Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan.
(15.05.2023 yil 347/23-sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
“Welcome” tariflariga ulanish imkoniyati faqat O'zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar uchun mavjud. O'zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnomaga ega bo'lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar
uchun
ushbu tarifga ulanish imkoniyati yo’q.
Bitta xorijiy pasportga faqat uchta abonent raqamini ulash mumkin. “Welcome” tariflar faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi va xalqaro roumingda amal qilmaydi.
“Welcome” tariflar to‘plami ichida tarif rejani almashtirish mumkin. O‘tish narxi 0 so‘m. Tarif rejani o‘zgartirishdan oldin hisobda yangi “Welcome” tarif rejasining abonent to‘lovi uchun yetarli bo‘lgan mablag‘ bo‘lishi kerak. Tarif
rejani o‘zgartirganda avvalgi tarif reja uchun taqdim etilib, hali foydalanilmagan limitlar qoldig‘i kuyadi va yangi tarif reja shartlariga muvofiq limitlar taqdim etiladi.
“Welcome” tarif rejalariga o‘tish va ushbu tariflardan boshqa tarif rejalariga o‘tishning imkoni yo‘q. Yangi ulanganda bepul muloqot paketining amal qilish muddati va keyingi oylik abonent to'lovining yechilishi muddati 1 oyni tashkil
etadi. Navbatdagi oylik abonent to'lovi yechilishi 1 oylik vaqt oralig'ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Oylik abonent to’lovi yechilishi va oylik bepul muloqot paketi taqdim etilishi imkoniyati SIM
karta/eSIM faollashtirilgan kundan boshlab 90 kun amal qiladi. 90 kun o’tganidan so’ng oylik abonent to’lovi yechilmaydi va oylik bepul muloqot paketi taqdim etilmaydi. Taqdim etilgan trafik tugagan taqdirda aloqa xizmatlaridan
foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Bepul muloqot paketi taqdim etilishini qayta ishga tushirish uchun Kompaniyaning ofislariga murojaat qilish yoki Mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga
bog'lanish kerak.
Tarifida oylik abonent to'lovi navbatdagi yechilishi bilan tizim oylik abonent to'lovi yechilishi uchun to'liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo'lsa - oylik abonent to'lovi yechiladi va trafik kiritilgan paket taqdim etiladi.
Abonent hisobida oylik abonent to'lovi yechilishi uchun yetarli mablag' bo'lmasa, oylik abonent to'lovi qarzga yechilmaydi, mos ravishda, kiritilgan trafik paketi taqdim etilmaydi. Bu holda, aloqa xizmatlaridan yanada foydalanish
uchun to'lov tarif shartlariga muvofiq narxlanadi.
Tarifida oylik abonent to'lovi navbatdagi yechilishi bilan tizim oylik abonent to'lovi yechilishi uchun to'liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo'lsa - oylik abonent to'lovi yechiladi va trafik kiritilgan paket taqdim etiladi.
Abonent hisobida oylik abonent to'lovi yechilishi uchun yetarli mablag' bo'lmasa, oylik abonent to'lovi qarzga yechilmaydi, mos ravishda, kiritilgan trafik paketi taqdim etilmaydi. Bu holda, aloqa xizmatlaridan yanada foydalanish
uchun to'lov tarif shartlariga muvofiq narxlanadi. Bir oylik abonent to'lovini to'lash uchun yetarli mablag' abonent hisobida bo'lishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik
trafik paketi taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to'lovi
yechilishi sanasi oxirgi yechilgan paytidan boshlab 1 oy muddatiga suriladi.
Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi abonent raqamining faol holatida amal qiladi. «Welcome» tariflarida «Erkin muloqot», «Mega hafta» va «Do It» xizmatlari amal qilmaydi.
«Welcome» tariflarida «Raqamni saqlash» xizmati ijobiy balansga ega, lekin 14 kundan ortiq muddat davomida pullik tranzaksiyalarni amalga oshirmagan abonentlarga avtomatik ravishda ulanadi, «Raqamni saqlash» xizmatiga
ulangan abonent Operatorning xizmatlaridan foydalanishda davom etishi mumkin. Pullik operatsiyalar (chiquvchi qo'ng'iroqlar, SMS, Internet va boshqa bonusli trafik) amalga oshirilganidan so’ng, xizmat avtomatik ravishda o'chadi
va xizmat uchun mablag' yechilishi to’xtatiladi. «Raqamni saqlash» xizmati yoqilganda, hisobda mablag’ butunlay tugatilgandan so'ng, pullik operatsiyalar amalga oshirilmaguncha xizmat avtomatik tarzda
uziladi va shartnoma bir
tomonlama bekor qilinadi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda «Raqamni abonent so'roviga asosan bloklash» xizmati uchun 421 so'm kunlik abonent to'lovi yechiladi. Bunda tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilmaydi. Hisobda mablag‘ tugagach 14 kun
davomida hisobda pullik tranzaksiyalar
amalga oshmasa, shartnoma bir tomonlama tartibda bekor qilinadi.
Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechiladi va bepul muloqot paketi taqdim etiladi. Agar raqam blok holatidan chiqarilgan vaqtda hisobda oylik abonent to’lovi yechilishiga yetarli mablag’
bo’lmasa, oylik abonent to’lovi bir marotaba qarzga yechiladi. Hisob abonent to’lovini to’lash uchun yetmagan mablag’ miqdorida qarzga kiradi va oylik bepul muloqot paketi taqdim etiladi. Shunda avvalgi oydan qolgan sarflanmagan
trafik kuyadi. Keyingi oylik abonent to'lovi yechilishi sanasi oxirgi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. SIM karta/eSIM faollashtirilganiga 90 kundan oshmagan vaqtda raqam ma’muriy
blok holatidan
chiqarilgan bo’lsa unda oylik abonent to’lovi yechilishi va bepul muloqot paketi taqdim etilishi muddati blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab yana 90 kunga uzaytiriladi.
«Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Abonent tarmoq ichidagi abonentlardan ham, boshqa mobil operatorlar abonentlaridan ham qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish imkoniyatiga ega.
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi;
Oylik abonent to'lovi yechilishi va tarifga kiritilgan trafik taqdim etilishi ertalab soat 00:00 dan 06:00 gacha bo'lgan davrda amalga oshiriladi.
Ushbu tarif rejada muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 60 daqiqa etib belgilagan;
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476); Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038,
88216); Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817); Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M
(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).