Bunda "Ahmoqqa qarshi osongina kurashish mumkin, lekin topqir ahmoqqa qarshi
kurashish juda ham qiyin", - degan iboraning to’g’riligi yana bir karra isbot
bo’ladi, desak xech ham yanglishmagan bo’lar edik. Kompyuter virusi iborasi
1984 yilda paydo bo’lib, u ommaviy axborot vositalari,
seminarlar va
konferentsiyalarda xar tomonlama yoritilib borilayapti. Ilk kompyuter virusi
Amerikalik Fred Koen tomonidan yozilgan programma bo’lib, uning asosiy
vazifasi programmalarni noqonuniy ko’chirib olishga qarshi qaratilgan edi. Ya’ni,
biror-bir programma noqonuniy ko’chirib olib ketilsa, ushbu yaratilgan
programmacha ham unga qo’shilib ko’chiriladi va o’sha ishlatilgan kompyuterdagi
qimmatli axborotlarni diskdan o’chirishi, fayllarni yo’qotishi va shunga o’xshash
noma’qul ishlarni amalga oshirishi mumkin. Koenning
bu ishi kompyuterlar
xavfsizligini ta’minlash bo’yicha anjumanda e’lon qilingandan so’ng, "XX asr
kompyuter vabosi", ya’ni kompyuter viruslari ko’payib, g`arbiy Yevropa va AQSh
bo’ylab tarqaldi. Obrazli qilib aytganda, «Jaxon bo’ylab bir sharpa kezib yuribdi –
u xam bo’lsa kompyuter virusi sharpasidir» . Ular juda ko’plab firmalar, davlat
tashkilotlari, ilmiy laboratoriyalar kompyuter tizimlarini ishdan chiqardi yoki
ularga jiddiy zarar etkazdi. Hozirgi paytga qadar kompyuterlarni viruslar
xujumidan asrash dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Bizga ma’lum
bo’lgan kompyuter viruslari asosan bir xil tuzilishga ega. Ular to’rt qismdan iborat
bo’lib, uning birinchi qismi virusning kompyuter xotirasiga kirishini ta’minlaydi,
ikkinchi qismi virusni qattiq yoki egiluvchan diskka nusxalashga xizmat qiladi.
Bunda virus fayllarga qo’shilib olishi yoki diskning
ishga tushirish sektoriga
joylashib olishi mumkin. Uchinchi qismda virus o’z faoliyatini qanday sharoitlarda
boshlashi zarurligi ko’rsatilsa, to’rtinchi qismda uning algoritmi bayon etiladi.
Agar kompyuter virusi kompyuteringizga tushib qolsa, u uzini quyidagicha
namoyon qiladi:
• Ba’zi bir programmalar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi
• Ekranga boshqacha xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi
• Kompyuterning ishlash tezligi ancha sekinlashadi
• Ba’zi bir
fayllar buziladi, o`zgaradi yoki kattalashadi
• Operativ xotiraning bo`sh joyi qisqaradi
• Programmalarni yuklash sekinlashadi.
Kompyuter virusining o’z faoliyatini qanday bajarishini Lehigh virusi misolida
ko’rib chiqamiz. Ushbu virus ko’payish nuqtai-nazarida juda qulay bo’lgan joyda,
ya’ni operatsion sistemaning command.com faylida yashirinadi. Bu fayl operatsion
sistemaning barcha asosiy buyruqlari - DIR, DEL, COPY va boshqalar
ishlatilganida ta’sir qilishi mumkin. Demak, ushbu xolda virusning tarqalishiga
juda ham qulay imkoniyat mavjuddir. Bundan tashqari virus bilan bog’liq
kodlar
sistemasini saqlash uchun faylning stek deb atalmish bo’lagi (ma’lumotlar ketma-
ketligini vaqtincha saqlash uchun mo’ljallangan qism) tanlangan bo’lib, buning
natijasida zararlangan COMMAND.COM fayli zararlanmagan fayldan o’lchami
bilangina farq qiladi. Har bir diskli operatsion sistema (DOS) buyrug’i
kiritilganida, virus zararlanmagan fayl borligini tekshiradi va bunday fayl mavjud
bo’lsa, uni berilgan programma vositasida zararlaydi. Zararlangan fayllar soni
to’rttaga etganda, virus o’z faoliyatini boshlaydi, ya’ni qattiq diskdagi barcha
ma’lumotlarni o’chirib tashlaydi. Hozirgi paytda viruslarni
ularning faoliyatiga
qarab to’rt asosiy turga bo’lish mumkin: "qopqon", "mantiqiy bombalar",
"chuvalchanglar" va "troyan otlari". "Qopqon" viruslarining ishlashi programma
ta’minotidagi turli xatolar va noaniqliklardan foydalanishga asoslangan. "Mantiqiy
bombalar" virus programmalari bo’lib, ular bir nechta mantiqiy shartlar
bajarilganida ishga tushishi mumkin. Masalan, ma’lum vaqt yoki sananing kelishi,
qandaydir tasodifiy yoki oldindan rejalashtirilgan xodisaning kompyuterda yoki
atrof-muhitda ro’y berishi va shunga o’xshaganlar bo’lishi mumkin. "Mantiqiy
bombalar"ning asosiy xavfi shundan iboratki, ularda o’ziga xos "inkubatsiya davri"
bo’lib, bu davrda asosiy programma ta’minotining ko’pchilik fayllariga zarar
etkazishga xarakat qilinadi.