|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 19/24 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #102224 |
Bog'liq МТ 30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko\'rsatish va ta\'mirlash18.
|
Davlat attestatsiyasi
|
|
|
|
Izoh: * DS-Davlat standartlari , KHUM-kanstruksion hujjatlarni umumiy ma’lumoti
30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kasbining o‘quv yuklamasi.
30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kasbining o‘quv muddati 2 yil, o‘quv davri 80 haftani tashkil etadi.
30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kasbining namunaviy hamda ishchi o‘quv rejasini ishlab chiqishda bloklar, fan (modul)lar nomini saqlagan holda ajratilgan vaqtni quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan chegarada kamaytirish, ko‘paytirish imkoniyati beriladi.
Fan bloklariga ajratilgan chegara (foizda).
Davlat attestatsiyasiga 1 hafta ajratiladi.
O‘quv yilida ta’til vaqtining umumiy hajmi 10-14 hafta etib belgilanadi.
30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kasbining ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchilarga qo‘yilgan talablarni baholash
30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kasbining malaka talabi MSKOning 3-darajasiga mos kadrlarni tayyorlash huquqi mavjud bo‘lgan ta’lim muassasalarida qo‘llash majburiy hisoblanadi.
30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kasbining ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun Professional ta’limi muassasalari tegishligi bo‘yicha fan xonalari, laboratoriya xonalari va o‘quv amaliyot xonalari hamda poligonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va O‘quv amaliyotlari ishlab chiqarish korxonalar yoki boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladigan Professional ta’limi muassasalarida amaliyot xonalari va poligonlar talab qilinmaydi.
30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kasbi bo‘yicha ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchilarni sifatini baholash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
-fan (modul)ni o‘zlashtirish darajasini baholash;
-kasbni o‘zlashtirish darajasini baholash.
Professional ta’lim o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida fanni o‘zlashtirishi baholanadi.
Professional ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom talablari asosida kasbni o‘zlashtirish darajasi baholanadi va quyidagi kasbiy kompetensiyalarini baholash indikatorlaridan foydalanadi.
|
| |