17
2-Mavzu:
Pulning kelib chiqish bosqichlari.
Reja:
1. Pulning kelib chiqish bosqichlari.
2. Pulning rivojlanish tarixi.
3. Tanga pullarning rivojlanish tarixi.
Tayanch so’z va iboralar;
pul , banklar, ekvivalent, bozor, iqtisodiyot, pul tizimi,
pullar tarixi.
Pul va banklar fanining vazifasi pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning
mohiyat va pul muomalasi qonunlari,
pul aylanmasi va pul tizimi, kreditning
mohiyat va prinsiplari, kreditning
shakllari va turlari, bank tizimining
mohiyatdan iborat. Mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo’lib,
bozor iqtisodiyotini muhim omilini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti pul bilan
tirik, chunki takror ishlab chiqarish jarayonining
barchasida pul vositachilik
qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar va
xizmatlarning
ishlab
chiqarishdan boshlab iste’molchigacha bo’lgan jarayon pul vositasida amalga
oshadi.
Ma’lumki, pul tovar ishlab chiqarish va
ayirboshlashning uzoq vaqt
rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Birinchi yirik mehnat taqsimoti, Ya’ni
chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar
xo’jaligining rivojlanishi tufayli maxsulot qiymatining ifodasi bo’lmish
pulni
keltirib chiqardi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko’payishi almashuv
jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari
o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z maxsulotini (mulkini) baholagan. Shu
baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan.
Tovar
muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har
xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga
qo’ygan. Lekin Jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari
deb e’tirof etgan.
Pul hozirgi kundagi ko’rinishi, holati va darajasiga yetgunga qadar juda
uzoq tarixiy davrni boshidan kechirdi. Yer yuzida puldan
ayirboshlash sifatida
foydalanib kelinayotganiga yetti ming yildan ortiq vaqt bo’ldi. Bu davr ichida
dastlabki pullar tovar, buyum, oddiy metall va qimmatbaho metallar ko’rinishidan
hozirgi kunda keng foydalanib kelinayotgan qog’oz va electron pullar
ko’rinishigacha yetib keldi. Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar takomillashib
va rivojlanib borgani sari pulning shakli, pul ishlari va pul
ishtirokidagi hisob-kitoblar ham doimiy ravishda
takomillasib va rivojlanib
kelmoqda. Pulning rivojlanishiga turtki bo’lgan asosiy omillar quyidagilar
hisoblanadi:
-tovar ishlab chiqarishning kengayishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
-barcha turdagi mulk qiymatlarining o’sishi;
-tovarlar oldi-sotdisi bo’yicha aylanmalar hajmining ortishi.