilish - rezident programma
yordamida programmani ishga tushirishdan oldin uning kontrol yig’indisini
hisoblash, programma ishlatilayotgan paytda unga o’zgarish kiritilganmi yoki
yo’qligini aniqlovchi muxsus algoritmlardan foydalanish. Terapiya – Mahsus
antibiotik programmalar yordamida zararlangan programmalardagi viruslarni
zararsizlantirish yoki programmaning boshlang’ich xolatini undagi virusni "qirqib
olish" yo’li bilan tiklash. Ushbu xar bir zararlangan fayllarni fag-programmalar
yordamida tuzatish orqali amalga oshiriladi. Yuqorida ko’rib chiqilgan himoya
vositalarining qo’llanilishini ma’lum bir ximoya texnologiyasiga asosan amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunday texnologiya asosida ko’p pog’onali himoya
sistemasi loyihalashtirilgani maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta bir necha
himoya pog’onasi bo’lib, bu pog’onalar soni kompyuterda ishlanayotgan
ma’lumotlarning qanchalik qimmatliligiga bog’liq bo’lishi lozim. Bunday ko’p
pog’onali himoya sistemasining ustunligi shundan iboratki, agar virus bir
pog’onadan o’tib ketsa, boshqa pog’onada tutilishi mumkin. Masalan, quyidagi
pog’onalardan iborat samarador himoya sistemasini taklif qilish mumkin: • yangi
programma vositalarini uzluksiz boshlang’ich nazoratdan o’tkazish; •
vinchesterdagi ma’lumotlarni segmentlash orqali MS DOS qismlarini va tez-tez
ishlatiladigan sistemaviy programmalarni viruslardan himoyalash; • "xafta-oy-yil"
tavqimi bo’yicha doimiy ravishda arxivlashtirish ishlarini amalga oshirish; •
ma’lumotlar butunligini tekshirish uchun revizor-programmalarni muntazam
ishlatib turish. Yangi olingan programma va disketlarni boshlang’ich nazoratdan
o’tkazishning ahamiyati juda katta. Ko’pchilik ma’lum viruslarni mana shu
bosqichda aniqlab olish mumkin. Bu ish bor-yo’g’i bir necha minutni talab etadi,
lekin ushbu ish o’z vaqtida amalga oshirilmasa, keyinchalik vinchesterni virusdan
tozalash, barcha disklarni nazoratdan o’tkazish va yo’qotilgan ma’lumotlarni
tiklashga bir necha o’nlab soatlarni sarflashga to’g’ri keladi. Boshlang’ich
nazoratni amalga oshirishda detektorlar va faglarning maxsus taxlangan to’plamini
ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday to’plamning quyidagi tarkibini tavsiya
etish mumkin: Scan, LD, SOS, Aidtest va V. Bundagi faglarni detektor rejimida
ishlatish zarur. Ushbu to’plamni (batareyani) odatdagi bat fayli yoki antivirus-
integrator turidagi (masalan AVTP) qobiq yordamida ishlatish mumkin. Viruslar
bor-yo’qligini aniqlaganda o’tkazilgan taftishning protokolini chop qilib, saqlab
qo’ygan ma’qul. Natijalarni tahlil qilayotganda biror-bir detektorning yolg’on
ma’lumot berishi mumkinligini ham hisobga olish zarur. Bunday nazorat va tahlil
natijasida, boshlang’ich nazorat davrida virus passiv holatda turgani sababli,
hozirgacha ma’lum viruslar tomonidan vinchester va fayllarning zararlanishiga
butunlay (99% xollarda) yo’l qo’yilmaydi. Boshlang’ich nazoratdan oldin
disketlarga VITAMIN V vaktsina turidagi programma bilan ishlov berish tavsiya
etiladi. Bu esa kompyuterni boot virusi bilan zararlanishdan asraydi. Karantin
rejimini tashkil qilish, ya’ni programma sertifikatsiz olingan bo’lsa, yoki u olingan
joyda xali ishlatilmagan bo’lsa, bu programmani bir necha kun karantin rejimida
ishlatgan ma’qul. Ushbu rejimda sun’iy ravishda tezlashtirilgan kalendar, ya’ni xar
bir ishlatishdan (tajribadan) oldin yangi oy va kunni kompyuterga kiritib borish
