|
Kes arxitekturalari turlarining qiyosiy tafsivlari
|
bet | 113/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Kes arxitekturalari turlarining qiyosiy tafsivlari
Arxitektura
|
Tekis- liklar
|
BE soni
|
BE ning maksimal soni
|
Blokirovka qilin- maslik
|
Kesich- malar
|
Matritsali
Qo'sh matritsa
N-tekislikli planer
Kloz
Benesh
Shpenke
|
|
|
|
keng ma’noda keng ma’noda qayta o'zgaruvchi jiddiy ma’noda qayta o'zgaruvchi jiddiy ma’noda
|
yo‘q bor yo‘q 3D da yo‘q bor
|
Shunday qilib, Shpenke sxemasi va qo‘sh (karrali) matritsa juda ko‘p sondagi baza (tayanch) elementlariga ega (10.11-rasm).
Ulaming blokirovka qilinmasligi (to‘silmasligi) va kirish hamda chiqish portlari orasiga o'rnatilgan istgan yo‘lda baza elementlari soni bir xil bo‘lishi ularning afzalligi hisoblanadi. Bu sxemalarning kamchiligi kesishmalarning mavjudligidir, bu esa tarmoqlagichlar bazasida optik kommutatorlarni yasashda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi,
270
www.ziyouz.com kutubxonasi
—Benesh
—ч— Qo'sh matritsa
—в— Matritsali
—a— N-tekislikli planer
Shponka
♦ Kloze kommutatori
rasm. BE sonining portlar miqdoriga bog‘liqligi.
biroq fotonli kristallardan tayyorlangan kommutatorlar uchun cheklanish hisoblanadi.
Matritsali kommutatoming afzalligi kesishmalarning mavjud emasligidir, biroq baza elementlar soni juda ko‘p va o‘rnatilayotgan yo'lda baza elementlari miqdori doimiy emas.
10.11-rasmda ko'rinadiki, Kloze va Benesh sxemalari minimal miqdordagi baza elementlariga ega bo‘lib, ularning soni pastki chegara log2 (TV!) ga yaqinlashadi.
Kloze sxemasi qat’iy blokirovka qilinmaydigan hisoblanadi, uni 3D da amalga oshirish esa kesishmalarda qutulishiga imkon beradi. Shunday qihb, Kloze kommutatori va Benesh kommutatori optik kross-konnektlar uchun eng jozibali hisoblanadi.
Xulosa
Optik aloqa tarmoqlarida kommutatsiyaning ikkala turi: kanallar kommutatsiyasi va paketlar kommutatsiyasi foydalaniladi. Kanallar kommutatsiyasida kommutatsiya konfiguratsiyasining oldindan aniqlangani uchun kommutatsiyani nazorat qilish soddalashtirilishi mumkin va uni real vaqtda amalga oshirishning zarurati yo‘q.
Mana shuning uchun ham kanallar kommutatsiyasi uzatish tezliklari yuqori bo‘lgan optik aloqada, asosan, afzalroqdir.
271
www.ziyouz.com kutubxonasi
Paketlar kommutatsiyasida uzatish tezliklarining ortishi bilin fl paketlar uzunligi kamayadi. Natijada, kommutatsiya konfigura- fl tsiyasini o'zgartirish tezligiga talab ham qat’iyroq bo‘la boshlaydi. fl Masalan, kommutator katta bo'lganda, kommutatsiya tezligi ichki I ishga sig'imi bilin chegaralangan bo‘ladi.
Blokirovkalar qilish ehtimolini pasaytirish uchun buferlash- tirishdan foydalanuvchi paketlar kommutatorlarining ko‘pgina konstruksiyalaridan foydalanish fotonli kommutatsiyada qiyinchilik tug‘diradi. Fotonlar elektronlar kabi «saqlanib» qololmaydi (chunk! fotonlar tinchlik massasiga ega emas). Fotonlar buferlashtirilishini faqat tutib qolish chiziqlarini kiritish vositasida tashkil etish mumkin. | Natijada blokirovka qilish ehtimolini pasaytirish uchun buferlash- tirishdan foydalanuvchi paketlar kommutatorlarining ko‘pgina konstruksiyalaridan foydalanish foton kommutatsiyasida qiyinchilik tug'diradi. '
Fotonli kommutatsiya kanallarni fazoviy bo‘lish va vaqt bo‘yicha bo‘lish (ajratish) bilan to‘lqin uzunligi hamda qutblanish turi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Kommutatsiyaning bu barcha • turlari va ularning kombinatsiyalari mantiqiy ekvivalent bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, bugungi kunga kelib mavjud bo‘lgan optik kom- mutatorlarni yo‘qotishlar ko‘rsatkichlari, yashovchanligi, axborot xavfsizligi va uzib-ulash tezligi bo‘yicha tayyorlash texnologiya- laridan fotonli kristallardagi kommutatorlar yetakchilik qilmoqda.
|
| |