110
13 - Mavzu: Kreditning zarurligi, mohiyat va funksiyalari
Reja:
1. Kredit tushunchasi.
2. Kreditning zarurligi va mohiyat.
3. Kreditning asosiy tamoyillari.
Tayanch so’z va iboralar:
Kredit, kreditning imkoniyati, kreditning funksiyasi
bank
Kreditning mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar tegishli ta’riflarni shakllantirgan.
Xususan, Shegorsova V.A. tahriri
ostida tayyorlangan darslikda,
―Kredit - qaytarish va to’lov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish
maqsadida pul mablag’i yoki moddiy buyum ko’rinishida berish jarayonida vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir‖ tarzidagi ta’rifi shakllantirilgan. Professor
O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda kreditning mohiyatga aniq ta’rif
berilmagan. Biroq,
ularning fikricha, kredit ijtimoiy munosabatlarning bir ko’rinishi
bo’lib, iqtisodiy kategoriyadir. Shu bilan birga, kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda
emas, balki iqtisodiy munosabatlarni aks ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida
namoyon bo’ladi.
Kreditning mohiyatni yanada aniqroq va to’liqroq ochib berishda uning subyektiv va
obyektiv mohiyatga e’tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining vujudga kelishida,
shuningdek, uning mohiyatni ochib berishda kreditning subyektiv mohiyat ham alohida
o’rin tutadi.
Kreditning subyektiv mohiyat bir - biriga bog’liq bo’lgan ―kreditor va ―kredit
oluvchining munosabatlarida namoyon bo’ladi. ―Kreditor va ―kredit oluvchi
o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarning asosida tovar - pul aylanmasi yotadi.
Jamiyat da vaqtinchalik bo’sh mablag’larning mavjudligi va tovar aylanmasining
mavjudligi kredit va qarz oluvchining manfaatlarini bir - biriga to’qnashishiga
xizmat
qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir - biriga mos kelsa ular o’rtasida kredit munosabatlari
vujudga keladi.
Kreditor - kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga
chiqadi. Kreditor pul mablag’larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi subyektlar
hisoblanadi. Ma’lumki, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi.
Ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlashda esa kreditning o’rni muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma
fondlarining aylanishini to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarni moliyaviy
resurslari bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan
tovar maxsulotini sotganda, sotilgan
tovar uchun to’lov summasini olish va boshqa obyektiv va subyektiv sabablar
kreditning zarurligiga olib keladi.
Kredit
(lotincha - ishonish - verit, doveryatsiya) deganda o’z egalari qo’lida
vaqtincha bo’sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining
boshqalar tomonidan
ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan
kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
111
Shu va boshqa xolatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab
chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning
rivojlanishi bilan bog’liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi
bilan pul shaklidagi
kredit paydo bo’ldi. Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy
funksiyasi bo’lib pul egalari va unga vaqtincha muxtoj bo’lganlar o’rtasidagi
vositachilikdir. Hozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo’lgan maxsus
ixtisoslashgan muassasalar-banklar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar maxsulot sotishda,
xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o’z
pullarini
banklarda saqlashi va boshqa hollarda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan pul mablag’lari
bo’lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z faoliyatlarini uzluksizligini
ta’minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi. Bu holat qishloq xo’jalik
korxonalariga ham tegishli bo’lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, maxsulot ishlab
chiqarish vaqti bilan uni sotish hajmini ko’pchilik maxsulotlar bo’yicha mos kelmasligi,
sotilgan maxsulotlarga pulni o’z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni
kreditdan foydalanishni taqozo etadi.