maqsadga muvofiqdir. Bu esa o’z navbatida ma’lum oyda yoki qandaydir bir
vaqtdan so’ng faollashishi mumkin bo’lgan "troyan oti" turkumiga mansub
programma-virusni aniqlab olish ehtimolligini ancha oshiradi. Umuman bu turdagi
tajribalarni o’tkazishda foydalanish uchun maxsus ajratilgan "karantin" kompyuteri
bo’lgani ma’qul. Masalan, ma’naviy ravishda eskirgan, lekin xali ishga yaroqli
kompyuterlarni ushbu maqsadda ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bu kompyuterda
barcha programmalarning oxiriga mahsus qator, masalan "***OK***" yoki NB
(kontrol yig’indi) yozib qo’ygan ma’qul. Ushbu yozuvlar keyinchalik
programmani taxlil qilishni ancha osonlashtiradi, chunki bunda programma oxiriga
joylashgan virus bilan fayl chegarasi aniq ko’rinib turadi. Albatta bu virusga qarshi
vositalar to’plami, revizor, qorovul, o’z-o’zini nazorat qiluvchi xo’rak
programmalar ishlatish zaruriyatini aslo yo’qotmaydi. Rezident maqomidagi
qorovul programmalarni goh-gohida ishlatgan ma’qul, chunki virus bunday vosita
borligini sezib, shunga mos ravishda o’zini boshqacha tutishi mumkin. Karantin
kompyuterning vazifasi virusning ko’payishiga to’sqinlik qilish emas, balki uning
faollashish shart-sharoitlarini aniqlashdan iboratdir. Agar alohida karantin
kompyuterni ajratib qo’yish imkoniyati mavjud bo’lmasa, juda ham qimmatli
axborotlar yozilmagan biror-bir kompyuterda "karantin rejimi" ni o’rnatish zarur.
Karantin rejimiga kirish uchun foydalanuvchi maxsus nom ishlatishi va uning
ishlatilishi uchun faqat mantiqiy disk yoki vinchesterdan maxsus karantin
bo’limigina berilishi zarur. Vinchesterning qolgan bo’limlari yashiringan yoki
READ ONLY maqomida bo’lishi kerak. Bunda virusga "xo’rak" sifatida
ishlatiladigan operatsion sistema komponentlari va ba’zi utilitlarning mos fayliga
revizor programma orqali hisoblangan kontrol yig’indini yozib qo’yish kerak.
Revizor programma bo’lmasa, bu maqsad uchun istalgan arxivator, masalan Pkzip
ishlatilishi mumkin. Operativ xotirada ma’lum bir kattalikdagi elektron disk tashkil
qilib, unga tez-tez ishlatilib turadigan utilitlarni yozib qo’yish va ushbu utilitlarni
ishlatishni ham tavsiya etish mumkin. Bunda virus bu "xo’rak"lardan birini
"yutishi" va ushbu programmalardan birini zararlashi mumkin. Bunday xolda
revizor programma kontrol yig’indilarning mos tushmaganini aniqlaydi va faylning
zararlanganligini
bildiradi.
Bunday
tajribalar
uchun
elektron
diskning
ishlatilishining afzalligi shundan iboratki, undagi yozuvlar va ma’lumotlar
kompyuter o’chirilganida yoki qayta ishga tushganda avtomatik tarzda o’chib
ketadi. Bu esa o’z navbatida tajriba davomida virus bilan zararlangan programma
extiyotsizlik yoki tasodifiy xolatlar tufayli diskda qolib ketmasligiga qo’shimcha
kafolot beradi. Noqonuniy tarqatilayotgan programma nusxalari va "himoya qulfi
buzilgan" programmalar ko’pincha virus bilan zararlangan bo’lib, ma’lum darajada
xavf tug’diradi. Ko’pchilik programma vositalari foydalanuvchilar tomonidan keng
tarqalib ketmasligi uchun ma’lum darajada "himoya qulfi" bilan ta’minlanadi. Bu
programmalarni boshqa kompyuterlarda ishlatishga urinishlar ko’pincha yomon
natijalar bilan tugashi ham mumkin. Yangi kompyuter sotib olinganda va uni ishga
tushirish jarayonida albatta vinchesterdagi programmalarni tekshirish kerak. Bunga
sabab, sotishdan avval bu kompyuterlarda turli xil dasturlar ishlatilgan bo’lishi
mumkin va ulardagi viruslar kompyuterda saqlanib qolgan bo’lishi mumkin.
