|
Optik tolalarni shisha nay yordamida ulash
|
bet | 95/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)7.4-rasm. Optik tolalarni shisha nay yordamida ulash:
1 — vtulka; 2 — yopishtiruvchi kompaund quyiladigan
oraliq; 3, 4 — optik tolalar
7.5-rasm. Optik tolalarni silindrsimon ariqchali plastina
yordamida ulash:
1 — optik tolalar; 2 — silindrsimon ariqchalar;
3 — plastina; 4 — qopqoq.
Optik tolalarni ajralmaydigan usulda ulash uchun payvand- lashdan keng foydalaniladi. Hozirda payvandlash qurilmalari amaliyoti takomillashib bormoqda. Natijada payvandlashli ulash usuli qo'llanilganda kiritiluvchi so'nish qiymatlari bir modali va ko‘p modali tolalar uchun 0,04 — 0,1 dB oraliqda yotadi.
Ko‘p modali tolalarda payvandlashli ulash sifatiga ta’sir qiluvchi tolaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillari mavjud.
Bu omillarga tola diametrlari, sonli aperturalari va sindirish ko'rsatkichlarining mos kelmasligi, o'zakning qobiq markazida joylashmasligi kiradi.
217
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bir modali optik tolalarda (dispersiyasi siljimagan holda) ■ payvandlash sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omil — bu tolalar moda ■ maydoni diametrlarining mos kelmasligi hisoblanadi. ■
Shuningdek, bo‘ylama va burchakli siljishlar, o'zakning iflos- I lanishi va deformatsiyasi ham payvandlash sifatiga ta’sir qiluvchi I omillardir. Bu omillarning ta’siri malakali texniklar, tolani avtomatik I tenglashtiruvchi qurilmalar va zamonaviy payvandlash qurilma- I larini ishlatish hisobiga minimumga yetkazilishi mumkin. I
Optik tarmoqlagichlar: daraxtsimon va yulduzsimon I tarmoqlagichlar, shahoblagich I
Optik tarmoqlagich (coupler)lar tolali optik tizimlarning eng I muhim passiv element!aridan biri hisoblanadi. Ulardan yorug‘lik oqimlarini bir necha yo'nalishlarga ajratish yoki bir necha oqimlarni bitta yo'nalishga birlashtirish maqsadida foydalaniladi. Odatda, bitta 1 optik kirish va bir necha optik chiqishdan iborat tarmoqlagich ] qurilmani splitter deb, ikki yoki undan ortiq optik kirishga va bitta optik chiqishga ega bo'lgan tarmoqlagich qurilma esa kombayner (combiner) deb yuritiladi.
Splitterlarda yorug‘lik oqimini ikki yoki undan ortiq qurilmalar va foydalanuvchilarga taqsimlash, kombaynerlardan esa, aksincha, bir necha qurilmalar va foydalanuvchilardan kelayotgan nurlanish oqimini bitta yo'nalish bo'yicha yig‘ish maqsadlarida foydalaniladi.
Tarmoqlagichlar kabelli televideniyening taqsimlangan tolali- koaksial tarmoqlarini qurishda, shuningdek, davlatlararo to'liq optik .tarmoqlarni loyihalashtirishda keng qo‘llaniladi. Ikkala holda ham tarmoqlagichlar qo'llanilmaganda tarmoq juda qimmatga tushardi.
Tarmoqlagichlar tuzilish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:
daraxtsimon tuzilishli tarmoqlagichlar;
shahoblagichlar;
yulduzsimon tuzilishli tarmoqlagichlar.
Daraxtsimon tuzilishli tarmoqlagich (tree coupler) yoki Y- turdagi tarmoqlagich bitta optik kirish va ikki yoki undan ortiq optik chiqishga ega bo‘lgan qurilma bo‘lib, u yorug‘lik oqimini bir necha tarmoqqa taqsimlash uchun qo‘llaniladi (7.6-a rasm). Odatda,
218
www.ziyouz.com kutubxonasi
daraxtsimon tarmoqlagichlarda quwat barcha chiqishlar orasida teng taqsimlanadi. Daraxtsimon tarmoqlagichlarning hozirgi namunalarida optik chiqishlar soni 2 tadan 32 tagacha bo'lishi mumkin. Ko‘pgina daraxtsimon tarmoqlagichlardan optik signallar oqimlarini bitta oqimga birlashtirish uchun ham foyda- laniladi.
Shahoblagich (tap) daraxtsimon tarmoqlagichning bir turi bo‘Iib, undan kirishdagi optik quwatni bir necha chiqishlarga notekis taqsimlash uchun foydalaniladi (7.6-b rasm). Shahoblagichlarning 1x2, 1x3, 1x4, 1x5, 1x6, 1x8, 1x16, 1x32 tuzilishli turlari mavjud. Bu turdagi tarmoqlagichlarda chiqish optik quwatining katta ulushi magistral kanalda qoldirilgan holda, uning ma’lum bir ulushi (50 foizdan kami) quyi tartibli kanal yoki kanallarga uzatiladi. Qurilmaning optik chiqishlari nurlanish quwatining kamayishi tartibida raqamlanadi.
Optik tarmoqlagichlar selektiv-yorug‘lik to'lqin uzunligiga sezgir va aksincha, noselektiv-yorug'lik to‘lqin uzunligiga nosezgir bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko'rib chiqilgan optik tarmoqlagichlar noselektiv qurilmalar sirasiga kiradi.
|
| |