Vinchesterdagi
ma’lumotlarni
segmentlarga
ajratish.
Ma’lumotlarni
himoyalashning ikkinchi pog’onasi vinchesterni mahsus programma yordamida
segmentlarga ajratishdan iborat bo’-lib, mantiqiy disklarga (vinchester
bo’laklariga) READ ONLY atributini ta’minlashdan, hamda parol bilan murojaat
qilishning oddiy sxemasidan iboratdir. Bu maqsadda turli xil drayverlarni ishlatish
mumkin. Masalan, ADM (Advancer Disk Driver) diskni bir necha bo’laklarga
bo’lishdan tashqari, turli xil variantlarda bu bo’laklarga parollar orqali murojaat
qilish imkonini beradi. Bundan tashqari uning yordamida ximoya darajasi boshqa
drayverlarga nisbatan yuqoriroq ta’minlanadi. Shu bilan birga bu drayverlar
kompyuterdan ruhsatsiz foydalanishga to’siq vositasini bajara olmaydi. Chunki
hozirgi paytda bir qator programmalar mavjud bo’lib, ular yordamida
kompyuterdan to’liq foydalanuvchi maqomini olish mumkin. Endi ma’lumotlarni
segmentlarga ajratishning asosiy printsiplarini ko’rib chiqamiz. "Cho’kmaydigan
bo’limlar" ya’ni, READ ONLY attributli bo’laklarni joylashtirish sxemasi,
vinchesterga virus xujumi bo’lganda, uning bardoshliligini ta’minlovchi asosiy
omillardan biridir. Faqat birgina S bo’lagi himoyalangan vinchester virusning yoki
troyan oti programmasining birinchi xujumidan keyin inqirozga uchrashi, ya’ni
ishdan chiqishi mumkin. "Cho’kmaydigan bo’limlar" soni vinchester xajmi va
echiladigan masalalarga bog’liq. Bunda S mantiqiy diskida iloji boricha kamroq
fayllarni joylashtirish kerak. Vinchesterning qolgan qismini translyatorlar va
sistemaviy utilitlar uchun taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Lekin shuni qayd etish
lozimki, vinchesterni segmentlarga ajratish diskdan foydalanish samaradorligini
birmuncha kamaytiradi. Shuning uchun ham uni juda mayda bo’lakchalarga
bo’lishga qiziqib ketish ham maqsadga muvofiq emas. Operatsion sistemani va
buyrug’ protsessorini virus bilan zararlanishdan saqlash Viruslar bilan kurashda
muhim vositalardan biri mashinani ishga tushiruvchi fayllarni viruslar kira
olmaydigan bo’laklarda saqlash hisoblanadi. Buning uchun segmentlarning
ahamiyatini yuqorida ko’rib chiqdik. Lekin operatsion sistemani ximoyalashda
segmentlashning ahamiyati juda katta bo’lgani uchun unga alohida to’xtalib
o’tamiz. Operatsion sistema va bir qancha utilitlarni to’g’ri joylashtirsak,
operatsion sistema ishga tushgach, u virus bilan zararlanmasligini kafolatlash
mumkin. Buning uchun operatsion sistemani ximoyalangan bo’lakka, masalan D
bo’lakka joylashtirish zarur. Buyruq protsessori fayl viruslari uchun asosiy nishon
bo’lgani uchun, uni "nishon" sifatida qoldirish mumkin, lekin uni sistemani qayta
ishga tushirishda ishlatmaslik zarur. Bir qarashda bu mumkin emasdek tuyuladi,
lekin buyruq protsessorini ximoyalangan bo’lakka joylashtirib, kompyuter
boshlang’ich ishga tushgandan so’ng, uni virtual diskka nushalash yo’li bilan
bunga erishish mumkin. Buning uchun COMSPEC o’zgaruvchisiga mos qiymatni
o’rnatish lozim bo’ladi. Virtual diskning buyruq protsessorini saqlash uchun
ishlatilishi uni o’ziga xos ximoya vositasiga aylantiradi, uning zararlanishini oson
nazorat qilish va diskdan uni o’chirishni esa MS DOS ni qayta ishga tushirganda
avtomatik tarzda bajarilishini ta’minlashdan tashqari, ba’zi programma
qobiqlarining ishini tezlashtiradi. Bunday xolda COMMAND.COM faylini etalon
bilan davriy ravishda solishtirib turish maqsadga muvofiqdir. Shuni qayd qilish
lozimki, ancha og’ir xolatlarda ham shikastlangan ma’lumotlarni tiklash (juda
bo’lmaganda qisman) mumkin. Lekin bu yuqori malakani talab qiladi. Xuddi
shunday sharoitlarda arxivlashtirilgan sistema bloklarining disklarda mavjudligi
tiklash ishlarini engillashtiradi. Sistema bloklarining yangi arxiv nushalari bilan bir
qatorda sistemani yaxshi biluvchi, shikastlanish xarakteri va ko’lamini baholay
oladigan, sistema bloklaridagi buzilishlar yoki fayl sistemasining boshqa
shikastlarini tiklay oladigan programmachilar bo’lishi ham katta ahamiyatga ega.
4. Antivirus dasturlar Bunday dasturlar jumlasiga kuyidagilarni kiritish mumkin:
Revizor dasturlar – tizim xaqidagi xozirgi ma’lumotlarni dastlabkisi bilan
solishtiradi va mos kelmagan xolatlar xakida foydalanuvchiga ma’lum qiladi.
Masalan CRLIST va CRCTEST dasturlari. Doktor revizorlar – bu dasturlar fayl va
diskning tizimli soxasidagi o`zgarishlarni aniqlaydi va ular uzgargan xolda ularni
dastlabki xolatga kaytaradi Filtr dasturlar yoki rezident dasturlar – kompyuterning
tezkor xotirasida rezident sifatida joylashadi va viruslar tomonidan zararni
kupaytirish va ziyon etkazish maksadida operatsion tizimga kilinayotgan
murojaatlarni izlab topadi xamda ular xakida foydalanuvchiga ma’lum qiladi.
Masalan FLUSHOT PLUS va Antivirus dasturlari. Viruslarga qarshi kurashadigan
dasturlar quvvatiga qarab bir necha turlarga bo`linadilar: 1. AIDSTEST –viruslarni
aniqlash va yuqotish uchun mo`ljallangan dastur. 2. Doctor WEB – yangi, ma’lum
va noma’lum viruslarni aniqlash va yuqotish uchun mo`ljallangan dastur.
Arxivlangan va vaktsiyalangan fayllarda xam viruslarni aniqlay oladi. 3. ADINF –
disklardagi barcha o`zgarishlarni nazorat kiluvchi rezidetn dastur. U disklardagi
barcha dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi. Dastur diskning tizimli
soxasini va fayllar xolatini eslab koladi va kayta yuklashda disklardagi
o`zgarishlarni
aniqlaydi,
agar
biror
bir
xavfli
uzgarishlar
aniklansa,
foydalanuvchiga bu xaqida xabar beradi. 4. ADINF CURE MODULE – ADINF
disklar revizoridagi davolash moduli bo`lib, revizor tomonidan zararlanganligi
aniklangan fayllarni avtomatik ravishda tiklaydi. 5. SHERIF – qattiq disklardagi
operatsion tizim, dasturlar va ma’lumotlar fayllarini 100% kafolat bilan
ximoyalovchi rezident dastur. 6. Doctor Web32W - 32 bitli WINDOWS sistemasi
uchun antivirus dastur. Amalda yuqoridagilarning bittasidan foydalangan
maqsadga muvofiq. Biror bir dasturni o`rnatib, uni doimiy ravishda yangilab
borilsa
foydaliroq
bo`la
|